90
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi, Sog‗liqni saqlash vazirligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‗mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
O‗simliklar karantini davlat inspeksiyasi, ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ xolding kompaniyasi, Qishloq
xo‗jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi
ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kodeks Alimentarius Komissiyasi standartlari
talablariga muvofiq Yevropa Ittifoqi bilan savdo faoliyatini jadallashtirish bo‗yicha 2020 — 2024-
yillarga mo‗ljallangan chora-tadbirlar dasturlari rejasini ishlab chiqsin;
2020-yil 1-sentabrga qadar ISO 28000 Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish
tizimlari xalqaro standartlari seriyalarini qabul qilsin;
uch oy muddatda qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‗shimcha qiymat
zanjirini tashkil etishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlar faoliyatlarida bajariladigan
jarayonlarni ISO 28000 ―Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari‖ xalqaro
standarti
talablariga
muvofiqligini
baholashning
belgilangan
tartibda
amalga
oshirilishini
ta‘minlasin.
7. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‗simliklar karantini davlat
inspeksiyasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni
zararsizlantirish bo‗yicha xalqaro tajribada qo‗llanilayotgan usullar va vositalar ro‗yxatini
shakllantirsin hamda eksportga yo‗naltirilayotgan organik mahsulotlarni zararsizlantirish ishlarining
xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirilishini ta‘minlasin.
8. O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan
o‗zgartirish va qo‗shimchalar to‗g‗risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‗zbekiston Milliy axborot agentligi va O‗zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
Qishloq xo‗jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati hamda maqsad va
vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta‘minlasin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‗rinbosari O‗.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.