• O‘ta kuchlanishdan himoyalash modullari.
  • Cheklagichlar.
  • Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda




    Download 4,76 Mb.
    bet29/43
    Sana16.01.2024
    Hajmi4,76 Mb.
    #139134
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
    Bog'liq
    KIRISH

    O‘ta kuchlanishdan saqlash integral sxema-datchiklari. 4.5-rasmdagi sxema kamchiliklarini bartaraf etishning yo‘nalishlaridan biri MS3423-5, TL431 va boshqa turdagi maxsus triggerli himoyalash IMS lardan foydalanishdir. Ushbu mikrosxemalar stabilizatorning chiqish kuchlanishini kuzatib turadi va uni bevosita tiristor orqali boshqarib turadi. Masalan, MS3425 tipdagi IMS rostlanuvchi bo‘sag‘aga va himoyani ishga tushirish vaqtiga ega, hamda ta’minot kuchlanishining ruxsat etilmagan pasayishi haqida ogohlantiruvchi chiqishga ham egadir. MS3445 IMS o‘zining tayanch kuchlanish manbaiga, bir nechta komparator va drayverga ega. IMS ishlashi uchun faqat tashqi ikkita rezistorni ulash talab etiladi.
    O‘ta kuchlanishdan himoyalash modullari. Bunday modullar turli (Lambda, Motorola va boshqalar) IMS ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan ishlab chiqariladi. Himoyalash modullari foydalanish uchun juda qulay bo‘lib, bor yo‘g‘i ikkita chiqishga ega va stabilizator chiqishiga parallel ulanadi. Modullarni to‘g‘ri keladigan parametrlari (ko‘rsatkichlari) bo‘yicha: ya’ni himoyani ishga tushish kuchlanishi va ruxsat etilgan maksimal tok bo‘yicha tanlash lozim. Masalan, Lambda firmasining moduli 2 A tokga chidamli va o‘rnatilgan himoyani ishga tushish kuchlanishlariga 5, 6, 12, 15, 18, 20, 24 V ega. Motorola firmasining
    MRS200 seriyasidagi modul 5, 12, 15 V kuchlanishga va 7,5, 15, 35 A tokka mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Modullarning himoya ishga tushishi juda yuqori aniqlikda. Masalan, Lambda firmasining moduli 5 V kuchlanishga mo‘ljallangan bo‘lib, 6,6±0,2 V da himoyalash ishga tushadi.
    Cheklagichlar. O‘ta kuchlanishdan himoyalashning boshqa bir varianti bu katta quvvatli stabilitron yoki uning analogidan (o‘xshashi) foydalanishdir. Bunday holatda kuchlanishning qisqa muddatli sakrashlarida himoyaning ishga tushishini oldini olish masalasi avtomatik tarzda echiladi, chunki kuchlanish o‘zgarishi (sakrashi) ning to‘xtashi bilan stabilitron juda tez o‘tkazmaslik holatiga o‘tadi.
    4.6-rasmda katta quvvatli stabilitronning ruxsat etilgan katta kollektor tokiga ega bo‘lgan tranzistordan yig‘ilgan analogi keltirilgan. Sxemaning asosiy kamchilikidan biri, avariya rejimida tranzistor katta quvvat (𝑈st ∙ 𝐼bo's) ni tarqatishi va ishdan chiqishi mumkin. SHuningdek, himoyalash sxemasini ishga tushishida uning issiqlik rejimini ta’minlash bilan bog‘liq qiyinchiliklar ham mavjud.


    4.6-rasm. Katta quvvatli stabilitronning tranzistorda yig‘ilgan analogi



      1. Download 4,76 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




    Download 4,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda

    Download 4,76 Mb.