“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

 
R
t
qR
0
(1QAtQBt
2

 
 
 
 
 
(6.4) 
 
3 ta turli haroratda rezistor qarshiligi o‘lchanadi va uchta tenglamali sistema tuziladi, ulardan R , A 
va V bog‘lanish parametrlari topiladi. 
R
0
- 20 S dagi qarshilik
A, V – temperatura koeffitsienti; 
t – atrof-muhit harorati. 


39 
O‘lchash printsipini va vositasini belgilab beradigan usullar o‘lchash usuli deb ataladi. 
O‘lchashlarda qo‘yidagi usullardan foydalaniladi. 
1 – bevosita, ya‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash usuli. 
2 – O‘lchov bilan taqqoslash qo‘yidagi usullarni o‘z ichiga oladi. 
a – differentsial (ayirmali) usul. 
b – nol (kompensatsion) usul 
v – o‘rniga qo‘yish usuli
g – moslashtirish usuli (mos keltirish). 
Bevosita baholash usuli – bu usulda kattalikning qiymati o‘lchov asbobining sanoq 
qurilmasidan bevosita aniqlanadi. 
Masalan: Tok kuchi ampermetr bilan, kuchlanish voltmetr bilan o‘lchanadi, lekin aniqligi yuqori 
emas. ko‘rsatkichli asboblar shu usul asosiga ko‘rilgan. 
O‘lchov bilan taqqoslash usuli: 
a) differentsial usul yoki ayirmali usul – bu usul o‘lchanayotgan va ma‘lum kattaliklarning 
ayirmasini o‘lchashni xarakterlaydi, ya‘ni kattaliklar orasidagi farq o‘lchash asbobiga ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
 
Agar Xq X
0
Q ∆ va ∆q0 bo‘lsa differentsial usul «nol» usulga aylanadi.
Bu usul o‘lchov asboblarini tekshirishda keng qo‘llaniladi. Uncha aniq bo‘lmagan o‘lchash 
asboblaridan foydalanilganda ham yuqori aniqlikda natijalar olish imkoni mavjud. 
Masalan: Tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlarida. Elektro‘lchov texnikasida keng 
foydalaniladigan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok ko‘priklarining ishi shu usulga asoslangandir. 
b) nol usuli o‘lchashlarda yuqori aniqlikni ta‘minlaydi. 
Masalan: Elektr qarshilikni ko‘priq yordamida o‘lchash. 
Nol muvozanatlash usulda o‘lchanayotgan kattalik o‘lchov bilan taqqoslanadi, ammo ular 
orasidagi ayirma qiymati ma‘lum bo‘lgan kattalikni o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. 
g) o‘rniga qo‘yish usuli-dastlab o‘lchash kurilmasiga parametri noma‘lum bo‘lgan 
o‘lchanayotgan element o‘lanadi va asbobning ko‘rsatishi yozib olinadi. Keyin esa bu element 
o‘rniga boshqa ma‘lum parametrli element ulanadi va uning qiymati o‘lchash asbobining dastlabki 
ko‘rsatkichiga tenglashguncha o‘zgartiriladi. Bu holda o‘lchangan va ma‘lum kattalik qiymatlari 
bir-biriga teng bo‘ladi. 
d) moslashtirish yoki mos keltirish usulida o‘lchangan kattalikning qiymati signal belgi va 
boshqa xususiyatlarning mos kelishi bilan aniqlanadi. 
Barcha o‘lchashlar analog-uzluksiz va uzlukli o‘lchashlarga bo‘linadi. 
Analog-uzluksiz o‘lchashda o‘lchanayotgan kattalikning qiymati uzluksiz ravishda qayd 
qilinadi. 
Uzlukli-disket o‘lchashida esa o‘lchashlar natijasi faqat ayrim vaqt momentlarda qayd 
qilinadi. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish