Barcha inersial sanoq sistemalarida hamma mexanik jarayonlar bir xilda kechadi




Download 1.79 Mb.
bet14/76
Sana21.06.2022
Hajmi1.79 Mb.
#24107
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
Bog'liq
fizika 10 uzb
15, I.ch.m.t prezentatsiya, BIZNES VA TADBIRKORLIK BO\'YICHA TUSHUNCHA , Elektron tijorat test hemisga (5), Axborot xavfsizligi fanidan test topshiriqlari №1. Fan bobi – 1;, Iqtisodiy tahlil darslik, 8-sinf 4-chorak, 08-PV compressed, 3-ish, zuhra malika, ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-yoshlar-ma-naviyatiga-ta-siri, 4-топширик, 7-mavzu buxgalter, 4-mavzu Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni hisobga olish va tahlil
Barcha inersial sanoq sistemalarida hamma mexanik jarayonlar bir xilda kechadi.
Lekin shunday bir narsani esdan chiqarmaslik kerak. Biz bilamizki, to‘g‘ri chiziqli tekis harakat kamdan kam uchraydi. Bu degani inersial sanoq sistemalari juda kam mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra har doim inersial sistemaga yaqin bo‘lgan sistemalar mavjud ekanligini esda tutishimiz kerak. Yerni biz inersial sanoq sistemasi deb qaraymiz. Xolbuki, u o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida aylanadi. Aylanma harakatda har doim tezlanish mavjud. Shunga qaramay Yerni inersial sanoq sistemasiga kiritamiz. Buning sababi shundaki, bu tezlanish juda kichik. Masalan, bu tezlanish ekvatorda 0,035 m/s2 ga teng bo‘lib, erkin tushish tezlanishiga nisbatan juda ham kichik. Shunga ko‘ra, uni hisobga olmasdan, harakatni tekis deb qarash mumkin. Yerning Quyosh atrofida aylanishidagi tezlanish bundan ham kichik. Shunga ko‘ra Yerni inersial sanoq sistemasiga kiritamiz. Xuddi
shunday, Yerga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan poyezdni ham inersial sanoq sistemasiga kiritsa bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan sistemalarda Nyuton qonunlari o‘rinli bo‘ladi. Agar sanoq sistemasi egri chiziqli yoki tezlanish bilan harakatlanayotgan bo‘lsa-chi? Bunday sistemalar noinersial sanoq sistemalari deyiladi. Qanday qilib noinersial sanoq sistemalarida Nyuton qonunlaridan foydalanish mumkin? Undan foydalanish uchun tezlanish hosil bo‘lish sababini eslaylik. Tezlanish hosil bo‘lish sababi - bu kuch. Demak, Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalanish uchun jismga boshqa jismlar tomonidan ta’sir qilayotgan kuchlar bilan birgalikda inersiya kuchini kiritamiz. Inersiya kuchi jismga boshqa jismlar tomonidan emas, balki sanoq sistemasi tezlanish bilan harakatlanishi tufayli ta’sir qiladi. U holda Nyutonning ikkinchi qonuni quyidagi
= (2.3)
ko‘rinishida bo‘ladi.
Inersiya kuchining ifodasini topish uchun tezlanishning absolyut qiymati aab va tezlanishning nisbiy qiymati 5nis ning ayirmasidan foydalanamiz. U holda inersiya kuchi ifodasi quyidagicha bo‘ladi:
(2.4)

2.2-rasm.
Aytilganlarni misolda qaraylik. Kichik bir aravachada ustun o‘rnatilgan bo‘lib, unga 2.2-rasmda ko‘rsatilganidek mayatnik osilgan. Aravacha Yerga nisbatan aab doimiy tezlanish bilan harakatlanmoqda. Mayatnik aravachaga nisbatan qo‘zg‘almas: anis—0. Mayatnikka mg, ma, va f kuchlar ta’sir qiladi. f -mayatnik osilgan ipning taranglik kuchi. Lekin bu kuchlar mayatnikka tezlanish bermaydi. Nyutonning ikkinchi qonuni bajarilishi uchun unga inersiya kuchi ^. = ni kiritish kerak. U holda
mg + T + T i — 0.
Demak, Nyutonning ikkinchi qonuni shartli ravishda bajariladi.
Mayatnikning og‘ish burchagi tg^ — —.

  1. Inersial sanoq sistemalari deganda nimani tushunamiz?

  2. Inersial sanoq sistemalarida qanday fizik kattaliklar bir xil bo'ladi?

  3. Nyutonning uchinchi qonuni inersial sanoq sistemalari uchun

o‘rinlimi?

  1. mavzu. GRAVITATSION MAYDONDA HARAKAT

Siz 7-sinfda Yer o‘z atrofida doimiy tortishish maydoni hosil qilishini va shu maydon orqali jismlarni o‘ziga tortib turishini bilib olgansiz. Demak, Yerda bo‘ladigan barcha harakatlarga tortishish maydoni o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Faraz qilaylik, tog‘ cho‘qqisiga chiqib, undan gorizontal yo‘nalishda v0 tezlik bilan bironta jism uloqtirildi. Jism uchib borib, A nuqtaga tushadi. Unda uning ko‘rinishi Nyuton tomonidan chizilgan 2.3-rasmga o‘xshash bo‘ladi.
Jism tezligi oshirib borilsa, B va C nuqtalarga tushadi. Tezlikning ma’lum bir qiymatidan boshlab jism Yerga tushmasdan, Yer atrofida aylana bo‘ylab harakatga keladi. Bu jism endi Yerning sun’iy yo‘ldoshi bo‘lib qoladi. Sun’iy yo‘ldoshning harakati, tortishish maydonidagi harakat bo‘ladi. Nima sababdan yo‘ldosh Yerga tushmaydi? Qanday tezlikda bu holat kuzatiladi? Avvalo, yo‘ldoshga ta’sir etayotgan kuchlarni olib qaraylik. Yo‘ldoshga doimo Yerning tortish kuchi ta’sir etadi. Bundan tashqari, unga havoning qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Qarshilik kuchi kam bo‘lishi uchun uni atmosferaning eng yuqori qatlamlariga olib chiqish kerak.


Download 1.79 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Download 1.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Barcha inersial sanoq sistemalarida hamma mexanik jarayonlar bir xilda kechadi

Download 1.79 Mb.