60
amaldagi MH;
MH o‘zgartirishlarning loyihalari;
davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan, MH ning tasdiqlangan o‘zgartirishlari.
Ekspertizaning quyidagi xillari o‘rnatilgan:
normallashtirish tekshiruvi;
kelishishning to‘liqligi;
majburiy talablarga muvofiqligi;
patent
sofligiga tekshirish;
ochiq chop etilmaydigan ma‘lumotlar;
texnik
ekspertiza;
iqtisodiy ekspertiza;
metrologik ekspertiza;
ekologik ekspertiza;
terminologik ekspertiza;
huquqiy ekspertiza;
nashriyot tahriri;
ilmiy-texnikaviy darajani baholash.
O‘zstandart
Agentligining
topshirig‘i,
buyurtmachining
so‘rovnomasi,
shuningdek
zarurligiga qarab, standartlashtirish ob‘ektining xususiyatlariga qarab, ekspertiza alohida turlar
bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
O‘zstandart Agentligi, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, standartlashtirish
bo‘yicha tayanch tashkilotlar va ekspertiza o‘tkazishga vakolatlangan boshqa tashkilotlar me‘yoriy
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi.
Normallashtirish tekshiruvida quyidagilar tekshiriladi:
me‘yoriy hujjatning to‘g‘ri tuzilganligi va rasmiylashtirilgani;
amaldagi me‘yoriy va boshqa hujjatlarga to‘g‘ri va huquqiy havola qilinganligi;
MH
ning
zarur
axborot
qidiruv
belgilari
(nomi,
belgisi,
mahsulotning
umumdavlat
tasniflagichining
kodi
(MUT),
standartlar
umumdavlat
tasniflagichining
guruhi
(SUT),
simvollar, qisqartmalar, amalga kiritish sanasi va (yoki) amal muddati,
hujjatning qaysi MH
o‘rniga ishlab chiqilganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar va h.k.);
tekshiruvchi shaxslar, bajaruvchilvr imzolarining mavjudligi;
hujjatning tashqi ko‘rinishi.