63
- iste‘molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng
maqbul talablarni qo‘yish;
- davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli
talablarni belgilovchi me‘yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab
chiqish va qo‘llash, shuningdek hujjatlardan nazorat qilish;
- standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va
milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini ta‘minlash;
- bir-biriga mosligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli
va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o‘zaro almashinuvchanligini ta‘minlash;
- parametrik
va turlar o‘lchovi katorlarini, tayanch konstruktsiyalarni, buyumlarning
konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo‘llash
asosida birxillashtirish;
- mahsulot, uning tarkibiy kismlari, buyumlari, xom-ashyo va materiallar ko‘rsatkichlari va
tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi;
- material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni
qo‘llash;
- mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
- metrologik me‘yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
- standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning
xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
- xorijiy mamlakatlarning talablari O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini
qondirolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va
texnikaviy shartlari tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash tajribasini kengaytirish;
- texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
- mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik
qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
- texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish;
-
sinovlarni me‘yoriy-texnika jihatidan ta‘minlash, mahsulot sifatini sertifikatlashtirish,
baholash va nazorat qilish;