• Diodni asosiy parametrlari
  • – rasm. Yarimo‘tkazgich diodning shartli belgilanishi (a)




    Download 4,76 Mb.
    bet7/43
    Sana16.01.2024
    Hajmi4,76 Mb.
    #139134
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
    Bog'liq
    KIRISH

    4 – rasm. Yarimo‘tkazgich diodning shartli belgilanishi (a),
    tuzilmasi ko‘rinishi (b) va statik VAXi (v).

    Yarimo‘tkazgich diodlarning elektr sxemalarda shartli belgilanishi 4.a - rasmda, uning tuzilmasi ko‘rinishi 4.b – rasmda keltirilgan. Rasmlarda diodning chiqishlari A va K ko‘rsatilgan bo‘lib, ular diodning elektrodlari deb ataladi. Diodning r – tomoniga ulangan elektrod anod deb, n– tomoniga ulangani esa – katod deb ataladi. Diodning statik VAXi 4.v – rasmda keltirilgan.


    Yarimo‘tkazgich diodning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlaridagi qarshiliklari bir – biridan keskin farq qiladi: to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan diodning qarshiligi qiymati kichik, teskari siljitilgan diodniki esa – katta bo‘ladi. Shu sababdan diod bir tomonga elektr tokini yaxshi o‘tkazadi, ikkinchi tomonga esa – yomon o‘tkazadi.
    Diodni asosiy parametrlari:
    1. Statik qarshilik [Om] ;
    2. Differensial qarshilik [Om] ;
    3. Xarakteristika tikligi [A/V] .



      1. Bipolyar tranzistorlar

    Bipolyar tranzistor (ВТ) deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tishdan tashkil topgan va signallarni tok, kuchlanish yoki quvvat bo‘yicha kuchaytiruvchi uch elektrodli yarimo‘tkazgich asbobga aytiladi. BT da tok hosil bo'lishida ikki xil (bipolyar) zaryad tashuvchilar - elektronlar va kovaklar ishtirok etadi. ВТ p - va n - o‘tkazuvchanlik turi takrorlanuvchi uchta (emitter, baza va kollektor) yarimo‘tkazgich sohaga ega.
    Agar emitter o’tish teskari yo’nalishda, kollektor o’tish esa to’g’ri yo’nalishda siljigan bo’lsa, u holda bu tranzistor invers yoki teskari ulangan deb ataladi. Tranzistor raqamli sxemalarda qo’llanilganda u to’yinish rejimida (ikkala o’tish ham to’g’ri yo’nalishda siljigan), yoki berk rejimda (ikkala o’tish teskari siljigan) ishlashi mumkin. Keyingi chekka soha (n - soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan kuchsizroq legirlangan bo’lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan ekstraktsiyalash uchun xizmat qiladi. Emitter va baza oralig’idagi o’tish emitter o’tish, kollektor va baza oralig’idagi o’tish esa kollektor o’tish deb ataladi.
    Bipolyar tranzistorning ishlashi uchta asosiy hodisaga asoslangan:

    • emitterdan bazaga zaryad tashuvchilarning injektsiyasi;

    • bazaga injektsiyalangan zaryad tashuvchilarni kollektorga o’tishi;

    • bazaga injektsiyalangan zaryad tashuvchilar va kollektor o’tishga yetib kelgan asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarni bazadan kollektorga ekstraktsiyasi.


    Download 4,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




    Download 4,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Yarimo‘tkazgich diodning shartli belgilanishi (a)

    Download 4,76 Mb.