• SHARTLI BELGILAR
  • Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi
  • To‘g‘ri chiziqli tekis harakat.
  • To‘g‘ri chiziqli notekis harakat.
  • To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat.
  • Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to




    Download 1.79 Mb.
    bet2/76
    Sana21.06.2022
    Hajmi1.79 Mb.
    #24107
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    fizika 10 uzb
    15, I.ch.m.t prezentatsiya, BIZNES VA TADBIRKORLIK BO\'YICHA TUSHUNCHA , Elektron tijorat test hemisga (5), Axborot xavfsizligi fanidan test topshiriqlari №1. Fan bobi – 1;, Iqtisodiy tahlil darslik, 8-sinf 4-chorak, 08-PV compressed, 3-ish, zuhra malika, ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-yoshlar-ma-naviyatiga-ta-siri, 4-топширик, 7-mavzu buxgalter, 4-mavzu Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni hisobga olish va tahlil
    Taqrizchilar:


    Sh. Usmanov
    B. Nurillayev
    Z. Sangirova
    B. Saidxojayeva
    F. Norqobilov
    Z. Tajibayeva
    N. Berdirasulov


    • O‘zRFA Fizika-texnika institutining katta ilmiy xodimi, f-m.f.n.

    • Nizomiy nomidagi TDPU kafedra mudiri, dotsent, pedagogika fanlari nomzodi,

    • RTM bosh metodisti,

    • Toshkent viloyati, Pskent tumani 5-maktab fizika o‘qituvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Xalq ta’limi xodimi.

    • Toshkent shahar, Sergeli tumani, 303-maktab o‘qituvchisi,

    • P F. Borovskiy nomli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi,

    • Toshkent shahar, Sergeli tumani 104-maktab o‘qituvchisi,


    SHARTLI BELGILAR:
    fizik kattaliklarga ta’rif; asosiy qonunlar;
    muhim formulalar;


    bu mavzular fizikani chuqur o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan;
    o‘quvchi tomonidan bajariladigan amaliy ish;


    mavzu matnini o‘qib chiqqandan so‘ng, qo‘yilgan savollarga javob bering;


    Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi


    ISBN 978-9943-4867-6-8


    © N. Sh. Turdiyev va boshq. 2017
    © “Niso Poligraf” nashriyoti
    (original-maket), 2017

    MEXANIKA



    1. mavzu. FIZIKANING TADQIQOT METODLARI

    Fizikada tabiatdagi jarayon va hodisalarni o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot metodlari mavjud.
    Fizika eksperimental fan hisoblanadi. Shu bois tajriba o‘tkazish jarayoni alohida sharoitni talab qiladi. Bunda o‘rganilayotgan jarayonga tashqi ta’sir ko‘rsatilmasligiga harakat qilinadi.
    Bundan tashqari, jarayonlarga tegishli fizik parametrlar orasidagi bog‘lanishni matematik ifodalar orqali beriladi. Shunga ko‘ra fiziklar jarayon- larning bundan keyingi borishini yoki oldin qanday bo‘lganligini juda aniq aytib berishga muvaffaq bo‘ldilar. Buyuk italyan fizigi Galileo Galiley shunday deb yozgan edi: “Tabiat kitobi”ni tushunish uchun uning yozilgan tilini bilishing kerak. Bu til-matematikadir.
    Kuzatishlardan ko‘pgina hodisalar uchun ma’lum bir qonuniyatlar mavjud ekanligi taxmin qilinadi. Bunday taxminlar ilmiy gipoteza deyiladi.
    Gipotezani tekshirish uchun, olimlar tajriba (eksperiment) o‘tkazishadi. Buning uchun tabiiy sharoitga yaqinlashtirilgan maxsus sharoitlar yaratiladi.
    Gipotezani shakllantirish va eksperiment o‘tkazish hamda uning natijala- rini tushuntirish uchun, mazkur jarayon yoki hodisaning modeli tuziladi. Biror bir jarayonning modeli deyilganda uning ixchamlashgan, tartibga solingan, muhim jihatlari ajratib ko‘rsatilgan holati tushuniladi. Bunga misol sifatida moddiy nuqta va ideal gaz tushunchalarini misol qilib aytish mumkin.
    Eksperiment o‘tkazish jarayonida tashqi ta’sirlardan to‘la qutulib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, olingan natijaga ko‘ra ideal sharoitda qanday natija chiqishini aytib berish mumkin bo‘ladi. Bu ideal vaziyat ilmiy ideallashtirish deyiladi. Aynan mana shu hodisalar tashqaridan qaralganda murakkabga o‘xshasa-da, lekin ular bo‘ysunuvchi qonunlar sodda bo‘lishini ko‘rsatadi.
    Fizik jarayonlar borishi haqidagi gipoteza tasdiqlansa, u fizik qonunga aylanadi.
    Mexanikaning asosiy mazmunini buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan shakllantirilgan uchta qonun, butun olam tortishish qonuni, elastiklik va ishqalanish kuchlariga doir qonuniyatlar tashkil etadi. Gaz jarayonlari uchun uning bosimi, hajmi va temperaturasi orasidagi bog‘lanishni ifodalaydigan qonunlar ochildi. Tinch holatda turgan zaryadlangan zarralar orasidagi o‘zaro ta’sir fransuz fizigi Sharl Kulon tomonidan ochilgan qonunga bo‘ysunadi.
    Keng qamrovli hodisalarni tushuntiradigan qonunlar to‘plami ilmiy nazariya deyiladi. Masalan, Nyuton qonunlari mexanikaning klassik nazariyasini tashkil etadi. Ingliz fizigi D.K.Maksvell tomonidan shakllantirilgan qonunlar elektromagnitizm uchun klassik nazariya mazmunini tashkil etadi.
    Ilmiy nazariya o‘z ichiga qonunlar bilan birgalikda bu qonunlarni shakllantirishda foydalanilgan fizik kattaliklar va tushunchalarning ta’riflarini ham oladi.
    Eng muhimi, fizik nazariyadagi barcha aniqlanadigan kattaliklar tajribada o'lchana oladigan bo‘lishi kerak.
    Barcha fizik qonunlar va nazariyalar haqiqatga yaqin bo‘lishi kerak. Chunki nazariyani yaratishda har doim jarayon va hodisaning modelidan foydalaniladi. Shunga ko‘ra qonun va nazariyalarning qo‘llanilish chegarasi bo‘ladi, Masalan, klassik mexanika qonunlari faqat yorug‘lik tezligidan juda kichik tezlikda harakatlanadigan jismlar uchun o‘rinli bo‘ladi. Elementar zarralar tezlatgichlarida bu isbotlangan. Klassik mexanika, shuningdek, juda kichik massali zarralar (elektron) harakatini to‘g‘ri ifodalay olmaydi.
    Yangidan topilgan fizik nazariyalar avvalgilarini bekor qilmaydi, balki uni to‘ldiradi va aniqlashtiradi. Yangi fizik nazariyaga qo‘yilgan muhim talablardan biri moslik prinsipidir. Bu degani belgilangan chegarada yangi nazariya, avvalgi nazariya bilan mos tushishi kerak.

