84
3. O‘zbekistonda yevropa standartlari mamlakatimiz va yevropa ittifoqi o‘rtasidagi
Hamkorlik va o‘zaro aloqalar.
Tayanch so‘z va iboralar: Yevropa
ittifoqi, SEN, SENELEK, Texnik moslashtirish, direktivalar
Evropa ittifoqi Kengashining 1985 yil 7 maydagi «Texnik moslashtirish va sertifikatlashtirish
sohalarida yangi yondoshuv to‘g‘risidagi qarori»da standartlashtirish masalalariga oid printsiplar
belgilandi. Bunda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yevropa direktivalarining
umumiy talablariga
javob berishi kerakligi, milliy standartlar oldida halqaro va yevropa standartlarining afzalligi
ko‘rsatib o‘tilgan.
Evropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish yevropa standartlashtirish
qo‘mitasi (SEN) va yevropa elektro texnikada standartlashtirish bo‘yicha qo‘mitasi (SENELEK)ga
yuklatilgan.
Yevropa ittifoqida Yangi va Global yondashuvlar bo‘yicha direktivalar qabul qilinishi bilan,
ikki darajali texnik jihatdan tartibga solish tizimi amal qilmoqda.
EI davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish shu davlatlar uchun yagona
bozorni tashkil etish
asosiy maqsadiga xizmat qiladi. Mahsulotlarga talablar YeI Kelishuvining sog‘liqni va atrof
muhitni himoyasi va xavfsizligiga tegishli 13-moddasiga asoslangan. Milliy standartlashtirish
tizimlari tomonidan yagona bozorni tashkil etishda to‘siqlar bo‘lishi mumkinligi uchun, yeI bu
to‘siqlarni
bartaraf etishga qaratilgan, barcha mamlakatlar uchun yangi yagona qoidalarni ishlab
chiqdi.
Eida direktivalar qonunlar vazifasini bajaradi va to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir etadigan va bajarilishi
majburiy xujjatlar hisoblanadi. Direktivalar yevropa Parlamentida qabul qilingandan keyin a‘zo
davlatlar tomonidan milliy qonunchilikka joriy etilishi kerak. Texnik standartlar va me‘yorlar
sohasidagi yeIning asos bo‘luvchi direktivasi sifatida, yevropa Parlamenti tomonidan 1998 yil22
iyunda
qabul
qilingan,
standartlashtirishga
yangi
yondashuv
to‘g‘risidagi 98/34/Esdirektiva
hisoblanadi. 98/34/ESdirektiva mahsulotni standartlashtirishga Yangi yondashuvni va mahsulotning
muvofiqligini tasdiqlashni aniqlashga global yondashuvni belgiladi.
Ushbu direktivaga ko‘ra, yeIning biror-bir davlatida ishlab chiqilgan
va reklama qilingan
mahsulot yeI doirasida erkin harakatlana olishi kerak.
Yangi
yondashuv
asosida
qurilish
mahsulotlari
bo‘yicha qabul qilingan yevropa
direktivasining ishlash sxemasi
Yangi yondashuvning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
— MHlar (talablari)ni o‘zaro uyg‘unlashtirish (birxillashtirish) mahsulotlarga fakat
muhim talablarni belgilash bilan chegaralanishi kerak va bunday mahsulotlargina yeI bozoriga
kiritilishi mumkin;
— Muhim talablarga mos mahsulotlarning texnik spetsifikatsiyasi (xususiyatlari),
uyg‘unlashtirilgan (bir xillashtirilgan) yevropa
standartlari bilan aniqlanadi;
— uyg‘unlashtirilgan standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan mahsulotlar boshqa
standartlar asosida ishlab chiqilgan mahsulotlarga nisbatan afzal hisoblanadi;
— uyg‘unlashtirilgan yoki boshqa standartlarni qo‘llash ixtiyoriy hisoblanadi va ishlab
chiqaruvchi boshqa standartlarni qo‘llagan taqdirda, ularning muhim
talablarga mosligini maxsus
komissiyada isbotlashi kerak.
Milliy standartlar va me‘yorlardagi farqdan kelib chiqadigan tafovutlar natijasida paydo
bo‘ladigan savdodagi to‘siqlar bartaraf etilishi kerak. Mahsulotlar insonlar salomatligi, xavfsizlik,
85
iste‘molchilar huquqini va atrof-muhitni himoya qilish kabi talablarga muvofiq bo‘lishi va tegishli
yorliqlarga ega bo‘lishi kerak.
Mahsulotlar texnik
spetsifikatsiyasi
uyg‘unlashtirilgan
(birxillashtirilgan)
standartlar
ko‘rinishida
bayon etilib, ularda mahsulotning nomi, vazifasi, sifatdarajasi, texnik harakteristikalari,
xavfsizligi, o‘lchamlari,
atamalar, simvollar, sinov usullari, o‘rash va yorliqlashga talablar,
muvofiqlikni tasdiqlash protseduralari kabi harakteristikalar keltiriladi. Milliy standartlashtirish
tizimlari doirasida ishlab chiqilgan standartlarda uyg‘unlashtirilgan holda
yevropa standartlariga
havola etilishi hamda ular «Eirasmiy jurnali»da chop etilgan bo‘lishi kerak.
1961 yilda tashkil etilgan yevropa standartlashtirish qo‘mitasi (SEN)ga yevropa ittifoqiga
a‘zo 28 davlatning standartlashtirish bo‘yicha milliy idoralari kiradi. Bular Avstriya(ON),
Belgiya(IBN/BIN), Buyuk Britaniya(BSI), Vengriya (MZSH), Germaniya (DIN), Gretsiya (ELOT),
Daniya (DS), Irlandiya (NSAI), Islandiya(STRI), Ispaniya
(AENOR),
Italiya(UNI),
Kipr(CYS),
Latviya(LVS),
Litva(LST),
Lyuksemburg(SEE),
Malta(MSA),
Niderlandlar(NNI),
Norvegiya(NSF),
Polsha(PKN),
Portugaliya(IPQ),
Slovakiya(UNMS),
Sloveniya(SMIS),
Finlyandiya(SFS),
Frantsiya(AFNOR),
CHexiya(CNI),
SHveytsariya(SNV), SHvetsiya(SIS), Estoniya(EVS) davlatlaridir.
SENga a‘zolik ka milliy idoralar dastlab tegishli auditdan o‘tadilar va keyin SENning
belgilangan talablariga mosligi tasdiqlangandan keyin, ular a‘zolikka qabul qilinadilar.
SEN o‘z faoliyatini quyidagi printsiplar asosida tashkil etadi: