|
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”Bog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuaNazorat savollari
1. Modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalari nima?
2. Davlat standart namunasi nima?
3. O‘lchashlarni bajarish metodikasi deyilganda nima tushuniladi?
4. Normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasi.
5. Metrologik ekspertiza nima?
6. Qaysi hujjatlar ekspertizadan o‘tkaziladi?
Reja:
1.
Standartlashtiris h maqsad va vazifalari.
2.
Asosiy tushuncha va atamalar.
3.
Standartlashtiris hning asosiy tamoyillari.
4.
Standartlashtiris hning usullari.
Tayanch so‘z va iboralar: Standartlashtirish ob‘ekti, Sistemalik va komplekslilik, Unifikatsiya,
Simplifikatsiya;
Standartlashtiris h maqsad va vazifalari.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: mahsulotlar, ishlar va
xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-
mulki,
atrof-muhit
uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste‘molchilarning va
davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- mahsulotlarning o‘zaro bir - birining o‘rnini bosishini va bir-biriga monandligini ta‘minlash;
- fan va texnika tarakkiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining extiyojlariga
muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
- resurslarning
barcha
turlarini
tejashga,
ishlab
chiqarishning
texnikaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
- tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi, xavfxatarni
hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob‘ektlarining xavfsizligini ta‘minlash;
- iste‘molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati to‘g‘risidagi
to‘liq va ishonarli axborot bilan ta‘minlash;
- mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta‘minlash;
- o‘lchashlarning yagonaligini ta‘minlash;
|
| |