65
Standartlashtirish bo‘yicha umumiy
maqsad - bu mahsulot sifati, protsesslar va xizmatlar
bo‘yicha Davlat va iste‘molchilarning qiziqishlarini qimoyalashdir.
Standartlashtirishning ushbu umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda uning asosiy
tamoyillarini keltiramiz:
1.
Sistemalik va komplekslilik. Komplekslilik – bu murakkab sistemadagi barcha
elementlarning muvofiqligidir.
2.
Dinamiklik va standartlashtirishning o‘suvchanligi. Standartlar
fan va texnikadagi yuz
berayotgan o‘zgarishlarga «adaptatsiya», ya‘ni moslashishi kerak. Standartlashtirish bo‘yicha
xalqaro tashkiloti «ISO»ning standartlari o‘suvchandir.
3.
Standartlashtirishning samaradorligi – bu normativ hujjat qo‘llanilganda
iqtisodiy yoki
ijtimoiy samara berishidir, ya‘ni standartlashtirishga sarflangan bir so‘mning o‘n so‘m
foyda
keltirishidir.
4.Standartlarni ishlab chiqishning ustivorligi bu ustivorlik tovar va xizmatlarning o‘zaro
muvofiqligi, almashuvchanligi va xavfsizligini ta‘minlashdir.
5.
Uyg‘unlashtirish tamoyili - bu xalqaro savdoda to‘siq bo‘lmaydigan uyg‘unlashgan
standartlarni ishlab chiqishdir.
6.
Afzallik tamoyili. Bu tamoyil afzalroq sonlar qatoridan foydalanishga asoslangan bo‘lib,
ulardan buyum, uskunalarning nomenklaturasini kamaytirishda foydaniladi.
Standartlashtiris hning usullari:
1.
Unifikatsiya:
a) sistemalashtirish;
b) klassifikatsiya yoki tasniflash;
2.
Simplifikatsiya;
3.
Tipizatsiya yoki turlarga ajratish;
4.
Selektsiya yoki tanlash;
5.
Optimallash (optimizatsiya);