|
KUCHLANISH STABILIZATORLARI
Umumiy ma’lumotlar
|
bet | 22/43 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 4,76 Mb. | | #139134 |
Bog'liq KIRISH KUCHLANISH STABILIZATORLARI
Umumiy ma’lumotlar
Ko‘pgina elektron qurilmalarning normal ishlashi uchun ularni barqaror kuchlanish manbai bilan ta’minlash kerak. Kuchlanish o‘zgarishiga olib keladigan asosiy omillar quyidagilardir:
ta’minot tarmog‘idagi kuchlanishning tebranishi;
manba kuchlanishi chastotasining o‘zgarishi;
yuklama qarshiligining o‘zgarishi;
haroratning o‘zgarishi.
Kuchlanish beriladigan qurilmaning turiga qarab, ta’minot kuchlanishining nisbiy o‘zgarishi (∆𝑈chiq/∆𝑈chiq.nom) ∙ 100% 0,005 dan 3% gacha yoki undan yuqori qiymatlarda o‘zgarishi mumkin.
O‘zining chiqishida doimiy kuchlanishni (tokni) avtomatik ravishda ushlab
turadigan qurilmalar kuchlanish (tok) stabilizatorlari deb ataladi.
Ta‘minot manbalarida ishlatiladigan kuchlanish stabilizatorlari ikki guruhga bo‘linadi: parametrik va kompensatsion. Parametrik stabilizatorlar chiziqli bo‘lmagan elementlar (stabilitronlar, varistorlar va boshqalar) asosida quriladi, ularning parametrlari beqarorlashtiruvchi omillar ta’siri ostida bevosita o‘zgarib turadi (3.1-rasm).
3.1-rasm. Nochiziqli elementning volt-amper xarakteristikasi:
a) kuchlanish stabilizatori; b) tok stabilizatori.
Kompensatsion stabilizatorlar kuchlanish bo‘yicha teskari aloqaga ega bo‘lib, stabilizatorning chiqish qarshiligi sezilarli kamayadi va chiqish kuchlanishi nisbatan stabil holda qoladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kompensatsion stabilizatorning funksional sxemasi Stabilizator quyidagicha ishlaydi: o‘lchash elementida chiqish kuchlanishi
tayanch kuchlanishi bilan taqqoslanadi va moslashmaslik signali hosil qilinadi. O‘zgartiruvchi qurilmada moslashmaslik signali kuchaytiriladi va rostlash elementi uchun boshqaruvchi signalga aylantiriladi. Ushbu boshqaruvchi signalning ta‘sirida rostlash elementining ichki holati chiqish kuchlanishini tayanch kuchlanishiga teng holda ushlab turish uchun o‘zgaradi.
|
| |