|
Sabzavotlarni quritish texnologiyasi
|
bet | 2/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 22,01 Kb. | | #120724 |
Bog'liq Meva va sabzavotlarni MGM usulida saqlashSabzavotlarni quritish texnologiyasi
Sabzavotlarni tabiiy usulda quritish
Meva va sabzavotlarni ochiq havoda quyosh nurida quritish quritishning eng qadimiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu quritish usulining boshqa usullardan birmuncha afzallik tomonlari ham mavjud. Eng asosiy afzalliklaridan biri shundaki, bu usulda murakkab qurilmalar va maxsus idishlardan foydalanilmaydi. Bunday qurilmalarni sotib olishga ehtiyoj bo‘lganligi sababli ham quritishning arzon usullaridan biri hisoblanadi. Ikkinchidan, bu usul yordamida meva va sabzavotlarni quritganda meva va sabzavotlarning tabiiy hidi va undagi vitaminlar miqdori birmuncha yaxshi saqlanadi.
Ochiq havoda quyosh nurida quritish issiq iqlim sharoiti mavjud bo‘lgan joylarda, ya’ni bizning respublikamizda ko‘p tarqalgan usullardan biri sanaladi. Ochiq havoda quyosh nuri ta’sirida quritish uchun ochiq va quriq joy tanlanadi. Ayniqsa, bu joy yo‘l yoqasidan uy hayvonlari saqlanadigan, chiqindilar tashlanadigan joylardan uzoqroq bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agar bunday joylar bog‘ning ichidan tanlansa ham bo‘ladi, lekin maydonga quyosh nuri to‘la tushib turishi kerak. Maydonchada chang – to‘zon bo‘lmasligi kerak, uncha mayda toshchalar to‘kilsa ham yaxshi bo‘ladi. Meva va sabzavot quritiladigan maydonchaning yonida soyabonlar (naves) qurilishi ham talab etiladi. Ko‘pchilik holatlarda shu soyabonlar tagida ko‘katlar va ba’zi mevalarni ham quritish mumkin bo‘ladi. Ikkinchidan, havo yomon yoki yomg‘irli kunlar paytida quritilayotgan mevalar va sabzavotlarni shu soyabonlar tagiga o‘tkazib, ularni yomg‘irdan himoya qilish imkoniyati tug‘iladi. Ba’zan esa ana shu joylarda quritilayotgan xom – ashyoni yuvish, tozalash va kerak bo‘lganda ularni qirqish kabi texnologik jarayonlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Quritish jarayonida mahsulot sifatini o‘zgarishi. Quritish jarayonida mahsulotning tarkibida bir qancha o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar asosan birinchi navbatda qanday usulda quritish va qanday haroratda quritishga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. Asosiy o‘zgarishlarga hajmining kichraytirishi, rangining o‘zgarishi, mahsulotning konsistensiyasining qattiqlashishi, mahsulot qaytararuvchanlik xususiyatining buzilishi, vitamin-larning ma’lum jarajada kamayishi, uchuvchan moddalarning yo‘qotilishi va hokazolar.
|
| |