spektral usul
deb yuritiladi.
3. Vektor usuli.
Qator hollarda tebranma harakatni vektor usulida
berish qulay. Buning uchun chizma tekisligida ixtiyoriy О nuqta
tanlanib, undan o'q o'tkaziladi. Garmonik tebranma harakatning kerakli
parametri amplitudasi О nuqtaga qo'yilgan vector ko'rinishida
tasvirlanadi. Vektor uzunligi amplitudaga proporsional bo'ladi, uning
yo'nalishi esa shunday tanlanadiki, OX o'qi bilan vektor orasidagi
burchak
𝜑
0
boshlang'ich fazaga teng bo'ladi. (2.7- rasm).
Agar
𝑋
𝑚
vektor О nuqta atrofida soat strelkasiga teskari
yo'nalishda
𝜔
0
burchak tezlik bilan bir tekis aylanadi deb tasavvur
qilinsa, uning
OX
o'qdagi proyeksiyasi ixtiyoriy vaqt momentida
𝑋 = 𝑋
𝑚
cos 𝜔
0
𝑡
ga teng bo'ladi
2.21-rasm
Binobari ,
𝑋
𝑚
vektorning OX o'qdagi proyeksiyasi
𝑥
kattalikning
oniy qiymatiga teng.
Qarshilikli sistemalardagi erkin elektromagnit
tebranishlar:
Erkin tebranishlarni o'rganar ekanmiz, biz hozirgacha
tebranish konturining qarshiligini e'tiborga olmadik. Bunday qilish
prinsipial ravishda mumkin, chunki ko'pchilik hollarda tebranish
konturlarining qarshiligi kichik va uni hisobga olmaslik mumkin
bo'ladi. Masalan, yaxshi radiopriyomnik konturining qarshiligi
omning yuzdan, hatto mingdan bir ulushini tashkil etadi.
1. Tebranishlarning so'nishi.
Tebranish sistemalarining qarshiligini
e'tiborga olmasdan, ularni ideallashtirish erkin tebranishlarni o'rganishni
ancha soddalashtiradi. Ammo barcha real tebranish sistemalarida
ishqalanish kuchlari (qarshiliklar) mavjud.
Bunga 2.22-
a
rasmda tasvirlangan zanjir bo'yicha tajriba o'tkazib,
ishonch hosil qilish mumkin. Kondensatorni doimiy tok manbayidan
zaryadlab, uni qarshiligi yetarlicha katta bo'lgan g'altakka ulaymiz.
Ossillograf ekranida so'nuvcchi tebranishlarning tezda yo'qolib ketuvchi
ossillogrammasini ko'ramiz (2.22-
b
rasm). Reostat yordamida konturning
qarshiligini oshira borib, qarshilik qancha katta bo'lsa, tebranishlar
shuncha tez so'nishiga ishonch hosil qilamiz. Tebranishlarning so'nishi
shuning uchun yuz beradiki, tebranish sistemasiga berilgan
energiyaning bir qismi qaytarib bo'lmaydigan ichki energiyaga
aylanadi va atrof fazoga sochiladi.
2.22- rasm
|