12-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining ―Standartlashtirish to‘g‘risida‖gi
qonuni .
71
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-
texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi (1-
bo‘lim, 2-modda).
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta‘minlashni:
xalq
xo‘jaligi
tarmoqlarida
-
O‘zbekiston
standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart" agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida,
shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va
qurilish qo‘mitasi ("Davarxitektqurilish" qo‘mitasi);
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va
boshqa zararli ta‘sirlardan muhofaza qilish sohasida - O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni
muhofaza qilish qo‘mitasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi);
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda
respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo‘yicha respublikaga etkazib
berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida -
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va
texnik shartlarni (bundan buen matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni
qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar.
"O‘zstandart" agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning
umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari
bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi (1-bo‘lim, 3-modda).
"O‘zstandart" agentligi", "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo‘mitasi va respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish
ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidirlar.
Standartlarni tasdiklagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil
qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste‘molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy)
standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga
doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-
iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va
tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta‘minlaydilar.
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga
oshiradilar.
Standartlashtirish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston
Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir (1-bo‘lim, 4-modda).
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
standartlashtirish
sohasidagi
munosabatlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida
ta‘riflanganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim
qoidalari qo‘llaniladi (1-bo‘lim, 5-modda).
Qonunda normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar (2-bo‘lim, 6-
modda) keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar
qo‘llaniladi;
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
72
Tashkilot standarti;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari;
Davlat yagona va uzluksiz ta‘lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta‘lim standartlari ishlab chiqiladi.
Standartlashtirishga
doir
normativ
hujjatlar
jumlasiga,
shuningdek
standartlashtirish
qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab
chiqish va qo‘llash tartibi "O‘zstandart" tomonidan belgilanadi.
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari,
shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki
bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida
qo‘llash tartibini "O‘zstandart" va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida
belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining
zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq
bo‘lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta‘minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga
mo‘ljallangan, an‘anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar
belgilab qo‘yiladi.
Iste‘molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan
o‘zgartishlar "O‘zstandart" organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
"O‘zstandart" organlarida ro‘yxatdan o‘tgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat
axborot jamg‘armasini tashkil etadi.
Mahsulotning
atrof-muhit,
aholining
hayoti,
sog‘lig‘i
va mol-mulkiga xavfsizligini
ta‘minlash uchun, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro
almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta‘minlash uchun
standartlarda belgilanadigan talablar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik faoliyati sub‘ektlari rioya
etish uchun majburiydir.
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va etkazib berish shartnomasiga
kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Import mahsulot, basharti u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayottan standartlarning
majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, etkazib berilishi va belgilangan
maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda qo‘llanilishi (2-bo‘lim,
7-modda) bo‘yicha talablar ma‘lumotlar keltirilgan bo‘lib, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar
sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga
muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‘z ichiga olishi lozim.
Ko‘rsatib
o‘tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida
belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo‘llanilishi lozim.
Qonunning 3-bo‘lim 8 va 9-moddalarida davlat nazorati organlarining standartlarning
majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishlari hamda davlat
inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarliklari to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.
73
Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik tafsilotlari 3-
bo‘lim, 10-moddada berilgan bo‘lib, ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va
jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi aytib o‘tilgan.
Davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta‘minoti
bo‘yicha 4-bo‘lim, 11-moddada quyidagilar keltirilgan.
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va
tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish;
aniq standartlashtirish ob‘ektlari bo‘yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek
standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning
amal qilishini ta‘minlash;
texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular to‘g‘risida rasmiy axborot
tayyorlash va nashr etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish;
standartlashtirish bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga isharni
olib borish;
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo,
mintaqaviy)
standartlarni,
standartlashtirish
qoidalari,
normalari
va
tavsiyalarini,
xorijiy
mamlakatlarning
milliy
standartlarini,
shuningdek
standartlarga
muvofiqlik
belgisi
bilan
tamg‘alangan mahsulot va xizmatlar Davlat reestrini shakllantirish hamda yuritish;
standartlashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan
o‘zga ishlar davlat yo‘li bilan moliyaviy ta‘minlanishi shart.
Nashr
qilingan
(qayta
nashr
etilgan)
standartlarni,
texnik-iqtisodiy
axborot
klassifikatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat reestriga kiritilgan, standartlarga muvofiqlik
belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan (qayta nashr etilgan)
katalogini sotishdan belgilangan tartibda olinadigan mablag‘lar, shuningdek ushbu Qonun
qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yo‘llanadigan qismi ham
standartlashtirish, standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir
ishlarni moliyaviy ta‘minlash manbalari bo‘lishi mumkin.
Respublika byudjeti mablag‘laridan to‘liq yoki qisman ta‘minlanadigan davlat dasturlarini
ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan ta‘minlash bo‘limlari nazarda tutilishi lozim.
Standartlar qo‘llanilishini rag‘batlantirish (4-bo‘lim, 12-modda).
Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo‘ljallangan, an‘anaviy texnologiyalarning
imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni o‘z ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi
bilan tamg‘alangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xo‘jalik faoliyati sub‘ektlari iqtisodiy qo‘llab-
quvvatlanishi va rag‘batlantirilishini kafolatlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik
belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati sub‘ektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash
va rag‘batlantirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
|