II.2 TEBRANISH KONTURI VA KONTURDAGI JARAYONLARNI
TAVSIFLOVCHI TENGLAMA.
Tebranish konturi. Doimiy tok manbayidan
С
kondensatorni
zaryadlab,
𝐿
induktiv g'altak orqali uni tutashtiramiz, g'altakka elektron
ossillograf parallel ulangan (2.16- rasm). Ossillograf ekranida hosil qilingan
zanjirda elektr tebranishlar paydo bo'lganligini ko'rsatuvchi
ossillogrammani ko'ramiz.
Binobarin, kondensator va induktiv g'altakdan tashkil topgan zanjir
tebranish sistemasi bo'lar ekan. Bunday zanjir
tebranish konturi deb
nomlangan.
Konturdagi tebranishlar ossillogrammasi ularning so'nib borishini
ko'rsatadi. Konturdagi tebranishlarning so'nish sababi, unda qaytmas
energiya almashinuvini yuzaga keltiruvehi konturning qarshiligi deb
taxmin qilish, tabiiydir.
Haqiqatan, konturning qarshiligini kamaytirib, tebranishlar
so'nishining kamayishini ko'rish mumkin. Agar konturning g'altagi o'ta
o'tkazuvchi bo'lganda edi, konturdagi tebranishlar deyarli so'nmas va
sinusoidal shaklga ega bo'lar edi (o'ta o'tkazuvchan tebranish sistemalaridan
kosmik
radioaloqada
foydalaniladi).
Bunday
tebranishlar
garmonik tebranishlar deb yuritiladi.
2. Garmonik tebranishlarni xarakterlovchi kattaliklar. Elektr
tebranishlarni xarakterlovchi kattaliklar (zaryad, tok kuchi, kondensatordagi
kuchlanish va h.k.) tebranish jarayonida uzluksiz ravishda o'zgarib turadi,
shuning uchun ularning oniy qiymatlarini kichik
𝑞, 𝑖, 𝑢 𝑣𝑎
h.k. harflar bilan
belgilash qabul qilingan.
Garmonik tebranishlarni xarakterlash uchun o'zgaruvchi
kattaliklarning maksimal qiymatlarini bilish ahamiyatli, ular tegishli
kattaliklarning
amplituda qiymatlari yoki amplitudalar deb nomlanadi.
Amplituda qiymatlarini katta
𝑄
𝑚
, 𝐼
𝑚
, 𝑈
𝑚
va h.k. harflar bilan belgilash qabul
qilingan.
2.16- rasm
Garmonik tebranishlarni xarakterlovchi kattaliklarning qiymatlari,