|
Stabilizatorlarni chiqishidagi o‘ta kuchlanishdan himoyalash
|
bet | 28/43 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 4,76 Mb. | | #139134 |
Bog'liq KIRISH Stabilizatorlarni chiqishidagi o‘ta kuchlanishdan himoyalash
Kirish va chiqish kuchlanishlarining kamayishi faqat musbat ∆𝑈 = 𝑈chiq −
𝑈kir bo‘lgandagina kuchlanish stabilizatori normal ishlashi mumkin. Chunki stabilizatorda ∆𝑈 kuchlanishning kamayishi 𝑈chiq ning 100% va undan katta bo‘lishi mumkin. Avariya rejimida (tranzistor kollektor-emitter o‘tishining buzilishi) stabilizatorning chiqishidagi kuchlanish deyarli 𝑈kir qiymatigacha oshadi. Bu ta’minot manbaining ish qobiliyatini yo‘qotishiga olib keladi. Masalan, TTL- mantiq mikrosxemasida yig‘ilgan qurilma, ta’minot manbaining 5±0,5 V kuchlanishida ishlash qobiliyatiga ega. Ushbu belgilangan kuchlanishning bir necha voltga oshishi TTL-mikrosxemaning ishdan chiqishiga olib keladi.
4.5-rasmda stabilizator chiqishida yuklamani o‘ta kuchlanishdan himoyalash turi keltirilgan.
4.5-rasm. Stabilizatorni o‘ta kuchlanishdan tiristor orqali himoyalash Stabilizatorning normal ishlashida (chiqish kuchlanishi o‘rnatilgan qiymatdan
oshmaydi) VD1 stablitron yopiq (stabillash kuchlanishi 𝑈chiq dan katta), tok R rezistordan oqib o‘tmaydi va VD2 tiristor yopiq holatda bo‘ladi (boshqarish
elektrodiga ochish kuchlanishi berilmaydi, ulanish kuchlanishi esa 𝑈chiq dan ancha katta).
Chiqish kuchlanishini belgilangan (ruxsat etilgan) qiymatdan oshib ketishida (𝑈chiq VD1 ning stabilizatsiya kuchlanishidan katta) stabilitron VD1 ochiladi va R rezistor orqali 𝐼 = (𝑈chiq − 𝑈st)/𝑅 toki oqib o‘tadi, bunda 𝑈st – VD1 tayanch diodining stabilizatsiya kuchlanishi. R rezistorda 𝑈 = 𝑈chiq − 𝑈st kuchlanish pasayishi o‘rnatiladi va tiristorning boshqaruvchi elektrodiga ushbu kuchlanish beriladi. Tiristor VD2 ochiladi va stabilizator chiqishini shuntlaydi va chiqish kuchlanishini 1÷1,5 V gacha so‘ndiradi. Kirish kuchlanishini ajratish (uzish) orqali tiristorni yopiq holatga keltirish mumkin (VD2 orqali tok oqimi uziladi). Kondensator C kuchlanishni qisqa muddatli o‘zgarishidan himoyalaydi, bunday holat normal ishlaydigan stabilizatorlarda ham davriy kuzatiladi. 𝐶1 kondensatorning sig‘imi 0,1 mkF atrofida bo‘lishi kerak.
4.6-rasmdagi sxema avariya rejimida stabilizator chiqishida “qisqa tutashuv”da 1 V atrofida kuchlanishni ushlab turadi va VD2 tiristorini (kuyishini) ishdan chiqishi muammosidan himoyalaydi. Ammo kuchlanish stabilizatori yoki stabilizator ulangan to‘g‘irlagich ichida tokni chegaralash sxemasi bo‘lishi shart. Oddiy saqlagichdan ushbu maqsadda foydalanish mumkin. Sxemaning kamchiligi shundan iboratki, unga himoyani ishga tushirishda talab etiladigan kuchlanishni o‘rnatishdir. Stabilitronlar faqat ruxsat etilgan katta teshilish kuchlanishining aniq qiymati bo‘yicha ishlab chiqariladi. Bunda himoyalashning ishga tushish kuchlanishi bo‘yicha qattiq talab qo‘yiladi. Masalan, TTL-mantiq mikrosxemasidan tayyorlangan qurilmani ta’minlashda 𝑈chiq kuchlanishi 5 V ga teng bo‘lishi shart va belgilangan nominal qiymatdan 5÷10 % ga o‘zgarishi mumkin. Shunday qilib, himoyalashning ishga tushish kuchlanishi 5,5 V dan kichik bo‘lishi kerak emas. Bundan tashqari ta’minot manbaida o‘tish jarayonida kuchlanishni qo‘shimcha o‘zgarishini ham e’tiborga olish zarur. Natijada kuchlanishni himoyalash ishga tushishi bo‘sag‘asi 6 V dan kam bo‘lmasligi lozim.
Ikkinchi tomondan chiqish kuchlanishi 7 V dan oshmasligi kerak (TTL- mikrosxema chidamli bo‘lgan maksimal kuchlanish). Stabilitron sifatida stabillash
kuchlanishi 5,6 V ± 5% (yuqori aniqlik) bo‘lgan 1N5232V tipdagi stabilitron va
2N4441 tipdagi tiristordan foydalanilganda, qarshilik 𝑅 = 68 Om ga teng bo‘lganda himoyalashning ishga tushish oralig‘i 5,9 V dan 6,6 V gacha oralig‘ida bo‘ladi. SHuning uchun himoyalash ishga tushishining bo‘sag‘asiga qattiq talab qo‘yilganda himoyalash sxemasini o‘ziga xos sozlash talab etiladi, bu esa bunday TMlarini ishlab chiqishni murakkablashtiradi.
|
| |