|
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda
|
bet | 21/43 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 4,76 Mb. | | #139134 |
Bog'liq KIRISH3.6. Sinusoidal tebranish generatori.
Tashqi ta’sirlar natijasida hosil qilinadigan tebranishlarmajburiy tebranishlar deyiladi. Avtogeneratorlarda hosil bo‘ladigantebranishlar majburiy tebranishlardan farqliroq ichki ta’sir natijasidahosil qilinadi. Avtogeneratorlar dastlabki tebranish so‘nuvchi xarakterga
ega bo‘lgan tebranishdir.
9.1-rasm. Avtogeneratorning tranzistorli sxemasi.
Sinusoidal tebranishlarni hosil qiluvchi avtogeneratorda amplitudava faza balansi sharti bajarilishi uchun tranzistorli kuchaytirgichningteskari bog‘lanish zanjiriga tebranish konturi ulangan. Bu sxemada o‘zro induksiya bog‘lanish qo‘llaniladi. Kollektor zanjiridagi LK, CK tebranish konturida ta’minotdan berilayotgan kuchlanish UT ta’sirida so‘nuvchi tebranish hosil qilinadi. O‘zinduksiya bog‘lanish drossellari LB, LK, υ=πbo‘lgan tebranish teskari bog‘lanish orqali uzatiladi. Tranzistorningta’minlash zanjiriga ulangan LF, SF filьtrlar elementlari kollektortokini o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini oqib o‘tishini ta’minlaydi.Avtogeneratorning ushbu sxemasi yuqori chastotali tebranishlarni hosilqilishda ishlatiladi. Masalan,avtogeneratorli chastota modulyatorlarida.Past chastotali tebranishlarni hosil qilishda RC avtogeneratorlari qo‘llaniladi.
9.2-rasm
Bu sxemada RC tipdagi 3 ta zvenodan zanjir fazani siljitishini quyidagicha yozish mumkin.
Avtogeneratorlarda chastota barqarorligi.Aloqa tizimlarining uzluksiz ishlashi va ishonchliligini aniqlashdaavtogeneratorlarda chastota barqarorligi katta ahamiyatga ega. Chunki
radiolokatsion stansiyalarning ishlash aniqligi aynan ushbuxarakteristikaga bog‘liq.Avtogeneratorlarda chastota barqarorligiquyidagicha aniqlanadi.
Bu erda: f0-avtogeneratorda o‘rnatilgan chastota. Δf-chastotaning mumkinbo‘lgan o‘zgarishi.Xar xil holatlarda chastota barqarorligi xar xilda bo‘ladi. Masalan,radiostansiyalarda 10-4, sputnikdan olingan signallar uchun 10-10 bo‘ladi. Avtogeneratorlar chastotasi faza balansi yordamida aniqlanadi va bu chatotaning o‘zgarishi(ko‘pgina hollarda kamayishi) tebranish konturining
aslligiga bog‘liq. Asllikning xar xil qiymatlarida chastota va fazani bog‘liqlik grafigini keltiramiz.
9.3-rasm
Grafikdan ko‘rinib turibdiki Q2 asllik katta bo‘lganida chastotaningo‘zgarishi kichik asllikka ega. Q1 da chastotaning o‘zgarishi katta bo‘ladi.CHastota barqarorligini o‘rnatish uchun aslligi kata bo‘lgan tebranishkonturlari qo‘llaniladi.
Nazorat savollari
1.Kuchaytirgich asosiy xarakteristika va parametrlari qanday va ularning o‘ziga xos
xususiyatlari nimada ?
2.Kuchaytirgichlarda teskari aloqa deb nimaga aytiladi ?
3.Kuchaytirgich sxemasiga manfiy teskari aloqa kiritilishi bilan kuchaytirish
koeffitsienti qanday o‘zgaradi va u ishning barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi ?
4.Sizga qanday kuchaytirish sinflari ma’lum ?
5.Nima sababli A sinfiga mansub kuchaytirgichda foydali ish koeffitsienti juda kichik ?
6.Nima sababli V sinfiga mansub kuchaytirigich ishlaganda simmetrik signalning sezilarli
shakl buzilishlari kuzatiladi ?
7.AV sinfi V sinfidan nimasi bilan farq qiladi va u qanday sxemalarda qo‘llaniladi ?
8.Ko‘p bosqichli kuchaytirgich nima ?
9.Ko‘p bosqichli kuchaytirgichlarda chiqish kaskadlari nima uchun hizmat qiladi ?
Differensial kuchaytirgich (DK) haqida ma’lumot bering.
Simmetrik DK haqida ma’lumot bering.
Nosimmetrik DK haqida ma’lumot bering.
DK asosiy parametrlarini sanab bering.
Real DK qanday parametrlar bilan xarakterlanadi?
DKlarda kirish signalining sinfaz va parafaz tashkil etuvchilari nima ?
1. OK deb nimaga aytiladi ?
2. OK asosiy funksional qismlari qanday ?
3. Ideal OKga ta’rif bering.
4. OKning uch xil ulanish sxemasini keltiring.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda
|