|
O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish
|
bet | 11/58 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #238909 |
Bog'liq “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQIO‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish – o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan texnikaviy talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari (vakolat berilgan boshqa idoralar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchash birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini ishlab chiqish, yaratish (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish) uchun litsenziya - davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish xuquqini guvohlantiruvchi hujjat.
2.4. Sinovlar utkazish va unga boglik umumiy talablar.
Ulchash vositalari va sinov usullari standartlarda bayon etilishi lozim. Sinov uslubiyatida ulchash vositalarining tayyorlash va sinovdan utkazish tartibi, sinovga takdim etuvchi namunalar soni , kabul kilish, topshirish, davriy va umumlashgan sinovlar vaktidagi texnikaviy talablar ruyxati . Sinov natijalarining ijobiy mezonlari belgilanishi lozim.
Sinov usullarida aniklash lozim bulgan boskichlar :
Namunalarni tayyorlash tartibi , sinaluvchi namunalar mikdori ;
Namunaviy ulchash vositalari, sinov uskunalari , ularning anik metrologik tavsiflari ;
Sinovlarga tayyorlanish tartibi ;
Sinov utkazish ketma ketligi ;
Sinov natijalariga ishlov berish.
Maxsulotni sinash va uning sifatini nazorat kilishda asosiy atamalar katoriga sinovlar , ularning sharoitlari, turi, toifasi, ob’ekti, sinovlar uchun namuna, sinovlar xajmi, dasturi, usuli, uslubi, vositasi, uskunalari, tizimi, sinov natijalarini anikligi, sinov natijalarining kaytaruvchanligi sinov ma’lumotlari, natijasi, bayonnomasi va nazorat (tekshiruv) va boshkalar kiradi.
Sinovlar – sinov ob’ektining ishlashida , modellashda va ularga kursatilaetgan ta’sir natijasida xossalarini mikdoriy va sifat tavsiflarini amaliy aniklash.
Sinov sharoitlari - Sinovlar jarayonida ob’ektlarning ishlashiga ta’sir etuvchi omillar majmui.
Sinovlar turi – Sinoalarning muayyan alomati buyicha tasodifiy guruxlanish.
Sinovlar toifasi - sinovlarni utkazishning tashkiliy belgisini ifodalovchi va ob’ektning umumiy baxolash natijasida karorlar kabul kilish bilan tavsiflanadigan sinovlar turi :
Sinov ob’ektiga - jarayon, xizmat va maxsulotlar kirib, sinaladigan maxsulotning sifati tushuniladi.
Sinovlar xajmi - ob’ektlarning va sinov turlarining mikdori , shuningdek sinovlarning davom etish umumiy vaktini tavsiflovchi sinovlar kursatkichi.
Sinovlar dasturi – sinovlar ob’ekti, ularning maksadi, xillari, ketma-ketligi va utkaziladigan tajribalarning xajmi, tartibi , sharoiti , sinovlar utkazish joyi, muddati va bajarilish shartlari bulgan tashkiliy - uslubiy xujjat .
Sinovlar usuli – Sinovlarning muayyan tartiblari, koidalari.
Sinovlar uslubi – Sinov usullarini , vositasini va sharoitini , sinov uchun namunaligini , ma’lumotlarni berish shakillarini va baxolash anikligini sinab, natijalarning ishonchliligini , xavfsizlik tadbirlariga , atrof – muxitni asrashga oid talablarni uz ichiga olgan tashkiliy uslubiy xujjat.
Sinov tizimi – tegishli me’eriy xujjatlarda belgilangan koidalar asosida sinovlar vositalarining, bajaruvchilarning va sinovlar ob’ektining uzaro birgalikdagi xarakati.
Sinov natijasi – ob’ektni belgilangan talablarga muvofikligini baxolash, sinash jaraenida ob’ektning ishlatilishidagi sifati taxlilining yakunlari.
Sinov natijalarining kaytuvchanligi – ob’ekt buyicha takroriy sinovlar natijalarining uzaro yakinligini aniklovchi sinov natijalarining tavsifi.
Sinov bayonnomasi - ob’ekt sinovlari xakida kerakli ma’lumotlarni , unda kullaniladigan usullar, vositalar, sinov sharoitlari, sinov natijalari va ular xakidagi xulosalarni uz ichiga oluvchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xujjat .
Davriy sinovlar – me’yoriy xujjatlarda belgilangan xajmda va muddatda maxsulot sifatining turgunligini nazorat kilish va uni ishlab chikarish imkoniyatini davom ettirish maksadida ishlab chikarilaetgan maxsulotlarni tekshirish sinovlari.
|
| |