|
- CEN/TS, Texnik shartlarBog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua- CEN/TS, Texnik shartlar(Technical Specification)— dastlabki yevropa standartlari hisoblanadi
va keyinchalik yevropa standart sifatida qabul qilinishi mumkin;
- CEN/TR, Texnik hisobot(Technical Report)—biror- bir me‘yoriy talablarni o‘z ichiga olmaydi
va axborot almashish maqsadida nashr etiladi;
- CWA, SEN ekspertlari Kelishuvi(Workshop Agreement) — MH hisoblanmaydi.
Evropa standartlari har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi va talabga javob bermaydigan Mhlar
bekor qilinadi (masalan, 2004 yilda 225taEN bekor qilingan).Yevropa standartlarini ishlab chiqish
o‘rtacha vaqti 3 yil bo‘lib, tez aktualligi yo‘qoladigan (masalan, axborot texnologiyalari sohasida)
ishlab chiqish muddatlari qisqartiriladi. Zarur hollarda, aksincha, Mhni ishlab chiqish muddati
cho‘zdirilishi mumkin.
Evropa standartlari sanoat vakillari, halqaro, yevropa va milliy standartlashtirish idoralari
yevropa komissiyasi taklifiga ko‘ra ishlab chiqilishi mumkin. Taklif SENning tegishli Tqga
kiritiladi va ijobiy qaror bo‘lgan holda, ishlab chiquvchi ishchi guruh tuziladi. MH loyihasi takliflar
uchun SENning barcha a‘zolariga jo‘natiladi, xujjatni qabul qilishda esa faqat haqiqiy a‘zolar ovoz
berish huquqiga egadirlar.
2004 yilda qabul qilingan tartibga ko‘ra turli a‘zo davlatlar har xil ovozga ega: maksimal
ovozga Frantsiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Niderlandiya davlatlari, minimal
ovozga esa Kipr, Estoniya, Latviya, Sloveniya, Lyuksemburg, Islandiya va Malta davlatlari egadir.
Qabul qilingan standart barcha a‘zo davlatlar tomonidan, xususan, qarshi bo‘lganlar tomonidan ham
milliy standart sifatida qabul qilinishi majburiydir.
Joriy ishlarni bosh kotib boshchiligida Markaziy kotibiyat amalga oshiradi (2.21-rasm).
Standartlarni sanoat korxonalari va hamkorlar tomonidan ishlatilishi ixtiyoriy hisoblanadi.
Agarda ushbu standartga yeI direktivasida havola berilgan bo‘lsa, bu MH barcha uchun majburiy
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar EN standarti talablarini bajarmasliklari mumkin, lekin yeI
direktivasi talablarini bajarishga majburdirlar.
|
| |