O‗lchash vositalarini qiyoslash




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

O‗lchash vositalarini qiyoslash. 
O‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni qiyoslash va 
kalibrlash orqali amalga oshiriladi.
Davlat tekshiruvi va nazorati sohasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim bo‘lgan 
O‘Vning ro‘yxati O‘zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 
O‘V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik xizmati idoralari o‘tkazadi, lekin O‘V ni 
qiyoslash huquqi yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlariga ham topshirilishi 
mumkin. 
Boshqa davlatlarda bajarilgan O‘V ni qiyoslash natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar 
asosida tan olinadi. 
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta‘minlangan va import bo‘yicha sotib 
olinadigan O‘V ni qiyoslashni tashkil qilish ka o‘tkazish bo‘yicha asosiy nizomlar O‘z DSt 
8.003:2005 "O‘z O‘DT. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar" da bayon etilgan. 
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta‘mirlangan va import bo‘yicha sotib 
olinadigan barcha O‘V davlat qiyoslashidan o‘tishi lozim. 


47 
O‘V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspektsion va ekspert qiyoslashdan o‘tkaziladi. 
Ishlab chiqarishdan yoki ta‘mirlashdan chiqqan va import bo‘yicha keltiriladigan O‘V 
birlamchi qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘V ning har bir nusxasi birlamchi qiyoslashdan o‘tkaziladi. 
O‘V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, 
o‘tkazish tartibi bu O‘V ni qiyoslash metodikasida ko‘rsatiladi. 
Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O‘V qiyoslashlararo oraliq vaqtlardan 
keyin davriy qiyoslashdan o‘tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti o‘lchash vositasining bu davr ichida 
yaroqliligini ta‘minlashni hisobga olgan holda aniqlanadi va belgilanadi. 
Davriy qiyoslashlar o‘rtasidagi vaqt: 
davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o‘lchash vositasiga davlat metrologik xizmati idoralari 
tomonidan belgilanadi. 
Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O‘V ni qiyoslash grafiklari (shartnomalari) da 
belgilangan kalendar muddatlarda o‘tkaziladi. 
Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayottan O‘V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi 
hollarda o‘tkaziladi: 

qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o‘tgandan keyin o‘lchash vositasidan butlovchi sifatida 
foydalanilganda; 

qiyoslash tamg‘asi, plombasi, shikastlanganda yoki O‘V ning birlamchi yoki davriy 
qiyoslashdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qolganda; 

agar qiyoslash tamg‘asining yoki o‘lchash vositasining qo‘llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi 
hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo‘lsa, saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda; 

qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan O‘V ni tayyorlovchi korxona iste‘molchiga 
etkazib berishda. 
O‘lchash vositasining holati va qo‘llanilishini davlat nazoratidan va mahkama tekshiruvidan 
o‘tkazishda O‘V ning qo‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun inspektsion qiyoslash 
o‘tkaziladi. O‘V ni inspektsion qiyoslash natijalari davlat yoki mahkama tekshiruvi dalolatnomasida 
aks ettiriladi. 
Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o‘tkaziladigan vositalar: 
а) davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub‘ektlarining namunaviy o‘lchash vositalari; 
б) o‘zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O‘V sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma 
shartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgai O‘V; 
в) nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo‘lgan O‘V; 
г) priborlarni ta‘mirlovchi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari chiqargan, ta‘mirdan keyin boshqa 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarga berish uchun mo‘ljallangan O‘V; 
д) milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog‘liq o‘lchash vositalari; 
е) davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza o‘tkazishda, shuningdek bojxona tekshiruvida 
o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan O‘V; 
ж) o‘lchash uchun ishchi O‘V sifatida qo‘llaniladigan, o‘lchash natijalari: 
tabiatni muhofazalash; 
sog‘liqni saqlash; 
mehnat xavfsizligini ta‘minlash; 
barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta‘minlash; 
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta‘minlash; 
aloqa tizimlarini ta‘minlash; 
xo‘jaliklararo o‘zaro hisoblashlar; 


48 
savdoning barcha turlari; 
aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo‘llaniladigan O‘V. 
O‘lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilganligi 
to‘g‘risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi. 
O‘V yaroqligini o‘rnatish maqsadida va ularning me‘yoriy hujjatlar talablariga 
muvofiqligini aniqlash bo‘yicha operatsiya (tadbir)larni birlashmasiga O‘Vni qiyoslash deyiladi. 
Qiyoslashda metrologik xarakteristikalarni baholashdan tashqari zaruriy hollarda O‘Vning 
xavfsizlik xarakteristikalari ham baholanadi. 
O‘V qiyoslash DMNning zaruriy turi bo‘lib, DMXning akkreditlangan organlari va yuridik 
shaxslarning metrologiya xizmati orqali amalga oshiriladi. O‘V qiyoslash bo‘yicha asosiy talablar 
O‘zDSt 8.003:2004. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy talablar.
Birliklar 
o‘lchamini 
metrologik zanjirning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha etalonlardan yoki namuna o‘lchash vositalaridan 
ishchi o‘lchash vositalari ishonchligi uzatish qiyoslash sxemalarda keltirilgan aniq tartib asosida 
amalga oshiriladi. 
Qiyoslash sxemasi – bu o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan hujjat bo‘lib, fizikaviy kattaliklar 
birliklarining o‘lchamini Davlat etalonlari yoki namuna o‘lchash vositalaridan ishchi o‘lchash 
vositalariga aniq uzatish vositalari va usullarini reglamentlaydi. 
Davlat va tarmoq (vedomostvenno‘y) metrologik xizmatlari bo‘yicha 1) davlat; 2) tarmoq va 
3) lokal qiyoslash sxemalari mavjuddir. 
1. Davlat qiyoslash sxemasi mamlakatda berilgan kattaliklarni o‘lchovchi barcha o‘lchash 
vositalariga taalluqlidir. 
2. Tarmoq qiyoslash sxemasi – tarmoq ichidagi qiyoslanishni kerak bo‘lgan o‘lchash 
vositalariga taaluqlidir. 
3. Lokal qiyoslash sxemasi mazkur, davlat yoki tarmoq metrologiya xizmatlari bo‘yicha 
qiyoslanish kerak bo‘lgan o‘lchash vositalariga taalluqlidir. 
- Davalat qiyoslash sxemalari davlat standarti sifati ishlab chiqiladi va tadbiq qilinadi. 
- Tarmoq qiyoslash sxemasi normativ hujjat yoki tarmoq standartidir. Bu sxema davlat standarti 
bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. 
- Lokal qiyoslash sxemasi normativ texnik hujjatlar yoki territorial davlat metrologiya xizmati 
organ mahkamasi bilan kelishilgan tashkilot standartidir. 
O‘V qiyoslash qat‘iy reglamentlangan protsedura bo‘lib, O‘zstandart tomonidan 
tasdiqlangan metodikaga mos holda o‘tkaziladi. Qiyoslashning haqqoniyligiga qiyoslashni amalga 
oshiruvchi – qiyoslovchi (poveritel) javob beradi. Qiyoslovchilar o‘rnatilgan tartibda qiyoslash 
bo‘yicha tayyorgarlik va attestatsiyadan o‘tkaziladi. 
Qiyoslash natijalari O‘Vga ottisk (ishonch tamg‘asi) qo‘yilishi va qiyoslash guvohnomasi 
bilan tasdiqlanadi. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish