|
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda
|
bet | 14/43 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 4,76 Mb. | | #139134 |
Bog'liq KIRISH14-Rasm. Tiristorning S-simon VAXi.
Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bo‘lishi mumkin. Berk holatda tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi. Shundan yarimo‘tkazgich asbobning nomi (tira — eshik) qo‘yilgan. Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa qurilmalarida, avtomatikada manfiy o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgich asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o‘zgartgichlarning bo‘sag'aviy elementlari sifatida yoki boshlang‘ich holatda energiya iste’mol qilmaydigan asbob — triggerlar sifatida keng ishlatiladi.
Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli tiristorlarga bo‘linadi va to‘rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda chiqarilgan ikki, uch va to‘rt chiqishga ega bo'ladi. Tuzilma chekkasidagi p qatlam anod (A), n qatlam esa katod (K) deb nom lanadi. Anod va katod orasidagi n- va p-sohalar baza deb ataladi, ularga o'rnatilgan elektrodlar esa boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi.
Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir tomonlama o‘tkazadi. Bu o'z navbatida , tiristorlarning o'zgaruvchan tokni boshqarish imkoniyatini cheklaydi. O'zgaruvchan tok zanjirlarida ikki tomonlama kalit sifatida simistor (simmetrik tiristor) ishlatiladi. Simistor triak deb ham ataladi. Simistor p-n-p-n-p tuzilmaga va bir yoki ikki boshqaruvchi elektrodga ega.
2.2. Dinistor tuzilmasi va ishlash prinsipi.
Uchta p-n o‘tishga ega diodga o‘xshash ikki elektrodli asbob dinistor deb ataladi. Uning tuzilmasi 15.a - rasmda, shartli belgilanishi esa 15.b - rasmda keltirilgan. Dinistorning uchta p-n utishi J1 J2 va J3 deb beltilangan.
15-Rasm.Dinistor tuzilmasi (a) va uning sxemalarda shartli grafik belgilanishi (b).
Dinistor sxemalarda o‘zaro ulangan ikkita triodli tuzilma bilan almashtirilgan xolda ko‘rsatilishi mumkin. Dinistorni tashkil etuvchi tranzistorlarga ajratilishi va o‘zaro ulangan tranzistorlar bilan almashtirilishi 16-rasmda ko‘rsatilgan. Bu ulanishda T1 tranzistorning kollektor toki T2 tranzistorning baza tokini, T2 tranzistorning kollektortoki esa T1 tranzistorning baza tokini tashkil etadi. Tranzistorlarning bunday ulanishi xisobiga asbob ichida musbat TA hosil buladi. Agar anodga katodga nisbatan musbat kuchlanish berilgan bo‘lsa, J1 va p-n o‘tishlar tug‘ri siljitilgan bo‘ladi, J2 o‘tish esa teskari siljitiladi, shu sababdan manba E ning barcha kuchlanishi J2 o‘tishga tushadi. T1 va T2 tranzistorlarning emitter toklarini uzatish koeffitsientlari mos ravishda a1 va a2 bo‘lsin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda
|