• Standartlashtirish
  • Standartlashtirish ob‘ekti
  • Asosiy tushuncha va atamalar




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    Asosiy tushuncha va atamalar. 
     Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqarilgan va 
    ma‘lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirilgan yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil 
    turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy 
    qonun-qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullar, belgilangan va tan olingan idora tomonidan 
    tasdiqlangan me‘yoriy hujjatdir. Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan 
    natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
     Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p 
    marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma‘lum sohada eng maqbul darajada 
    tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va 
    texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. 
    Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan 
    vazifaga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiytexnikaviy hamkorlikka 
    ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi.
    Standartlashtirish ob‘ekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) 
    tushuniladi.


    64 
    "Standartlashtirish ob‘ekti" tushunchasini keng ma‘noda ifodalash uchun "mahsulot, jarayon, 
    xizmat" iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga, tarkibiy kismlarga, asbob-
    uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, 
    usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim. Standartlashtirish har qanday 
    ob‘ektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyok kiyimga 
    nisbatan yondashiladigan bo‘lsa, uning kattakichikligi va pishikligini alohida standartlashtirish 
    mumkin.
    Standartlashtirish ob‘ekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘shib) 
    va 
    korxona 
    hamda 
    tashkilotlar 
    uchun 
    ishlab chiqarish xizmatini o‘z ichiga oladi. 
    Standartlashtirishning 
    boshqa 
    ob‘ektlari 
    faoliyatining 
    biriktirilgan 
    sohalarida 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi 
    hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish