O‗lchash vositalarini kalibrlash




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

O‗lchash vositalarini kalibrlash. 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qo‘llaniladigan O‘V 
ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi. 
O‘Vni birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta‘mirlashda turi tasdiqlanmaydigan O‘V 
tortiladi. O‘V kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuridik 
shaxslarning 
metrologiya 
xizmatlari 
kalibrlash 
ishlarini 
bajarish 
huquqiga 
akkreditlangan bo‘lishi kerak. 
Akkreditlash O‘zstandartning hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi. 


49 
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik – O‘z KT) ni 
tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo‘yicha asosiy nizomlar, bu tizimga kirgan sub‘ektlarning 
huquqlari va majburiyatlari O‘z RST 8.018-97 da belgilangan. Bu standartning qoidalari O‘z KT da 
akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlariga, O‘z KT ga kirgan akkreditlash va 
boshqa idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi. 
O‘V 
ni 
kalibrlash 
– 
O‘lchash 
vositalarining 
haqiqiy 
metrologik 
tafsilotlari 
(xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan 
amallar majmui. 
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanilmaydigan sohada 
o‘lchashlar birliligini ta‘minlashga yo‘naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va 
kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazishga o‘rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi 
sub‘ektlar majmui. 
Kalibrlash to‘g‘risidagi sertifikat – O‘lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning 
natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi. 
Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o‘lchash 
vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamg‘a. 
O‘z KT O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birliligini ta‘minlash umumiy tuzilmasining 
tarkibiy qismi bo‘lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan tashqari sohada metrologik 
ishlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda o‘lchashlar birliligini ta‘minlash davlat tizimida o‘rnatilgan 
me‘yorlar va qoidalarga rioya qilinishini ko‘zda tutadi. 
O‘z KT quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi: 
– tizimga ixtiyoriy ravishda kirish; 
– kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni majburiy bajarish; 
– davlat etalonlaridan va boshlang‘ich o‘lchash vositalaridan birliklarning o‘lchamlarini 
kalibrlanuvchi o‘lchash vositalariga majburiy berish. 
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari: 
– akkreditlovchi idoralarni ro‘yxatga olish; 
– metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash
– o‘lchash vositalarini kalibrlash; 
– O‘z KT ning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‘rnatish; 
– O‘z KT ning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta‘minlash; 
– akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda talablarga rioya 
qilinayotganligini inspektsion tekshirish. 
Metrologiya bo‘yicha Milliy idora (O‘zstandart Agentligi), SMS ITI, hududiy SSM, yuridik 
shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, o‘z vazifalarini ushbu hujjatning talablariga 
muvofiq bajaruvchi O‘z KT ning tashkiliy asosini tashkil etadi. 
O‘z KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan: 
– O‘z KT ning Markaziy idorasi
– O‘z KT ning Kengashi; 
– O‘z KT ning akkreditlash idoralari; 
– kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari. 
Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari: 
– O‘V ni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi; 
– kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va 
yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo‘lishini ta‘minlaydi; 


50 
– kalibrlash ishlarini o‘tkazish uchun zarur texnik, metodik va me‘yoriy hujjatlar jamg‘armasini 
shakllantiradi va rivojlantiradi; 
– me‘yoriy hujjatlarning o‘lchashlar birliligini ta‘minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi 
talablarining bajarilishini ta‘minlaydi; 
– kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi; 
– kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi. 
Metrologik xizmat quyidagilarga mas‘ul bo‘ladi: 
– korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‘lgan O‘V ning holatiga; 
– bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga; 
– korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga
– kalibrlash intervallarining to‘g‘ri o‘rnatilganligiga. 
O‘zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o‘z belgisiga ega. Bu belgining shakli va 
o‘lchamlarini mstrologiya bo‘yicha milliy idora tasdiqlaydi. O‘z KT ning belgisi blanklarga, 
shtamplarga, shuningdek O‘z KT ning boshqa hujjatlari va ob‘ektlariga tamg‘alab bosiladi. O‘z KT 
ning belgisini tamg‘alash (qo‘llanish) joyi va tartibini O‘z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish