|
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda
|
bet | 19/43 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 4,76 Mb. | | #139134 |
Bog'liq KIRISH3.3. Emitter qaytargich
Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti birga yaqin bo‘lgan, kirish signal qutbini o‘zgartirmaydigan va katta kirish va kichik chiqish differensial qarshilikka ega bo‘lgan kuchaytirgichlar – qaytargich deb ataladi.
Emitter qaytargich klassik sxemasi 5.8– rasmda keltirilgan. Tranzistorga o‘zgarmas kirish kuchlanishi berilganda (A rejim), emitter zanjirida RE rezistorda kuchlanish pasayishini yuzaga keltiruvchi o‘zgarmas tok oqib o‘tadi. CHiqish kuchlanish Uchiq shunday o‘rnatiladiki, baza – emitter kuchlanishi ga teng bo‘lsin.
Ukir kirish signali kattalikka ortadi (kamayadi) va emitter tokini ortishiga (kamayishiga) olib keladi. Natijada UCHIQ chiqish kuchlanishi qiymatga ortadi (kamayadi). Bu vaqtda chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishi kabi ortadi, kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti esa quyidagiga teng bo‘ladi:
.
5.8 – rasm.
Emitter qaytargichning kirish qarshiligi UE sxema va tok bo‘yicha MTA sxemalari kirish qarshiligidan farq qilmaydi va quyidagiga teng bo‘ladi:
.
CHiqish qarshiligi rCHIQ (RE orqali amalga oshirilgan) 100 % manfiy teskari aloqa hisobiga kamayadi. Bu holat shu sababli sodir bo‘ladiki, chiqish kuchlanishining har bir kuchayishi emitter tokini oshiradi, demak baza toki ham ortadi. Unga esa RG qarshilik ko‘rsatadi. Lekin baza zanjiridagi tok emitter zanjiridagi tokka nisbatan marta kichik bo‘ladi, shu sababli chiqish qarshiligi:
.
Emitter – baza soha qarshiligini ham hisobga olsak, u holda
.
Mikroelektronikada FIK juda kichik bo‘lganligi sababli A sinfi qo‘llanilmaydi. V va AV sinfiga mansub ikki taktli kuchaytirigichlar ancha ommabop hisoblanadi.
3.4. Teskari bog‘lanish.
Kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish deb kuchayib chiqqan signal energiyasining bir qismini uning kirishiga qayta uzatilish jarayoniga aytiladi.
SHuni aytish kerakki, deyarli barcha kuchaytirgichlarda ichki zararli (parazit) teskari bog‘lanish bo‘ladi. Bu, asosan, kuchaytirgich tarkibiga kirgan elementlarning ideal bo‘lmasligi natijasida ularda sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar (elektrodlararo sig‘imni bo‘lishi va xokazo) oqibatidir. Tashqi reaktiv elementlar – sig‘im va induktivlik elementlari ham zararli teskari bog‘lanish paydo bo‘lishiga olib keladi. Ichki va tashqi zararli teskari bog‘lanish kuchaytirgichning parametrlarini kutilmagan holda o‘zgartirib, uning normal ishlashiga zararli ta’sir etadi. Lekin, kuchaytirgichga kuchaytirish stabilligini oshirish, buzilishlarini kamaytirish, o‘tkazish sohasini kengaytirish, kirish va chiqish qarshiligini o‘zgartirish va boshqalar uchun foydali boshqariluvchi tashqi teskari bog‘lanish ham kiritish mumkin.
6.1-rasmda ko‘rsatilgan tashqi teskari bog‘lanishli qurilmaning struktura (tuzilish) sxemasi tarkibiga, chastotaviy uzatish koeffitsienti K()=K(j) bo‘lgan kuchaytirgich va uzatish koeffitsienti ()=(j) bo‘lgan teskari bog‘lanish zanjiri (kuchaytirgich bilan energiya uzatish zanjiri halqa deb ataladi) kiradi. K() va () qiymatlar kompleks qiymatlar bo‘lib (ular soddalashtirish uchun rasmda K va ko‘rinishda berilgan) kuchaytirgich va teskari bog‘lanish zanjirida reaktiv elementlarning bo‘lishi natijasida vujudga keladigan fazaviy farqlarni hisobga oladi.
6.1-rasm
Teskari bog‘lanish kuchaytirgichlari ishchi chastotalari polosasida faoliyat ko‘rsatganligi uchun zararli teskari bog‘lanishlarning ta’siri sezilarli bo‘lmaydi va uni hisobga olmaslik mumkin. Bu holda uzatish koeffitsienti K() o‘rniga kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientidan foydalanish mumkin. Bu parametr va teskari bog‘lanish halqasi uzatish koeffitsienti (), kuchlanish bo‘yicha moddiy qiymatlar K va lar bilan xarakterlanadi. Tok va kuchlanishlar ham ishchi chastotalar polosasida moddiy qiymatli bo‘ladi.
6.2-rasmda teskari bog‘lanishli kuchaytirgichlarning ko‘p tarqalgan turlarini struktura sxemalari ko‘rsatilgan.
6.2-rasm. Teskari bog‘lanishli kuchaytirgichlarning struktura sxemasi:
a-kuchlanish bo‘yicha ketma-ket; b-tok bo‘yicha ketma-ket;
v-kuchlanish bo‘yicha parallel; g-tok bo‘yicha parallel.
Teskari bog‘lanish zanjirining kuchaytirgich chiqish zanjiriga ulanish usuliga qarab teskari bog‘lanish tok yoki kuchlanish bo‘yicha bo‘ladi. Agar teskari bog‘lanish kuchlanish kuchaytirgichning chiqish kuchlanishiga tashqari proporsional bo‘lsa, kuchlanish bo‘yicha yoki chiqish tokiga proporsional bo‘lsa tok bo‘yicha teskari bog‘lanish deyiladi. Agar teskari bog‘lanish kuchlanishi bir vaqtda ham chiqish kuchlanishga ham chiqish tokiga proporsional bo‘lsa, bunday teskari bog‘lanish aralash teskari bog‘lanish deyiladi. Teskari bog‘lanish zanjirining kuchaytirgichini kirish zanjiri bilan ulanishiga qarab ketma - ket va parallel ulangan teskari bog‘lanishlarga ajratish mumkin.
Teskari bog‘lanishli kuchaytirgichni asosiy ifodalarini aniqlash uchun 6.2.a-rasmda ko‘rsatilgan kuchlanish bo‘yicha ketma - ket teskari bog‘lanish sxemasidan foydalanamiz. Sxemada quyidagi asosiy parametrlar ko‘rsatilgan: Uo - kuchaytirgichning kirishidagi o‘zining kuchlanishi (signal kuchlanishi); K=Uchik/Uo - kuchaytirgich o‘zining kuchaytirish koeffitsienti; UTB - teskari bog‘lanish kuchlanishi; =UTB/Uchik - teskari bog‘lanishni uzatish koeffitsienti. Teskari bog‘lanishli kuchaytirgichni kuchaytirish koeffitsienti KTB=Uchik/Ukir keltirib chiqarishni ko‘rib chiqamiz.
Kuchaytirgichning kirishidagi o‘zining kuchlanishi quyidagi yig‘indidan aniqlanadi:
Uo=Ukir+UTB
Bu tenglikni ikki qismini Uchik bo‘lsak
va bo‘linmalarni kiritilgan koeffitsientlar orqali ifodalasak:
Bu tenglikdan teskari bog‘lanishli kuchaytirgichining kuchaytirish koeffitsientini aniqlaymiz
Parametr K=UTB/Uo teskari bog‘lanish faktori yoki uzilgan teskari bog‘lanish halqasining kuchaytirish koeffitsienti deyiladi. 6.2.a–rasmda ko‘rsatilgan sxema uchun teskari bog‘lanish halqasi uzilgan bo‘ladi, agarda teskari bog‘lanish kuchlanishi zanjiri ochiq bo‘lsa, qiymat K-1 teskari bog‘lanish chuqurligi deyiladi.
Teskari bog‘lanish faktorining 0Teskari bog‘lanish kuchlanishi kirish kuchlanishi bilan qarama-qarshi fazada o‘zgarsa, Uo=Ukir-UTB bo‘lib, teskari bog‘lanishli kuchaytirgichni kuchaytirish koeffitsienti KTBquyidagi formuladan aniqlanadi:
.
Bu holda kuchaytirgichni kuchaytirish koeffitsienti 1+K marta kamayib, bunday teskari bog‘lanish manfiy teskari bog‘lanish (ManTB) deyiladi.
Teskari bog‘lanishni kuchaytirgichni kuchaytirish koeffitsientiga ta’sirini 6.3 - rasmda grafik ravishda yaqqol ko‘rsatilgan bo‘lib, unda uchta xarakterli sohalarni ajratish mumkin.
6.3 - rasm. Teskari bog‘lanish koeffitsientining KTB teskari bog‘lanishfaktoriga K bog‘liqligi
Teskari bog‘lanish faktori K<<-1; K>>1; <0, u holda teskari bog‘lanish koeffitsienti:
Bunda bu chuqur (100%) manfiy teskari bog‘lanish bo‘lib, KTB faqat qiymati bilan aniqlanadi va kuchaytirgichni o‘zining kuchaytirish koeffitsientiga bog‘liq bo‘lmaydi. ManTBni bu xususiyatidan kuchaytirgichlar texnikasida keng qo‘llaniladi.
K=0; =0; KTB=K. Bu hol, kuchaytirgichda teskari bog‘lanish yo‘qligini bildiradi.
K1; >0; KTB=1/0 teskari bog‘lanishni kuchaytirish koeffitsienti cheksiz bo‘lgan bu hol, kuchaytirgichni elektrik tebranishlar generatoriga aylanganligini bildiradi.
Manfiy teskari bog‘lanish kiritilishi bilan kuchaytirgichlardagi chiziqli va chiziqli bo‘lmagan buzilishlar 1+K marta kamaytirilishi, kuchaytirgichning o‘tkazish sohasi 1+K marta kengaytirilishi, ish stabilligining ortishi aniqlangan.
Nazorat savollari
1.Kuchaytirgich asosiy xarakteristika va parametrlari qanday va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
nimada ?
2.Kuchaytirgichlarda teskari aloqa deb nimaga aytiladi ?
3.Kuchaytirgich sxemasiga manfiy teskari aloqa kiritilishi bilan kuchaytirish koeffitsienti
qanday o‘zgaradi va u ishning barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi ?
4.Sizga qanday kuchaytirish sinflari ma’lum ?
5.Nima sababli A sinfiga mansub kuchaytirgichda foydali ish koeffitsienti juda kichik?
1>
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda
|