• O‘zbekiston Respublikasida O‗zstandart agentligi. O‘zbekiston Respublikasida Uzstandart agentligi.
  • - Mavzu. Standartlashtirish, metrologiya va




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    14- Mavzu. Standartlashtirish, metrologiya va 
    sertifikatlashtiish bo‘yicha Davlatlararo (DAK) kengash 
    faoliyati. Davlatlararo kengash tuzilmasi. 


    81 
    - davlat muxofazasini ta‘minlash; 
    - mexnat xavfsizligini va transport xarakati xavfsizligini ta‘minlash; 
    - sertifikatlanadigan maxsulotning xavfsizligini va sifatini aniqlash
    - geodezik va gidrometeorologik ishlar; 
    - o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta‘mirlashdan va 
    metrologik attestatlashdan o‘tkazish; 
    - foydali qazilmalarni qazib olish; 
    - milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olish. 
    Yuqorida keltirilgan sohalarda foydalanadigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha
    chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan yoki metrologik 
    attestatlashdan o‘tishi lozim. 
    Davlat nazoratining yana bir muxim yunalishi - turli standart toifalarini davlat 
    kaydnomasidan o‘tkazishdan oldin ekspertiza qilishdir. 
    Metrologiya 
    to‘g‘risidagi 
    qonunda 
    ko‘rsatilganidek, 
    o‘lchash 
    vositalarining 
    davlat
    sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish O‘zdavstandart 
    tomonidan amalga oshiriladi. 
    Qonunda yana bir masala – davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida xam bayon etilgan. 
    Metrologiya xaqidagi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning 
    foydalanish xujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat reestri belgisini qo‘yilishi shart. 
    Ma‘lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining xolati va ularni vaqti-vaqti bilan 
    tekshiruvdan o‘tkazib turish xar doim e‘tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi 
    va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati O‘zdavstandart agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasida O‗zstandart agentligi. 
    O‘zbekiston Respublikasida Uzstandart agentligi. Vazirlar Maxkamasining "O‘zbekiston 
    Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish" to‘g‘risidagi 1992 yil 2 martdagi 
    93-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi 
    Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston davlat markazi, keyinchalik 
    (O‘zstandart agentligi) - standartlashtirish bo‘yicha Milliy idora xisoblanadi. 
    Uning vakolatiga quyidagilar kiradi: 
    - metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish; 
    - fizikaviy o‘lchash birligi etalonlarini yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash qoidalarini 
    belgilash; 
    - o‘lchashvositalari, usullarivanatijalariga qo‘yiladiganumumiymetrologiktalablarnianiqlash; 
    - davlatmetrologiktekshiruvinivanazoratiniamalgaoshirish; 
    - metrologiya masalalari bo‘yicha meyoriy hujjatlarni, shujumladan, davlatning boshqa 
    boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy 
    kuchga ega bo‘lgan meyoriy hujjatlarni qabul qilish; 
    - metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash; 
    - O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishini 
    ustidan nazoratni amalga oshirish; 
    - metrologiyamasalalari bo‘yichaxalqarotashkilotlarfaoliyatidaqatnashishkiradi. 
    Uzstandart agentligining tarkibida bir necha bo‘limlar, sektor, laboratoriya, guruhlar, har bir 
    viloyat boshqarmalari markazlari, ilmiy-tadqiqot instituti, "Etalon" O‘zIChB va "Standartlar" 
    do‘koni mujassamlashgan. 


