78
standartlarning loyihalari va hujjatlarini ko‘pi bilan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqilishini,
shuningdek davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta‘minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi standarti agentligi, Davarxitektqurilishqo‘m, Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi standart loyihalarini ko‘rib chiqadi va uni
tasdiqlash yoki kam-ko‘stini to‘ldirib qayta ishlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tasdiqlanadi va joriy qilinadi.
Standart muddati cheklanmangan yoki muddati cheklangan tarzda tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi standartlarni davlat ro‘yxatiga olishni O‘zstandart
agentligi amalga oshiradi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun standart 4 nusxada topshirilishi
lozim: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va ikkita ko‘chirmasi.
Standartni davlat ro‘xatidan o‘tkazish uchun juz band qilib, muqovalab topshirish
lozim.Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat‘iy nazar, standartga raqamli
belgini O‘zstandart agentligi beradi.
Belgi o‘z navbatida:
Hujjatning ko‘rsatkichidan – O‘zDST; ro‘yxatning tartib raqamidan va tasdiqlangan yilning
oxirgi ikki sonidan iborat bo‘ladi.
Masalan
, O‘z RST 5-96-93 "Texnika chigit texnik sharoit", O‘zDST 816:2001
tozalangan paxta yog‘i v ax.k.
Ro‘yxatga oluvchi idora asl nusxa, ikkinchi nusxasi va ikkita ko‘chirmaning birinchi betiga
o‘zining nomini ko‘rsatadigan to‘rtburchak muhrni bosadi, sana va davlat ro‘yxatining nomerini
yozib qo‘yadi. Ikkinchi nusxa O‘zstandartda agaentligi qoladi, asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi
nusxasi esa ishlab chiquvchiga qaytariladi.