Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda




Download 4,76 Mb.
bet31/43
Sana16.01.2024
Hajmi4,76 Mb.
#139134
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
KIRISH

Integral stabilizatorlarni qurish prinsiplari. Integral kuchlanish stabilizatorlari – keng tarqalgan IMSlardir. Ular arzon, ishonchli va foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Deyarli barcha integral stabilizatorlar o‘zida quyidagi ichki himoya zanjirlariga ega:

  1. yuklamada qisqa tutashuvdan himoyalash;

  2. qizib ketishdan himoyalash;

  3. o‘tish tranzistori xavfsiz ishlash sohasini korreksiyalash.

Bu uch turdagi himoyalashning barchasi har doim ham integral stabilizatorlarda bo‘lavermaydi. Chiqishda yuklamani qisqa tutashuvdan himoyalash nisbatan keng tarqalgan.
Integral stabilizator rostlovchi OK sxemasi asosida yaratilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun stabilizatorni yagona kristallda (4.10-rasm) va tashqariga uchta chiqishli qilib tayyorlash zarur (4.11-rasm).
Mikrosxemani (4.11-rasm) musbat kuchlanish stabilizatori deyiladi, chunki umumiy chiqishga (COM) nisbatan uning kirishi va chiqishida ham musbat potensial bo‘ladi. Bundan tashqari manfiy kuchlanish stabilizatorlari, ikki qutbli stabilizatorlar (umumiy chiqishga nisbatan simmetrik musbat va manfiy kuchlanishli), ko‘p kanalli (bir nechta turli chiqish kuchlanishi qiymati bilan ta’minlaydigan) stabilizatorlar ham ishlab chiqariladi.
Uchta chiqishli stabilizatorlarning katta qismi chiqish kuchlanishining o‘rnatilgan qiymatlari bo‘yicha 5 V dan 24 V gacha qilib tayyorlanadi. Integral stabilizatorlarning qo‘llanilishi stabillangan ta’minot manbaini qurish masalasini ancha soddalashtiradi.

4.11-rasm. Kuchlanish integral stabilizatorining sxemasi


IMS stabilizatori kirishiga chiqish kuchlanishi qiymatidan bir qancha katta bo‘lgan to‘g‘rilangan kuchlanish beriladi (pulsatsiyani hisobga olgan holda kuchlanishni minimal kamayishi 0,5 V dan 3 V gacha). Mikrosxema chiqishiga yuklama ulanadi (4.12-rasm). 𝐶1 va 𝐶2 kondensatorlar o‘tish jarayonida yuzaga keladigan kuchlanish to‘lqinini so‘ndiradi va IMS qo‘zg‘alishining oldini oladi.


4.12-rasm. Kuchlanishni stabillash uchun uchta chiqishli IMSning ulanish


sxemasi
Ma’lumotnomada har bir stabilizator uchun tavsiya etiladigan kondensatorlar turi va sig‘imining qiymati ko‘rsatiladi. Ayrim hollarda 𝐶1 va(yoki) 𝐶2 o‘rnida parallel ulangan sig‘imi bir necha mkF bo‘lgan oksidli va sig‘imi 0,1 mkF atrofida bo‘lgan keramik kondensatorlardan foydalaniladi.
Chiqish kuchlanishining o‘rnatilgan qiymatiga mo‘ljallangan uchta chiqishli stabilizatorlar bilan bir qatorda sanoatda to‘rtta va undan ko‘proq chiqishli mikrosxemalar ishlab chiqariladi, shu bilan ularda chiqishidagi kuchlanishni o‘zgartirish imkoni bo‘ladi. Bunday stabilizatorlarga rostlanuvchi stabilizatorlar deyiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, uchta chiqishli mikrosxemalar orasida rostlanuvchi stabilizatorlar ham uchraydi, ularda o‘rnatilgan chiqish kuchlanishining qiymati kichik bo‘ladi (1,2 V atrofida). Bunda yuklamadagi kuchlanishni o‘zgartirish stabilizatorni COM chiqishi potensialini yuklama umumiy qutbiga nisbatan sun’iy ravishda o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi.
To‘rtta chiqishli oddiy stabilizatorni xuddi uchta chiqishli sxema (4.10-rasm) kabi hosil qilish mumkin, agar IN, OUT va COM chiqishlar bilan birga kristalldan to‘rtinchi – rostlash (ADJ) chiqishini olish mumkin (4.13-rasm). Chiqish kuchlanishini rostlash IMSga nisbatan endi tashqi hisoblanadigan 𝑅1 va 𝑅2 qarshiliklar qiymatini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi (4.14-rasm).
Ko‘rib chiqilayotgan sxema uchun 𝑈chiq = 𝑈tay(1 + 𝑅2/𝑅1) teng bo‘ladi. Agar 𝑅2 rezistor sifatida potensiometrdan foydalanilsa chiqish kuchlanishini ohista o‘zgartirish mumkin. 𝑈tay tayanch kuchlanishi uchun operatsion kuchaytirgich kuchlanish kuchaytirgichi hisoblanishini e’tiborga olib, chiqish kuchlanishini rostlash diapazonini kengaytirish maqsadida 𝑈tay qiymatiga 1,0 – 1,5 V dan ortiq kuchlanish berish tavsiya etilmaydi.

4.13-rasm. To‘rtta chiqishli rostlanuvchi kuchlanish stabilizatori


4.14-rasm. Kuchlanishni stabillash uchun to‘rtta chiqishli IMSning ulanish


sxemasi

Download 4,76 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Download 4,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda

Download 4,76 Mb.