    82 
    O‘zstandart agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni o‘z ichiga olgan, bir xil nomdagi 
    bo‘limlar ham bor. Bularga standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati 
    va o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash sohaviy bo‘limlari kiradi. 
    Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati sohaviy bo‘limlar: 
    og‘ir sanoat, mashinasozlik, engil sanoat, mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida 
    o‘z faoliyatini amalga oshiradi. 
    O‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash tarmoq bo‘limlari esa 
    massalar, radiotexnika, ionli nurlanish, geometrik, mexanik, elektrik, magnitli, bosim, moddalar 
    sarfi va sathini, haroratli hamda fizik-kimyoviy kattaliklarni qiyoslovdan o‘tkazadi.
    O‘zstandart agentligining ilmiy-uslubiy markazi etib O‘zbekiston Respublikasida 
    standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalaridagi
    tadqiqot va mutaxasislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti - hozirda 
    standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tayinlangan. 
    Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyatini 
    amalga oshirmoqda: 
    - Respublikada sertifikatlashtirishni qo‘llash va takomillashtirishning umumiy siyosatini ishlab 
    chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni o‘rnatish; 
    - sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa mamlakat va xalqaro tashkilotlarning vakillari 
    bilan, o‘zaro kelishilgan asosda aloqalarni o‘rnatish, kerak bo‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida 
    O‘zbekiston Respublikasining qatnashishini ta‘minlash; 
    - sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, bularga rioya qilishning 
    nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha hujjatlarni axborotli ma‘lumot bilan ta‘minlash. 
    Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan O‘zstandart o‘zining viloyat boshqarmalarini 
    (SMSXM) tuzib, ularning ishlariga har taraflama ko‘mak ko‘rsatmoqda. Respublikadagi sinov 
    laboratoriyalarini akkreditlashishlari jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Farg‘ona, Qo‘qon, 
    Qarshi, Buxoro, Samarqand shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, hozirda ular turli 
    sinov amallarini o‘tkazmoqdalar. Faqatgina Farg‘onadagi sinov laboratoriyasida o‘tkazilgan 
    sinovlar natijasiga ko‘ra "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi, Quvasoy chinni zavodi, Rishton 
    kulolchilik mahsulotlari zavodi, "Quvamebel" ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotlari muvofiqlik 
    sertifikatini olishga sazovor bo‘ldilar. 
    O‘zstandart agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
    tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha
    o‘nlab, muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berildi. 
    Respublika 
    hududiga 
    keltiriladigan 
    yoki 
    undan 
    chetga 
    chiqariladigan 
    mollar
    (mahsulotlar)ning havfsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat idoralari
    bilan kelishilgan holda O‘zdavstandart tomonidan tayyorlangan alohida hujjat bo‘yicha bajariladi. 
    Xalqaro 
    hamkorlikni 
    rivojlantirish 
    maqsadida 
    Turkiya 
    va 
    Xitoy 
    davlatlari 
    bilan 
    standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim 
    tuzildi. Bu yo‘ldagi ishlar o‘z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bo‘lib, 
    O‘zdavstandart tomonidan tashkil qilingan Respublika seminarlarida sertifikatlashtirish sohasida 
    ma‘ruzalar bilan qatnashmoqdalar. 
    O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatoriga kiruvchi mamlakatlar 
    bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida yaqin hamkorlik qilmoqda. 
    Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham 
    o‘z yo‘nalishiga egadir. 


    83 
    O‘z SMSITI standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiyik 
    baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etilgan sohalar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar 
    olib borishi bilan bir qatorda respublikaning ushbu sohalar bo‘yicha malaka oshirish va qayta 
    tayyorlash instituti hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u: 
    - standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro 
    talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi; 

    standartlashtirish, 
    metrologiya, 
    sertifikatlashtirish 
    va 
    mahsulot 
    sifati 
    milliy 
    tizimlarini 
    yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi; 
    - mahsulotning raqobotdoshlik qobiliyatini ta‘minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli darajada
    himoya qilishga, inson sog‘lig‘ini saqlashga, mehnat havfsizligini ta‘minlashga, mudofaa 
    qobiliyatini 
    oshirishga 
    qaratilgan 
    xalqaro, 
    meyoriy 
    va 
    tashkiliy-uslubiy 
    hujjatlar 
    bilan 
    uyg‘unlashadigan, asos bo‘luvchi xujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi; 
    - standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni
    tadqiqot qilish, davlat tilida meyoriy hujjatlar, ma‘lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi; 
    - yuqorimalakaliilmiykadrlartayyorlaydi; 
    - standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari 
    bo‘yicha xalqaromilliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; 
    - standartlashtirish, metrologiyava sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan mutaxassislarning 
    malakasini oshirishni ta‘minlaydi; 
    - sertifikatlashtirishsohasidaishlaydiganekspert-auditorlarnitayyorlaydivaboshqalar. 
    Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmaganligiga qaramay shu kunga qadar Respublika 
    hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu 
    hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, shu sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi poydevorlardan 
    hisoblanadi. 
    Institut 
    har 
    taraflama-tashkiliy, 
    uslubiy 
    va 
    moddiy-texnika 
    ta‘minoti 
    bo‘yicha 
    mustahkamlanmoqda, hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislar bilan 
    to‘ldirilib, kelajakda mustaqil Respublika oldida turgan dolzarb muammolarni echishga o‘zining 
    salmoqli hissasini qo‘shadi, degan umiddamiz. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Mavzu. Standartlashtirish, metrologiya va

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish