• Mintaqaviy standartlashtirish
  • Uyg‘unlashtirilgan standartlar




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

     Uyg‘unlashtirilgan standartlar (ekvivalent standartlar): Bir va ayni shu ob‘ektga tegishli 
    bo‘lgan va standartlashtirish bilan shug‘ullanuvchi turli idoralar tomonidan tasdiqlangan standartlar 
    bo‘lib, ular mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning o‘zaro almashuvini, ushbu standartlarga 
    muvofiq takdim etiladigan axborot yoki sinovlar natijalarining o‘zaro tushunilishini ta‘minlaydi.
    Xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud.
    Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda 
    ishtirok etishi mumkin.
    Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy 
    mintaqaga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin 
    bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi.
    Milliy 
    standartlashtirish 

    bu 
    muayyan 
    bir 
    mamlakat doirasida o‘tkaziladigan 
    standartlashtirish faoliyatidir.
    Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar, umumiy 
    qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o‘zida qamrab olgan me‘yoriy hujjat hisoblanadi.
    "Me‘yoriy" hujjat atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy ko‘rsatmalar, 
    yo‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
    Standartlashtirish maqsadlari ko‘p qirrali bo‘lib, ular asosan quyidagilardan iborat: 
    birxillashtirish (har xillikni boshqarish), qo‘llanishlilik, moslashuvchanlik, o‘zaroalmashuvchanlik, 
    sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni ta‘minlash, tashqi muhitni asrash, mahsulotni himoyalash, o‘zaro 
    tushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir 
    maqsadning amalga oshishida bir vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
    Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda 
    muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
    Moslashuvchanlik esa, ma‘lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul 
    ta‘sir ko‘rsatmasdan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi deb 
    tushuniladi.
    O‘zaroalmashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan 
    foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidan iborat.
    Har xillikni boshqarish (unifikatlashtirish yoki birxillashtirish) deb, muayyan ehtiyojini 
    qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini 
    tanlashga aytiladi.

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish