36
Metrologik xarakteristikalarning har biri mo‘ljallanishiga ko‘ra o‘lchash
turlariga va
o‘lchash vositasining ta‘sir etuvchi kattaliklar yoki kirish signalining noinformativ parametriga
ko‘ra keltiriladi.
O‘lchash vositasi kirish signalining noinformativ parametri deb o‘lchanayotgan parametr
bilan funktsional bog‘lanishda bo‘lmagan parametrga aytiladi. Masalan: o‘zgaruvchan
tokning
amplitudasini o‘lchashda uning chastotasi noinformativ parametrdir.
Normalangan metrologik xarakteristika (NMX) hujjatlar asosida o‘rnatiladi.
Amaliyotda
o‘lchash vositasining quyidagi metrologik xarakteristikalarii keng tarqalgan:
O‘lchash diapazoni – bu o‘lchanayotgan kattalikning shunday qiymatlar sohasidirki, uning
uchun o‘lchash vositasi xatoliklarning yo‘l qo‘yiladigan chegarasi me‘yorlangan bo‘ladi.
O‘lchash chegarasi – bu o‘lchash diapazonining eng katta va eng kichik qiymati. Masalan:
o‘lchash vositasi shkalasi notekis bo‘lib, o‘lchash chegarasi 50 ga teng birlikda bo‘lsa va
shkalaning boshlang‘ich uchastkasi ~20% siqilgan bo‘lsa, unda o‘lchash diapazoni 10’50 gacha
bo‘lgan birlikka teng bo‘ladi.
Tekis shkalali priborlar doimiy bo‘lim qiymatiga ega bo‘ladi,
notekis shkalalilari esa
o‘zgaruvchan bo‘lim qiymatiga ega bo‘ladi.
Sezgirlik SqΔyG‘Δx : - bu o‘q chiqishidagi signal o‘zgarishi Δy ning bu o‘zgarishni yuzaga
keltirgan kirishdagi Δx signal o‘zgarishiga nisbatidir va bunda sezgirlik tok va kuchlanish
bo‘yicha sezgirlik deb tushuniladi.
Variatsiya – ma‘lum sharoitlar o‘zgarmas bo‘lganida o‘lchash diapazonining berilgan nuqtasida
kattalik qiymatini orttirib yoki kamaytirib o‘lchashdagi o‘lchash vositasi ko‘rsatishlari
orasidagi
farq.
H q |X
ort
– X
kam
| ;
O‘lchash vositasi ko‘rsatishlarining variatsiyasi tasodifiy faktorlar ta‘sirida yuzaga kelsa ham
o‘zi tasodifiy kattalik emas.
Darajalash xarakteristikasi (DX) deb eksperiment yo‘li bilan o‘lchash vositasi chiqish va kirish
signali orasidagi bog‘lanishga aytiladi. Bu xarakteristika – analitik, grafik va jadval ko‘rinishida
berilishi mumkin. DX ichki va tashqi sabablar ta‘sirida o‘zgarishi mumkin. Masalan: tokning
tez o‘zgarishida o‘lchash vositasi qo‘zg‘almas qismi inertsiyasiga ko‘ra tok o‘zgarishini kuzata
olmaydi.
O‘lchash vositasi xatoligi – uning asosiy metrologik xarakteristikasidir.
Asosiy xatolik – bu o‘lchash vositasining normal ekspluatatsiya sharoitidagi xatoligidir.
Ekspluatatsiyaning normal sharoiti:
Xona harorati
293 ± 5K yoki 20 ± 5° C;
Havoning nisbiy namligi
65 ± 15% (20°C da)
Tarmoq
kuchlanishi
220V ± 10% chastotasi 50 Gts±1%
Atmosfera bosimi
97,4 ’ 104 KPa
hamda elektr magnit maydonlari ta‘sirining yo‘qligi.
Ishchi sharoitlarda, ya‘ni normal sharoitdan farqli bo‘lgan, ta‘sir etuvchi kattaliklarning
keng diapazonida zaruriy hollarda o‘lchash vositasining qo‘shimcha xatoliklari me‘yorlanadi.
O‘lchash vositasining asosiy xatoliklarini me‘yorlashning uchta usuli mavjud:
o
O‘lchash diapazonida o‘zgarmas bo‘lgan yo‘l qo‘yiladigan (±Δ) absolyut yoki keltirilgan (±γ)
xatoliklar
chegaralarini normalash;
37
o Absolyut yoki keltirilgan xatoliklarning yo‘l qo‘yiladigan chegaralarini o‘lchanayotgan
kattalikning funktsiyasi sifatida normalash;
o
Barcha o‘lchash diapazoni yoki bir va bir nechta uchastkasi uchun asosiy xatolikning yo‘l
qo‘yiladigan o‘zgarmas chegaralarini normalash.
Asosiy va qo‘shimcha xatoliklarni ajratish murakkab bo‘lgani uchun o‘lchash vositasini
qiyoslash normal sharoitlarda o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha xatolik ham asosiy xatolik kabi (absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklar)
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Turli ta‘sir etuvchi faktorlar tomonidan yuzaga kelgan qo‘shimcha xatoliklar alohida
normalanadi.
Ba‘zi hollarda qo‘shimcha qarshilik koeffitsient tarzida me‘yorlanib, xatolik me‘yoriy
qiymatdan chetlanganda ―qanchaga‖ va ―necha marta‖ o‘zgarganini ko‘rsatadi. Masalan: agar
voltmetrning temperaturaviy xatoligi har 10°C da ±1% ga teng bo‘lsa, bu muhit harorati har 10°C
ga o‘zgarganda qo‘shimcha xatolik 1% ortishini ko‘rsatadi.