• Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ( MEK )
  • Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar 
    Turli 
    xalqaro 
    tashkilotlar 
    standartlashtirish, 
    metrologiya, 
    sertifikatlashtirish 
    sohalarida 
    meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‘or yutuqlarini 
    umumlashtirish va bu sohalar bo‘yicha har xil yordam ko‘rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish 
    tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashti-ruvchi Xalqaro 
    tashkilot, sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro 
    konferensiya, G‘arbiy Evropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va 
    metrologiya bo‘yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi.
    Ana shu tashkilotlar va ularning olib borayotgan ishlari, faoliyat doiralari xususida qisqacha 
    ma‘lumot berib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
    Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ( MEK ) 
    Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, 
    chunki bu yili elektr bo‘yicha birinchi Xalqaro kongress bo‘lib o‘tgan edi. Keyinroq 1906 yili 
    Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika 
    komissiyasi tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‘yicha 
    atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi.
    MEK nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga 
    qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
    ISO va MEK faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, 
    asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha 
    standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
    Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‘mitalar MEKning a‘zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Er 
    qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining 
    iste‘molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. 
    MEK ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi.
    MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u erda mamlakatlarning hamma milliy 
    qo‘mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatiga 
    saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‘azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. MEK har 
    yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
    1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida 
    faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi 
    haqida qaror qabul qilindi.

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish