• Majburiy tebranishlarning umumiy qonuniyatlari
  • Majburiy tebranishlarning umumiy qonuniyatlari




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/51
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #228484
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
    Majburiy tebranishlarning umumiy qonuniyatlari:
    Majburiy
    tebranishlar mexanik yoki elektromagnitik bo'lishi mumkin. Ammo, 
    tabiati har xil bo'lishiga qaramay, ular bir xil umumiy qonuniyatlarga
    ega. Ana shu qonuniyatlardan ayrimlarini ko'raylik.
    1. Majburiy tebranishlar chastotasi.
    Bizga ma'lumki, erkin va 
    avtotebranishlar 
    chastotasi 
    tebranish 
    sistemasining 
    parametrlari 
    bilan 
    aniqlanadi. 
    Majburiy tebranishlar chastotasi nimaga va qanday bog'langanligini 
    aniqlaymiz. Buning uchun 2.12-rasmda tasvirlangan qurilmani yig'amiz. 
    Kulisaning tebranishlari chastotasini, demak, majbur etuvchi kuch chastotasini
    o'zgartirib, majburiy tebranishlar chastotasi ham o'zgarishini ko'ramiz: majbur
    etuvchi kuch chastotasi ortsa
    2.12-rasm 
    2.13-rasm 


    Majburiy tebranishlar chastotasi ham ortadi, va aksincha, Tebranuvchi jism 
    massasini yoki prujina qattiqligini o'zgartirib, tajribani qaytarsak, majburiy 
    tebranishlar chastotasi, erkin tebranishlardagi kabi tebranish
    sistemasining parametrlariga emas, balki bu holda ham majbur etuvchi 
    kuch chastotasiga bog'liqligi aniqlanadi. 
    Tebranish konturini o'zgaruvchi chastota generatoriga ulaymiz. 
    Tebranish konturidagi va majbur etuvchi EYK generatoridagi
    tebranishlarni kuzatish maqsadida zanjirga qo'shnurli ossillografni ulaymiz 
    (2.13-rasm). Ossillografning o'ng klemmalariga majbur etuvchi kuchlanish 
    manbayidan, chap klemmalariga esa tebranish konturidan kuchlanish beramiz.
    Ossillogrammalarni taqqoslab, majburiy tebranishlar chastotasi majbur 
    etuvchi kuchlanish chastotasiga tengligini ko'ramiz (ossillograf ekraniga bir xil 
    sondagi do'ngliklar va chuqurliklar joylashadi). Majbur etuvchi kuchlanish
    chastotasi o'zgarsa, majburiy tebranishlar chastotasi ham o'zgaradi. 

    Download 1,36 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Majburiy tebranishlarning umumiy qonuniyatlari

    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish