Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda




Download 4,76 Mb.
bet25/43
Sana16.01.2024
Hajmi4,76 Mb.
#139134
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
KIRISH

Kompensatsion stabilizatorlar


Umumiy ma’lumotlar. Kompensatsion stabilizatorlar parametrik stabilizatorlarga qaraganda yaxshiroq parametrlarga ega. Ularning ishlash prinsipi yuklamaga ketma-ket yoki parallel ravishda qandaydir 𝑅k kompensatsion qarshilikning ulanganligiga asoslanadi (3.10-rasm).

3.10-rasm. Kompensatsion stabilizatorlar:



        1. ketma-ket; b) parallel.

𝑅k ning ulanish turiga qarab kompensatsion stabilizatorlar ketma-ket va parallel turlarga bo‘linadi.
Ketma-ket stabilizatorda 𝑈kir kirish kuchlanishi 𝑅k va 𝑅yu o‘rtasida taqsimlanadi: 𝑈kir = 𝑅k + 𝑅yu. Yuklamada kuchlanish stabilizatsiyaga 𝑅k ni o‘zgartirish orqali erishiladi, shuningdek 𝑅k da kuchlanish pasayishi quyidagi prinsipga muvofiq amalga oshiriladi:

Uy ↑ → Rk↑ → (Uk = Ukir – Uy)↑ → Uy ↓ Uy ↓ → Rk↓ → (Uk = Ukir – Uy)↓ → Uy ↑


Kompensatsion qarshilik va yuklama qarshiligi parallel ulangan holda 𝑈kir


kirish kuchlanishi ballast rezistor 𝑅b hamda parallel ulangan 𝑅k va 𝑅yu lardan iborat bo‘lgan kuchlanish bo‘lgichga beriladi. 𝑈yu kuchlanishni stabilizatsiyalash 𝑅k ni o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bunda kirish toki quyidagicha o‘zgaradi 𝐼kir =
𝐼k + 𝐼yu. 𝐼kir ning o‘zgarishi ballast qarshilikdagi 𝑈b kuchlanish pasayishiga olib
keladi va yuklamadagi kuchlanish doimiy saqlanib qoladi:
Uy ↑ → Rk↓ → Ik ↑ → (Ikir = Ik + Iy)↑ → Ub ↑ → Uy ↓ Uy ↓ → Rk↑ → Ik ↓ → (Ikir = Ik + Iy)↓ → Ub ↓ → Uy

Stabilizatorlarda 𝑅k qarshilikning o‘zgarishi 𝐼y, 𝑈kir va 𝑈y ning joriy qiymatlariga bog‘liq ravishda avtomatik tarzda sodir bo‘ladi.


Ko‘pincha 𝑅k sifatida tranzistorlar ishlatiladi (3.11-rasm). Bipolyar tranzistordan foydalanilganda 𝑅k qarshilik kollektor-emitter o‘tishining qarshiligini bildiradi ya’ni (𝑅k = 𝑅ke). Tranzistorning bazasi boshqarish elektrodi hisoblanadi. Maydoniy tranzistorlar uchun 𝑅k – stok va istok elektrodlari orasidagi qarshilikdir (𝑅k = 𝑅si). Bu holda esa boshqarish elektrodi zatvor hisoblanadi.


3.11-rasm. Tranzistorlarning kompensatsion rezistorlar sifatida ishlatish sxemasi:



          1. bipolyar; b) maydoniy.


Download 4,76 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Download 4,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yarimo’tkazgichlar jaxon fani va texnikasida salmoqli o’rinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez ko’payib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda

Download 4,76 Mb.