Integral stabilizatorlarning qo‘llanilishi




Download 4,76 Mb.
bet32/43
Sana16.01.2024
Hajmi4,76 Mb.
#139134
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
KIRISH

Integral stabilizatorlarning qo‘llanilishi. Oldin ta’kidlab o‘tganimizdek, integral stabilizatorlarning qo‘llanilishi ta’minot manbaining sxemotexnikasini soddalashtiradi va uning elektrik ko‘rsatkichlari yaxshilaydi. Hattoki eng sodda va arzon integral stabilizatorlar ham etarlicha yaxshi elektr ko‘rsatkichlarga ega: pulsatsiyani so‘ndirish koeffitsiyenti 40 dan 80 dB gacha, chiqish qarshiligi 15 dan 30 mOm gacha.
Integral stabilizatorli uchta chiqishli ta’minot manbalari. 4.15- va 4.16- rasmda uchta chiqishli integral stabilizatorli stabillashtirilgan sodda ta’minot manbaining sxemalari keltirilgan.


4.15-rasm. Musbat kuchlanish stabilizatorli ta’minot manbai




4.16-rasm. Manfiy kuchlanish stabilizatorili ta’minot manbai Sig‘imi bir necha yuzlab mkF bo‘lgan 𝐶1 kondensator to‘g‘rilangan kuchlanishni silliqlash uchun xizmat qiladi. Sig‘imi bir necha mkF bo‘lgan 𝐶2 va 𝐶3 kondensatorlar integral stabilizatorning stabil ishlashini ta’minlaydi. Ular integral stabilizator chiqishiga iloji boricha yaqin joylashgan bo‘lishi kerak yoki bevosita o‘ziga kavsharlab (qalaylab) ulangan bo‘lsa undan ham yaxshi. Foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarda ko‘pchilik stabilizatorlar uchun qayd qilinadiki, agar filtr 𝐶1 kondensatorini integral stabilizator bilan ulashdagi simlar uzunligi 70 mm dan oshmasa u holda stabilizator kirishida 𝐶2 kondensatoridan foydalanish zaruriyati yo‘q.


Chet el sanoati ishlab chiqaruvchilari tomonidan yuzdan ortiq turdagi uchta chiqishli integral stabilizatorlar ishlab chiqariladi, ularning chiqish kuchlanishi 5 V dan 24 V gacha va 0,1 A dan 2,0 A gacha bo‘lgan tokdagi integral stabilizatorlardir. Chiqish kuchlanishi 1 A gacha bo‘lgan ta’minot manbalarini (4.15- va 4.16-rasm) amalga oshirish uchun μA78xx musbat va μA79xx manfiy kuchlanishli klassik stabilizatorlardan keng foydalaniladi (oxirgi ikkita raqami chiqish kuchlanishining qiymatini ko‘rsatadi). Ikkita uchta chiqishli stabilizatordan foydalanib, ikki qutbli ta’minot manbaini qurish mumkin (4.17- va 4.18-rasm). Xuddi shunday 4.18- rasmdagi sxema o‘xshash manfiy kuchlanish stabilizatorli ikki qutbli TMni qurish mumkin.


4.17-rasm. Musbat va manfiy kuchlanish stabilizatorili ikki qutbli ta’minot


manbai
Integral stabilizatorli TMda chiqish kuchlanishining o‘zgarishi. Yuqorida qayd etilganidek to‘rtta chiqishli stabilizatordan foydalanilganda (4.16- va 4.14- rasm), 𝑅2/𝑅1 qarshiliklar qiymatining nisbatini (𝑈chiq bo‘lgichining kuchlanishni uzatish koeffitsiyenti) o‘zgartirib chiqish kuchlanishini rostlash mumkin. Chiqish kuchlanishini rostlashning boshqa usuli tayanch kuchlanishini o‘zgartirish hisoblanadi, agar albatta integral stabilizator bunday o‘zgarishni amalga oshirishga imkon bersa.





Download 4,76 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Download 4,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Integral stabilizatorlarning qo‘llanilishi

Download 4,76 Mb.