43
metrologiya tekshiruvi va nazorati ta‘sir doirasidagi o‘lchashlar uchun faqat Davlat reestrida qayd
qilingan o‘lchash vositasigina qo‘llanilishi mumkin. Registratsiya turni
tasdiqlash sinovlari yoki
metrologik
attestatsiya
natijalari
asosida
amalga
oshiriladi.
Yuqoridagi
protseduralar
sertifikatlashtarish protseduralari bo‘lib hisoblanadi.
O‘lchash vositasining turini tasdiqlash – bu metrologiya bo‘yicha Milliy organ qarori bilan
o‘lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo‘llanilishini qonuniy tan olinishidir.
O‘lchash vositasining turi deganda, bir maqsad uchun mo‘ljallangan, bir ish tamoyiliga va
bir xil konstruktsiyaga va yagona texnik hujjatga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari kompleksi
tushuniladi.
Davlat
tekshiruvi
va
nazorati
qo‘llaniladigan
sohalarda
foydalaniladigan,
ishlab
chiqariladigan va import bo‘yicha keltiriladigan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan o‘tkazilib,
ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim.
Davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va o‘lchash vositasini Davlat ro‘yxatiga
kiritish ishlarini O‘zstandart Agentligi bajaradi.
Tayyorlovchi tasdiqlangan o‘lchash vositasiga yoki ularning
ekspluatatsion hujjatlariga
Davlat ro‘yxatining belgisini yozishi shart.
Boshqa davlatlarning o‘lchash vositalarini sinash va metrologik attestatlash natijalari
tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq tan olinadi.
O‘lchash vositasining ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o‘tkazish
tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llanilishi
mumkin bo‘lgan o‘lchash vositasining turini tasdiqlash tartibi O‘zDSt 8.009:2004da o‘rnatilgan.
O‘z DSt 8.009:2004 standartning talablari O‘zbekiston Respublikasida yaratiladigan va
(yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga va O‘zbekiston hududiga import
bo‘yicha to‘pi bilan keltiriladigan o‘lchash vositalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohadan tashqarida qo‘llaniladigan
yoki qo‘llanishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasi ixtiyoriy ravishda sinovga
va keyinchalik turini
tasdiqlashga taqdim etilishi mumkin.
O‘lchash vositasi uning qonun talablariga muvofiqligini tasdiqlash sxemasining elementi
bo‘lib hisoblanadi va bunday tasdiqlash O‘zstandart Agentligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda
o‘tkaziladi.
To‘pi bilan import bo‘yicha keltiriladigan, gigienik talablarga,
xavfsizlik talablariga, maxsus
talablarga sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari bu protseduralardan o‘rnatilgan
tartibda o‘tgandan keyin va zarur sertifikatlarni O‘zstandart Agentligiga takdim etgandan keyin
turni tasdiqlash maqsadida sinovlarga topshiriladi.
O‘zbekiston hududida yaratiladigan va (yoki) to‘pi bilan chiqarishga mo‘ljallangan va
gigienik
talablarga,
xavfsizlik
talablariga,
maxsus
talablarga
muvofiqligi
sertifikatlash-tirilishi
lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari bu talablarga muvofiqligini o‘rnatilgan tartibda baholash
maqsadida sinovlarga taqdim etiladi.
O‘lchash vositasining turini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha milliy
idora - O‘zstandart Agentligi qabul qiladi.
O‘lchash vositasining turi o‘lchash vositvsining namunalarini (nusxalarini)
sinash natijalari
bo‘yicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida o‘lchash vositasi namunalarining tafsilotlari har
tomonlama tadqiq qilinadi va bu tafsilotlar (xarakteristikalar) ning mazkur o‘lchash vositasining
turiga oid me‘yoriy hujjatlarning talablariga muvofiqligi aniqlanadi.
44
O‘lchash vositasining turini tasdiqlash maqsadida sinovlar qabul komissiyasi tomonidan
o‘tkaziladi. Komissiya tarkibini O‘zstandart Agentligining bunga qarashli tuzilmalarining va
O‘zbekiston Respublikasi metrologik xizmati Bosh markazi (O‘z MXBM) vakillari kiritilishi lozim.
O‘z MXBM ning vazifasi SMS ITI ga yuklatilgan.
O‘lchash vositasining turini tasdiqlash maqsadida o‘lchash
vositasining namunalari
(nusxalari) ni sinash O‘z DSt 16.4:2001 va O‘z DSt 8.006:1999 bo‘yicha akkreditlangan sinash
(o‘lchash) laboratoriyalarida o‘tkaziladi.
O‘lchash vositasining turini tasdiqlash maqsadida sinovlar bunday sinovlarni o‘tkazishi
uchun O‘zstandart Agentligi tayinlagan tashkilotning rahbari tasdiqlagan sinovlar dasturi va
metodikasiga muvofiq o‘tkaziladi.
O‘lchash vositasining turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni o‘lchash vositasini sinash
namunaviy dasturlari bo‘yicha o‘tkazish ham ruxsat etiladi.
O‘lchash
vositasining
turini
O‘zstandart
Agentliga
ilmiy-texnikaviy
komissiyasining
takliflariga asosan tasdiqlaydi.
O‘lchash vositasining turi tasdiqlangandan keyin turni tasdiqlash maqsadida sinovlarni
o‘tkazgan tashkilotning rahbari O‘V tekshirish metodikasini (ilgari tasdiqlangan metodika yo‘q
bo‘lgan hollarda) va O‘V turining tavsifini tasdiqlaydi. O‘zstandart Agentligi O‘zbekistonda
seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan O‘V uchun texnik shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
O‘zstandart Agentligi tasdiqlangan O‘V turini O‘z RH 51-019:2005 bo‘yicha Davlat
ro‘yxatiga kiritadi.
Tasdiqlangan hujjatlar komplekti O‘V davlat reestrining ishida saqlash uchun topshiriladi.
O‘lchash
vositasini
tayyorlovchi
tashkilot
turi
tasdiqlangan
o‘lchash
vositasiga,
O‘zbekistonda seriyalab chiqariladigan o‘lchash vositasiga va ularning ekspluatatsion hujjatlariga
(GOST 2.601 bo‘yicha) O‘lchash vositasi Davlat reestrining belgisini O‘ 1.19:1999 bo‘yicha yozib
qo‘yadi.
Turi tasdiqlangan o‘lchash vositasiga, O‘zstandart Agentligi tasdiqlagan tartibda,
turni
tasdiqlash to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.
Seriyali chiqarishga mo‘ljallangan O‘V sinalganda O‘Vning me‘yoriy parametrlarini va uni
qiyoslash metodikasi tasdiqlanadi va tur Davlat reestrda registratsiyadan o‘tadi, O‘Vga turini
tasdiqlash bo‘yicha sertifikat beriladi. Tasdiqlangan turdagi O‘V Davlat (reestrda) belgisi bilan
markalanadi (O‘z DSt 1.x19)
Sertifikat besh yil muddatga beriladi.