66
b) Klassifikatsiya- bu buyum, hodisa
va tushunchalarni klasslar, razryadlarga, ularning
umumiy belgilariga bog‘liq holda joylanishidir. Masalan, UDK - universalnaya desyatichnaya
klassifikatsiya gumanitar va texnikaviy adabiyotlarni indekslar bilan rubrikalashning
xalqaro tizimi
sifatida qabul qilingan. Masalan, UDK62- texnika, UDK621-umumiy mashinasozlik va elektronika,
UDK62,3- elektrotexnika va boshqalar.
•
Simplifikatsiya - standartlashtirishning shakli bo‘lib, buyumlarning turi va boshqa turli
ko‘rinishlarining
mikdorini
qarayotgan
vaqtdagi
mavjud
talablargacha
kamaytirishdir.
Simplifikatsiya ob‘ektlariga hech qanday texnikaviy mukammallashtirishlar kiritilmaydi.
•
Tipizatsiya - bu ko‘p sonli va ko‘p
turdagi mashina, pribor, instrument va boshqalardan o‘z
sifati bo‘yicha ratsional bo‘lgan va o‘z tartibida umumiy detallar bo‘lganlarini tanlashdir.
Maqsadi buyumlarning ko‘pxilligini likvidatsiya qilishdir.
•
Standartlashtirish ob’ektlarini tanlash (selektsiya). Bu ishlab chiqarishning davom
ettirilishi maqsadga muvofiq deb topilgan konkret ob‘ektlarni tanlash.
•
Optimizatsiya- bu optimal bosh parametrlarni hamda sifat va tejamkorlikning boshqa barcha
kiymatlarini topishdir.
•
Agregatlash - bu alohida unifikatsiyalashgan
standart uzellaridan mashina, pribor va
jihozlarni yaratish usulidir. Masalan, 15 ta razmerli mebel matlari va 3 ta razmerli (o‘lchamli)
standart yashiklari. Bu elementlarning turli kombinatsiyalari - 52 ko‘rinishdagi mebel olish
imkoniyatini beradi.