• MTning asosiy parametrlari
  • – rasm. Maydon tranzistorining tuzilishi va uning sxemada belgilanishi




    Download 4,76 Mb.
    bet10/43
    Sana16.01.2024
    Hajmi4,76 Mb.
    #139134
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
    Bog'liq
    KIRISH

    9 – rasm. Maydon tranzistorining tuzilishi va uning sxemada belgilanishi.
    Maydon tranzistorining tuzilishi, elektr sxemaga ulanishi va radiosxemada belgilanishi 9-rasmda keltirilgan. Rasmda chap tomondagi elektrod oqim boshlanishi – istok deb, o’ngdagi elektrod esa oqim quyilishi – stok deb, o’rtadagi boshqaruvchi elektrod zatvor deb ataladi. Istok bilan stok oraligidagi qatlam kanal deb yuritiladi. Uning o’tkazuvchanligi n yoki r-tipli bo’lishi mumkin. Agar asos (plastinka) Yarim o’tkazgich n-tipli bo’lsa, zatvor qatlami p-tipli bo’lsa, zatvor qatlami n-tipli – Yarim o’tkazgichli materialidan qilinadi. Rasmda ko’rsatilgan
    tranzistorda asos qatlam n-tipli Yarim o’tkazgichdan iborat. Shuning uchun stoka istoka nisbatan musbat kuchlanish berilsa asosiy tok tashuvchilar, yaʻni elektronlar stoka tomon kanal bo’ylab harakat qiladi. Zatvorga kuchlanishi hamma vaqt teskari ulanishda beriladi. Chunki bunda p - n o’tish yopilishi kerak. Ko’riladigan holda zatvorga istoka nisbatan, manfiy kuchlanish berilgan. Shuning uchun p - n o’tish qatlami kengayib kanalni toraytiradi, yaʻni –zatvor kuchlanishning o’zgarishi hisobiga kanalning kesimi o’zgaradi. Bu esa stok tokining boshqarilishiga olib keladi.
    MTning asosiy parametrlari:
    Xarakteristika tikligi
    USI = const bo‘lgandagi ;
    Ichki (differensial) qarshilik

    UZI = const bo‘lgandagi ;


    Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti:

    IS = const bo‘lgandagi


    Kichik signal parametrlari o‘zaro ifoda bilan bog‘langan.
    MTda elektrodlar uchta bo‘lgani sababli, uch xil ulanish sxemalari mavjud: umumiy istok (UI), umumiy stok (US) va umumiy zatvor (UZ). Bunda MT elektrodlaridan biri sxemaning kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy, uning o‘zgaruvchan tok (signal) bo‘yicha potensiali esa nolga teng qilib olinadi. Asosiy ulanish sxemasi bo‘lib UI ulanish xizmat qiladi.
    Maydon tranzistorlarining yana bir turi zatvori himoyalangan (izolyatsiyalangan) tranzistor deb yuritiladi. Ularda metaldan yasalgan zatvor, asos qatlam – kanaldan dielektrik modda bilan ajratilgan bo’ladi. Shuning uchun bunday tranzistorlar MDYA (metal-dielektrik, Yarimo’tkazgich) turdagi maydon tranzistorlari deb ham ataladi. Ko’pincha dielektrik sifatida oksid materiallar ishlatiladi. Masalan, kremniy oksidi Si . Bu holda tranzistor MOYA (metal – oksid – yarim o’tkazgich) turdagi tranzistor deyiladi. MDYA turdagi tranzistorning tuzilishi 10-rasmda ko’rsatilgan. Zatvor bilan asos yarim o’tkazgich orasida elektr maydon hosil qilinganda maydon kuchlanganligi yo’nalishiga qarab asosiy tok tashuvchilar yo asos yarimo’tkazgichning sirtiga yo hajmiga tortiladi.


    Download 4,76 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




    Download 4,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Maydon tranzistorining tuzilishi va uning sxemada belgilanishi

    Download 4,76 Mb.