|
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda
|
bet | 1/43 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 4,76 Mb. | | #139134 |
Bog'liq KIRISH
KIRISH
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda. Xozir yarimo’tkazgichlar qo’llanilmayotgan insoniyat faoliyati soxalarini ko’rsatish qiyin — ular avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron-xisoblash texnikasida va boshqa qator soxalarda keng ishlatilayotir. [1, 2]
Shu davrdan boshlab, turli turdagi yarimo’tkazgich-yarimo’tkazgich kontaktidagi oraliq qatlamdagi bo’ladigan jarayonlar o’rganila boshlandi. Lekin, qator eksperiment natijalari metall-yarimo’tkazgich kontaktidan o’tuvchi tok nazariyasiga mos emas edi. 1947 yilda yarimo’tkazgich yuzasida, u boshqa yarimo’tkazgich va metall bilan kontaktda bo’lmagan holda ham, elektron holatlar mavjudligi haqidagi fikr ilgari surildi. Bu asosida ikkita yarimo’tkazgich kontaktidan tok o’tish mexanizmining nazariyasi vujudga keldi va u keng tarqalib, eksperiment natijalarigamos natijalarni berdi. Bu nazariya zamonaviy yarimo’tkazgichli to’g’rilagichli diodlarning ishlash mexanizmiga asos bo’ldi.Turli turdagi ikki yarimo’tkazgich chegarasida katta elektr maydon bo’lgandagi jarayonlarni o’rganish p-no’tishning teshilish nazariyasini vujudga kelishiga va bu asosda ishlovchi yarimo’tkazgichli asbob-stabilitronning yaratilishiga olib keldi. Shu jumladan, ikkita yarimo’tkazgich kontaktini yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda qo’llash mumkinligi ko’rsatildi. Bu tamoyilda ishlab chiqilgan fotoelementlar yorug’lik signallarini qayd qilishda hamda fotoenergetikada qo’llanilmoqda[3, 4].1948 yilda qattiq jismli yarimo’tkazgichli kuchaytirgich-transformator yaratildi. Bu asbob ishlash asosini ikkita o’zaro yaqin joylashtirilgan p-no’tishlarning o’zaro ta’siri tashkil etadi va tok o’tkazish jarayonida ikki ishorali zaryad tashuvchilar-elektron va kovaklar ishtirok etadi. 1952 yilga kelib, nuqtaviy va yassi biqutbiy tranzistorlar kabi yarimo’tkazgichli asboblar yaratildi. Keyinchalik biqutbiy yarimo’tkazgichli tranzistorlarning kuchaytirish xususiyatlarini yaxshilash, ishlash chastota diapazonini kengaytirish hamda ish quvvatini oshirish borasida tadqiqotlar olib borildi.50-yillarning oxirida o’zaro yaqin joylashtirilgan uchta p-no’tishlarning o’zaro ta’siriga asoslangan yarimo’tkazgichli asbob-tranzistor ishlab chiqildi. Tranzistorlarning asosiy ishlatilish sohasi-bu kichik inertsiyali quvvatli toklarni kommutatsiya qilishdir[5, 6].Yarimo’tkazgichlar yuzasida va yarimo’tkazgich-dielektrik faza chegarasidagi fizik jarayonlarni chuqur o’rganilishi uni polyar yoki maydonli tranzistorlarni yaratilishiga olib keldi. Bu tranzistorlarda zaryad tashuvchilar bir xil ishorali bo’lib, tranzistordan o’tuvchi tok kattaligi zatvorga qo’yiluvchi elektr maydon kuchlanganligiga bog’liq. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdek muxim dunyoviy muammoni echishda ham elektronika elementlarining axamiyati juda kattadir. Xozirda unumli foydalanilayotgan fotoelementlar, jumladan, quyosh batareyalari va kichik energetikaga mansub boshqa elementlarni takomillashtirishdan tashqari, yarimo‘tkazgichlarga asoslangan katta energetika — ancha qudratli quyosh elektrstansiyalarini yaratish loyixalari xam o‘rtaga tashlanmoqda, zero quyosh energiyasidan foydalanish inson va tabiatga ziyon keltirmaydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektronika sanoati rivojlana borishi bilan birgalikda bu soxadagi ilmiy tadqiqot ishlari xam avj olib bormoqda. SHu tufayli yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yarimo‘tkazgichlar asosida tayyorlanadigan asboblar, qurilmalar va mikrosxemalar hamda mikroelektronika elementlari bo‘yicha yuqori ixtisosli mutaxassislarni etishtirishga extiyoj katta. Ana shunday kasbni egallashga intilayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormokda. Bu talabni qondirish maqsadida O‘zbekistonning deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida mazkur soxa bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Binobarin, bu ishni muvaffaqiyatli bajara borish uchun o‘quv va ilmiy laboratoriyalar zaminidan tashqari yana yarimo‘tkazgichlar va qattiq jismlar fizikasi xamda uning muxim bo‘limlari asoslari bayon qilingan darsliklar, qo‘llanmalarni atroflicha o‘rganish va tahlil qilish juda zarurdir.
Amaliy tadqiqotlar esa optimal parametrga ega bo‘lgan fotoelektrik qurilmalarning konstruksiyalarini loyihalash, tayyorlash, ular xususiyatlarini o‘rganish, fotoelement va fotoelektrik qurilmalar texnologiyasini ishlab chiqish va ular asosida har xil konstruksiyali, turli sharoitda ishlaydigan, har xil quvvatli iste’molchilarga mo‘ljallangan elektronika asoslaridagi elektr manbalari tizimini ishlab chiqarishni amalga oshirishga bag‘ishlanadi.
Yarimo’tkazgichli asboblar shunday katta tezlikda rivojlantirilmoqdaki, bugungi tasavvur va yutuqlar bir necha yildan so’ng eskirib qolmoqda. Shu sababli, yarimo’tkazgichli asboblarda ro’y beruvchi fizik jarayonlarni bilish muhimahamiyatga egadir. Yarimo’tkazgichlarfizikasiga doir mavzular mazmunan kengaygan shaklda umumiy fizika kursi doirasida ham (bakalavriatda) o’qitiladi. Elementar fizika kursi doirasida o’rganilgan bilimlar umumiy fizika kursida mustahkam tayanch bo’la olishi, yuqori sifatli fizik bakalavrlar tayyorlashga kafolat bera oladi. Shuning uchun yarimo’tkazgichlar fizikasiga doir mavzularni elementar va umumiy fizika kurslari doirasida uzluksizlik, uzviylik va izchillik printsiplari asosida o’qitilishi uslublarini yaratilishi dolzarb muammodir[7, 8, 9].Mavzularning o’qitilishini tahlil etish uchun o’quv dasturining mukammallik darajasi, o’quv adabiyotlarining dasturga mosligi va adabiyotlarda berilgan mavzularning mazmuniy jihatlarini, shuningdek ilmiy asoslangan yagona atamalar qo’llanilishi darajasini o’rganish zarurdir.
Fanni o‘qitishdan maqsad - elektronikaning fizik asoslari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos, ta'lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta'minlashdir.
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga nazariy va amaliy bilimini amaliyotga tadbiq eta olishi uchun zamin tayyorlashdir. Shuningdek ularni yarimo’tkazgichlardagi optik yutilishlar, lyuminestsensiya hodisasi va undan foydalangan holda lazerlar yaratish, fotoelektrik hodisalar va undan foydalangan holda elektr energiyani ishlab chiqarish bilan tanishtirish hamda muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Bob. Yarimo‘tkazgich asboblar fizikasi
Yarimo‘tkazgich va yarimo‘tkazgichli asboblar
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda
|