    1. Nima sababdan fizik nazariyadagi barcha aniqlanadigan kattaliklar tajribada o‘lchana oladigan bo‘lishi kerak?

    2. Gipoteza qachon fizik qonunga aylanadi?

    1. bob. KINEMATIKA

    1. mavzu. MEXANIK HARAKAT TURLARI.

    HARAKATLARNING MUSTAQILLIK PRINSIPI
    7-sinfda siz turli mexanik harakatlar bilan tanishgansiz. Ularni birgalikda eslaylik:

    1. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi va yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l 5 = vt formula bilan aniqlanadi.

    2. To‘g‘ri chiziqli notekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi o‘zgaradi, lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s=v^rtt formula bilan aniqlanadi. Bunda vort -jismning o‘rtacha tezligi.

    3. To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday harakatda jism harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya’ni teng vaqtlar ichida bir xil kattalikka ortadi (kamayadi), lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s=vo-1±^y formula bilan aniqlanadi (“+”) ishora tekis tezlanuvchan, a>0, (“-”) ishora tekis sekinlanuvchan (a<0) bo‘lganda qo‘yiladi).

    4. Egri chiziqli tekis harakat. Egri chiziqli harakatning xususiy holi sifatida aylana bo‘ylab tekis harakatni olish mumkin. Bunday harakatda har doim tezlik yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib, trayektoriyaga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.Harakatning asosiy parametrlari: v - chiziqli tezlik; w - burchak tezlik; T-aylanishlar davri; v- aylanishlar chastotasi; Syoy -yoy uzunligi; 5- bosib o‘tilgan yo‘l.

    Shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan harakatlarda jism faqat bitta harakatda qatnashgan hollar o‘rganilgan. Hayotda ko‘pincha jismlar bir
    vaqtning o‘zida bir nechta harakatda qatnashadi. Masalan, daryo bo‘ylab harakatlanayotgan kema, poyezd vagoni ichida yurib ketayotgan odam, uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yuk va h.k. Bunda daryoda harakatlanadigan kema o‘z dvigatelining tortish kuchi tufayli bir yo‘nalishda n1 tezlik bilan harakatlansa, suv uni n2 tezlik bilan oqim yo‘nalishida harakatlantiradi. Bu misollarda jismning ikkita harakatda qatnashayotganligi ko‘rinib turibdi.
    Shunday savol tug‘iladi. Kemaga o‘z dvigatelining tortish kuchi tufayli berilgan i>1 tezlik daryoning oqish tezligiga bog‘liqmi? Uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog‘liqmi?
    Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kemaning tezligi suvning oqish tezligiga, samolyotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog‘liq emas!
    Bundan shunday xulosa kelib chiqadi.

    Download 1.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to

    Download 1.79 Mb.