45
DMT va N doirasidagi O‘V va standart namunalar faqat turi tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi
sertifikatga
yoki
metrologik
attestatsiyalanganligi
to‘risidagi
sertifikatga
ega
bo‘lsagina
qo‘llanishga qo‘yiladi. Bu sertifikatlar O‘zstandart tomonidan beriladi, O‘V qaysi mamlakatda
tayyorlanganligidan qat‘i nazar.
Ekspluatatsiya jarayonida O‘V xossalari o‘zgaradi. Shunga ko‘ra ularning parametrlari
davriy
ravishda
aniqlanib
turishi
zarur.
Protseduralarning
natijalari
mos
hujjatlar
bilan
rasmiylashtiriladi, bu hujjatlar O‘V yaroqligini tasdiqlaydi.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada
foydalaniladigan yoki
foydalanishga mo‘ljallangan o‘lchash vositalari metrologik attestatlanadi. Bunda quyidagilar
attestatlanadi:
– donalab ishlab chiqariladigan O‘V;
– chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O‘V;
– o‘zining bevosita vazifasi bo‘yicha qo‘llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o‘rnatilgan
qo‘llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo‘llaniladigan, vatanda yoki xorijda ishlab
chiqarilgan, xili tasdiqlangan O‘V;
xilni
tasdiqlashda
o‘rnatilganlardan
farqlanuvchi
individual
metrologik
tafsilotlarni
o‘rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O‘Vning dona
nusxalari;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik
attestatlashni o‘tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o‘rnatishda.
O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki xorijdan
donalab nusxalarda keltiriladigan) o‘lchash
vositalarini, bularning xossalarini sinchiklab tadqiq
qilish asosida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llanishga huquqli ekanligini
metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohaga kirmaydigan o‘lchash
vositalari ham metrologik attestatlanishi mumkin. Bunday attestatlash ixtiyoriy asosda o‘tkaziladi.
Metrologik attestatlash O‘Vning metrologik tafsilotlarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash va
(yoki) ularning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.
O‘Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari:
– O‘Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida o‘z vazifasiga muvofiq
qo‘llanilishiga huquqli ekanligini o‘rnatish;
– attestatlanadigan O‘V metrologik tafsilotlarining O‘Vni yaratishga texnik topshirikda
o‘rnatilgan yoki O‘Vdan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning
attestatlash-ga
topshirig‘i (so‘rovnomasi)ga binoan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash;
– O‘Vning hakiqiy metrologik tafsilotlarini aniqlash;
– O‘V texnik tafsilotlarining xavfsizlik talablariga, gigienik va xos sinovlar jarayonida o‘rnatilgan
boshqa maxsus talablarga muvofiqlikning to‘liqligini baholash.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llaniladigan va xilni tasdiqlash
protsedurasidan o‘tmagan barcha o‘lchash vositalari majburiy ravishda metrologik attestatlanadi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasidan tashqarida qo‘llaniladigan, xilni
tasdiqlash protsedurasidan o‘tmagan o‘lchash vositalari birlamchi kalibrlanishi lozim.
O‘Vni metrologik attestatlash ularni ekspluatatsiyaga qabul qilish (ekspluatatsiya
sharoiti
o‘zgargan) bosqichida yoki O‘zbekiston bojxona chegarasidan o‘tish, O‘Vni chet eldan olib kirish
bosqichida o‘tkaziladi.
46
Metrologik attestatlashdan o‘tgan O‘V davriy, zarur bo‘lganda esa navbatdan tashqari yoki
inspektsion qiyoslanadi.
O‘Vni metrologik attestatlashni davlat metrologik xizmati yoki O‘Vni attestatlash huquqiga
akkreditlangan yuridik shaxslar o‘tkazadi.
Xavfsizlik talablariga, gigienik yoki maxsus talablarga muvofiqligini sinash lozim bo‘lgan
O‘V mos sinovlarni o‘tkazgandan keyin metrologik attestatlanadi.
Metrologik attestatlash quyidagi tartibda o‘tkaziladi: Attestatlashni o‘tkazishga manfaatdor
yuridik (jismoniy) shaxs (keyinchalik – Buyurtmachi) O‘Vni metrologik
attestatlash huquqiga ega
bo‘lgan yuridik shaxs (keyinchalik – Bajaruvchi) ga so‘rovnoma topshiradi.
Attestatlash natijalari ijobiy bo‘lganda attestatlashni o‘tkazgan yuridik shaxs (bajaruvchi)
attestatlash natijalari to‘g‘risida O‘zstandart Agentligiga xabar beradi va unga O‘Vni attestatlash
bayonnomasi, dalolatnomasi, tavsifi va attestatlash sertifikatining nusxalarini o‘n besh kun muddat
ichida taqdim etadi.
Metrologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar attestatlanishi lozim. Xodimlarni
attestatlashda malaka darajasining faoliyatining ushbu turiga muvofiqligi aniqlanadi. Bunda
metrologik tekshiruv va nazoratning muayyan turini bajarishga metrologik
bilimlar va amaliy
ko‘nikmalarning mavjudligi aniqlanadi.
Davlat
metrologik
xizmatlariga attestatlangan xodimlarni jalb etishni talab qiluvchi
metrologik faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
– o‘lchash vositalarini sinash;
– o‘lchash vositalarini qiyoslash;
– o‘lchash vositalarini
metrologik attestatlash;
– sinash vositalarini attestatlash;
– o‘lchashlarni bajarish metodikalarni metrologik attestatlash;
– yuridik shaxslarni akkreditlashda ishtirok etish;
– me‘yoriy va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish;
– davlat metrologik nazorati.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohadan tashqarida, yuridik shaxs
o‘rnatilgan tartibda attestatlangan xodimlarni talab etuvchi faoliyat turlarini mustaqil ravishda
aniqlaydi.