• 4.25-rasm. Uchta chiqishli stabilizator sxemasida 𝑈 chiq
  • 4.27-rasm. 4.26-rasmdagi sxema chiqish kuchlanishining o‘zgarish vaqt diagrammasi
  • Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda




    Download 4,76 Mb.
    bet34/43
    Sana16.01.2024
    Hajmi4,76 Mb.
    #139134
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
    Bog'liq
    KIRISH

    4.24-rasm. 𝑈chiq kuchlanishini tranzistordan foydalanib rostlash Uchta chiqishli stabilizatorlarning barcha sxemalarida chiqish kuchlanishi.
    ISning stabilizatsiya kuchlanishidan kam bo‘lmasligi kerak. Agar 𝑈chiq < 𝑈st DA ni olish zaruriyati bo‘lsa, ISning COM chiqish zanjirida kuchlanishning qutbini o‘zgartirish mumkin (4.25-rasm). 3.40-rasmdagi sxema uchun 𝑈chiq = 𝑈st DA − 𝑈tay ga teng bo‘ladi.


    4.25-rasm. Uchta chiqishli stabilizator sxemasida 𝑈chiq < 𝑈st DA ni olish


    Chiqish kuchlanishining funksional o‘zgarishi. Agar sxema umumiy simiga nisbatan ISning COM chiqish potensiali aniq qonun bo‘yicha o‘zgartirilsa, chiqish kuchlanishini funksional boshqarish mumkin. Misol sifatida 4.26-rasmdagi sxemani ko‘rib chiqamiz.

    4.26-rasm. Chiqish kuchlanishining funksional o‘zgarishi


    Chiqish kuchlanishi sxemaning ulanish momentida 𝑈st DA + 𝑈ke to'y ga teng bo‘ladi, bunda 𝑈ke to'y – VT tranzistorning to‘yinish rejimidagi kollektor va emitter orasidagi kuchlanish. Sxemaning ulanish momentida 𝑅3 rezistor orqali 𝐶2 kondensator zaryadlanadi, bunda kuchlanishning pasayishi tranzistorning emitter o‘tishi uchun to‘g‘ri hisoblanadi. VT tranzistor ochiladi va 𝑅2 rezistorni shuntlaydi. Keyin 𝐶2 kondensatorning zaryadi hisobiga tranzistorning kollektor-emitter o‘tishi qarshiligi oshadi va chiqish kuchlanishi ham oshadi (4.27-rasm).




    4.27-rasm. 4.26-rasmdagi sxema chiqish kuchlanishining o‘zgarish vaqt
    diagrammasi

    Maksimal chiqish kuchlanishi 𝑅1 va 𝑅2 rezistorlar orqali beriladi. Chiqish kuchlanishini “o‘rnatish” vaqti 𝑡o'r 𝐶2 sig‘im va 𝑅3 qarshilik qiymatlari orqali beriladi. 4.26-rasmdagi stabilizatordan ishchi kuchlanishga ohista chiqishli yuklamani “qadamma-qadam” ulanishi uchun foydalanish mumkin.


    Integral stabilizatorlarning yuklama qobiliyatini oshirish. ISning maksimal chiqish toki cheklangan (tipik qiymati 1÷2 A). Chiqish tokini katta qiymatini olish zaruriyati tug‘ilganda ISga qo‘shimcha katta quvvatli o‘tish tranzistori ulanadi (4.28-rasm). Xorijiy sanoatda chiqish toki 5-10 A li ISlar ishlab chiqariladi. Biroq ular nisbatan qimmat va ulardan foydalanish murakkab, chunki bunday kristallar uchun maksimal ishchi harorat katta quvvatli tranzistorlarga qaraganda kichik, ruxsat etilgan sochilish quvvati esa tranzistorlar uchun xuddi shunday parametridan keskin farqlanadi.
    𝑅 rezistorning qarshiligini shunday tanlash kerakki, 𝐼ul chiqish tokining ayrim qiymatlarida, masalan 100 mA da, undagi kuchlanishning pasayishi VT tranzistorining ochilishi uchun etarli bo‘lishi kerak. Yuklamaning toki 𝐼ul dan kichik bo‘lsa, sxema oddiy holatda ishlaydi. VT tranzistor yopiq holatda stabilizator orqali yuklama toki oqib o‘tadi. 𝐼yu yuklama toki 𝐼ul tokidan katta bo‘lganda VT tranzistor ochiladi va undan 𝐼k = 𝐼yu − 𝐼ul qiymatiga teng bo‘lgan tok oqib o‘ta boshlaydi.
    Uchta chiqishli stabilizator berilgan 𝑈chiq qiymatini qo‘llab-quvvatlaydi, yuklamaning zaruriy toki esa asosan tranzistor orqali ta’minlanadi. Bunda IS yuklama tokining aniq (haqiqiy) qiymatini hatto “bilmaydi”.





    Download 4,76 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




    Download 4,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda

    Download 4,76 Mb.