87
kiradi, unga 15000 ekspert xizmat ko‘rsatadi.
Uning strukturasi SEN strukturasiga o‘xshash bo‘lib, asosiy maqsadlari elektrotexnika va
elektron mahsulotlariga ixtiyoriy standartlar ishlab chiqishdan iboratdir.
SEN va SENELEK o‘z faoliyatlarida muvofiqlashtirish asosida
doimiy hamkorlikda ish olib
boradilar.
SENELEK standartlari rasman qabul qilingandan so‘ng, a‘zolar tomonidan biror-bir
o‘zgartirish va qo‘shimchalarsiz milliy standart sifatida qabul qilinishi kerak.
SENELEK ning asosiy organi standartlashtirish bo‘yicha milliy
idoralar va davlat idoralar
tomonidan saylanadigan Bosh Assambleya bo‘lib, u o‘z navbatida 5 kishidan iborat Ma‘muriy
Kengashni saylaydi.
SENELEKning standartlashtirish bo‘yicha asosiy ob‘ektlari quyidagilar:
— 50 dan 1000 voltgacha nominal kuchlanishli va 75— 1500 volt doimiy tokli sanoat
va maishiy
uskunalar;
— Meditsina elektr uskunalari;
— Elektromagnit mosligi,
xususan radio buzishlar;
— Portlash xavfi bor atmosferada ishlatish uchun uskunalari (portlashdan himoyalangan
uskunalar);
— o‘lchash vositalarining metrologik ta‘minoti,
xususan elektron vositalar, zaruratga
ko‘ra ayrim elektr uskunalari.
SENELEK standartlari halqaro standartlar asosida ishlab chiqilishi mumkin. SENELEK
standartlari barcha a‘zo davlatlar tomonidan milliy standartlar sifatida qabul qilinadi.
SENELEKstandartlari
uch
ko‘rinishda
bo‘lishi
mumkin:
yevropastandarti(EN),
uyg‘unlashtirish bo‘yicha xujjat (MH) va dastlabki standart(ENV).
Evro norma SENELEK(EN) — bu texnik tekstga ega va milliy MH sifatida a‘zo
davlatlar
tomonidan qabul qilinadigan yevropa standarti. SENELEK standarti(EN) ga o‘zgartirish kiritish
taqiqlanadi va ular uch rasmiy tilda chop etiladi: ingliz,
frantsuz, nemis.yevro normalarni raqamlash
50001 dan boshlanadi. Milliy darajada EN mahalliy tilda mohiyati o‘zgartirilmasdan
chop etilishi
mumkin va bunda mahalliy xususiyatlar alohida axborot ilovasi sifatida ko‘rsatiladi.