konturiga berish kerak (2.11-a rasm). Konturning induktivligi va sig'imini
bir tekis o'zgartirib ossillograf ekranida ketma-ket
ravishda chastotalari
𝜔 − 𝛺
,
𝜔
,
𝜔 + 𝛺
. bo'lgan garmonik tebranishlar ossillogrammasini
ko'ramiz. Ossillogrammadan yon chastotali tebranishlar amplitudasi asosiy
chastotali tebranishlar amplitudasidan kichik ekani ko'rinadi.
2.11- b rasmda modulyatsiyalangan tebranish spektri tasvirlangan
2.11- rasm
Majburiy tebranishlar:
Tebranishlar sistemasida davriy o'zgaruvchi
tashqi
kuch yoki davriy o'zgaruvchi tashqi kuchlanish ta'sirida yuzaga keladigan
tebranishlar
majburiy tebranishlar
deyiladi.
Masalan, vibrator ta'sirida prujinali mayatnik
majburiy tebranishlar
qiladi (2.12-rasm).
Majburiy tebranishlar hayotda juda ko'p uchraydi. Ishlovchi barcha
mashinalarning korpuslari va ular o'rnatilgan tagliklar majburiy
tebranishlar qiladi. Elektron - nur trubkasidagi
elektron nuri ham
majburiy tebranishlar qiladi.
Majbur etuvchi kuch yoki kuchlanish har qanday qonun bo'yicha
o'zgarishi mumkin. Ammo biz, faqat garmonik qonuniyat bo'yicha
o'zgaruvchi.
𝐹 = 𝐹
𝑚
𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 , 𝑢 = 𝑈
𝑚
𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 ,
kuch yoki kuchlanish ta'sirida tebranish sistemasida yuzaga keluvchi
majburiy tebranishlarni o'rganamiz,
bu yerda
ω
— majburiy tebranishlar
chastotasi (erkin tebranishlar chastotasi
ω
0
»
bilan chalkashtirmaslik
kerak).
Majburiy elektromagnit tebranishlarga sinusoidal qonun bo'yicha
o'zgaruvchi va sanoatda, qishloq xo'jaligida hamda kundalik hayotda
ishlatiladigan o'zgaruvchan tok misol bola oladi.