68
davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‗mitasi (1918 y), Amerika qo‗mitasi (1918 y)
va boshqalar
tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda
1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (
ISA) paydo bo‗ldi. ISA
ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‗yicha Xalqaro syezd ochildi. Unda
texnikaning turli sohalari bo‗yicha 32 ta qo‗mita va kichik qo‗mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan
ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‗xtatib qo‗ydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-
1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot
Birlashgan Millatlar
Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‗rsatib, rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko‗zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol
almashinuvida va o‗zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‗lamida standartlashtirishni
rivojlantirishga ko‗maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy
faoliyatlar sohasida
hamdo‗stlikni rivojlantirish-dir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
dunyo ko‗lamida standartlarni va ular bilan bog‗liq bo‗lgan sohalarda uyg‗unlashtirishni
yengillashtirish uchun choralar ko‗rish;
xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol
tashkiliy va kichik qo‗mitalarining ikkidan uch qismi ma‘qullab ovoz bersa va umumiy ovoz
beruvchilarning to‗rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma‘qullanishi mumkin);
o‗z qo‗mita a‘zolarining va texnikaviy qo‗mitalarning ishlari haqida
axborotlar almashinuvini
tashkil qilish;
sohaviy masalalar bo‗yicha manfaatdor bo‗lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
qilish ko‗zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo‗mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari tarkibiga
Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash,
ijroiya byurosi, texnikaviy byuro,
kengashning texnikaviy qo‗mitalari va markaziy sekretariati kiradi.
ISO da prezident, vitse-prezident, g‗aznachi va bosh sekretar lavozimlari mavjud. Bosh
Assambleya – ISO ning Oliy Rahbari bo‗lib, ISO ning yig‗ilishi uch yilda bir marta bo‗ladi.
Uning
sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
Bosh Assambleya o‗tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida
xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo‗nalishlari muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o‗tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy
idoralarning
tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a‘zolarini hamda
texnikaviy qo‗mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‗riladi.
Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlash-tirish tashkilotining tarkibi 91
mamlakatning vakillaridan iborat edi.
Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) muhim voqealardan biri
ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga O‗zbekiston Respublikasi 92- davlat
sifatida qabul qilinishi
bo‗ldi.
Endilikda O‗zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a‘zolaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta‘minlash bo‗yicha oxirgi vaqtda qilingan
ishlarni mujassamlab, ISO o‗zining bir qator meyoriy
hujjatlarini ishlab chiqdi, bu hujjatlarga ISO
9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko‗rsatish mumkin.