|
Mahsulotning qattiq holatga o‘tishi
|
bet | 4/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 22,01 Kb. | | #120724 |
Bog'liq Meva va sabzavotlarni MGM usulida saqlashMahsulotning qattiq holatga o‘tishi. O‘simlik xom ashyolarini quritish jarayonida shunday hodisani kuzatish mumkinki, ma’lum bir bosqichda qurish jarayoni batamom to‘xtaydi. Buning sababi shundaki, mahsulot sirtida namlik o‘tkazmaydigan qobiq hosil bo‘ladi. Ana shunday qobiq hosil bo‘lmsligi uchun mahsulotni quritishning boshlanishida namlik yuqori, quritish harorati esa past bo‘lishi tavsiya etiladi.
Mahsulot regidratatsion xususiyatining buzilishi (qaytarilish xususiyati). Eng yaxshi regidratatsion xususiyatga ega bo‘lgan mahsulot olish uchun uni sublimatsiya usuli yordamida quritish kerak. Sublimatsiya usulida quritilgan meva va sabzavotlarni suvga solib qo‘ysak, ular yangi mahsulot shakliga qaytadi.
Mahsulotning qaytaruvchanlik xususiyatining kamayishini mahsulotning kuyishi, qorayishi kabi jarayonlar paydo qiladi. Chunki bu jaryonlar ta’sirida mahsulotda kuchli darajada fizik – kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Uchuvchan moddalarning qo‘yotilishi. Quritish jarayonida suv bug‘lari uchuvchan moddalarni ham o‘zi bilan birga olib chiqib ketadi. Buning natijasida mahsulotning ta’mi va hidi yo‘qoladi. Quritish jarayonida chiqib ketadigan uchuvchan moddalarning tarkibi mahsulot haroratining o‘zgarishiga va uchuvchan moddalar bug‘larining bosimiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli zamonaviy quritish usullarida tayyor mahsulotga aromatik moddalar qo‘shiladi.
Meva va sabzavotlarni quritishnig sun’iy usuli
Quritish nafaqat issiqlik va massa almashinuvi, balki murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Quritilgan mahsulot organoleptik va fizik – kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak.
Quritishning optimal sharoiti maksimal darajada xom ashyoning kimyo – texnologik ko‘rsatkichlarini saqlashi kerak.
Keyingi yillarda quritishning ana shunday samaradorligi yuqori bo‘lgan usullarni ishlab chiqishga katta e’tibor berilmoqda.
Quritish har xil belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin.
Quritish ageptining ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha tabiiy va sun’iy quritish usullariga ajratiladi.
Quritish kameralarida havoning bosimiga qarab atmosfera bosimida quritish va vakuumlarda quritish usullari mavjud.
Atmosfera bosimida quritishda quritish kamerasida havoning bosimi normal atmosfera bosimida bo‘ladi.
Vakuum usulida esa vakuum nasoslar asosidatashkil qilinadigan vakuum sharoitida quritiladi.
Quritilayotgan material va quritish agentining harakat yo‘nalishiga qarab to‘g‘ri yo‘naltirilgan, qarama – qarshi va perpendikulyar yo‘naltirilgan quritish usullariga bo‘linadi:
to‘g‘ri yo‘naltirilgan – bunda quritilayotgan material va quritish agetining harakati bir tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
qarama – qarshi yo‘naltirilgan – bunda harakatlar bir – biriga qarama – qarshi holatda bo‘ladi;
perpendikulyar yo‘naltirilgan – bunda mahsulotning yo‘nalishi quritish agentining harakatiga perpendikulyar holatda bo‘ladi.
Quritish agentining turiga qarab:
qizdirilgan havodan foydalaniladigan jihozlar;
gaz tutunidan foydalaniladigan jihozlar;
havo va gaz tutuni aralashmasidan foydalaniladigan jihozlar; issiq bug‘dan foydalaniladigan jihozlar.
Quritish agetining sirkulyatsiyasi bo‘yicha:
Quritish obyektining turiga qarab:
Ish rejimiga qarab:
Konstruktiv belgilari bo‘yicha:
tonnelli;
kamerali;
lentali;
barabanli;
valsli
Ho‘l materialga issiqlikni yetkazish usuli bo‘yicha:
konvektiv usuli;
konduktiv usuli;
yuqori chastotali;
kombinatsiyalashtirilgan.
usullariga bo‘linadi.
Shu usullardan ba’zi birlarini qarab chiqamiz.
|
| |