• Masala yechish namunasi
  • Jism qatnashayotgan harakatlar mustaqil bo‘lib, ularning harakat tezligi (tezlanishi) bir-biriga bog‘liq emas. Bunga




    Download 1.79 Mb.
    bet3/76
    Sana21.06.2022
    Hajmi1.79 Mb.
    #24107
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    fizika 10 uzb
    15, I.ch.m.t prezentatsiya, BIZNES VA TADBIRKORLIK BO\'YICHA TUSHUNCHA , Elektron tijorat test hemisga (5), Axborot xavfsizligi fanidan test topshiriqlari №1. Fan bobi – 1;, Iqtisodiy tahlil darslik, 8-sinf 4-chorak, 08-PV compressed, 3-ish, zuhra malika, ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-yoshlar-ma-naviyatiga-ta-siri, 4-топширик, 7-mavzu buxgalter, 4-mavzu Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni hisobga olish va tahlil
    Jism qatnashayotgan harakatlar mustaqil bo‘lib, ularning harakat tezligi (tezlanishi) bir-biriga bog‘liq emas. Bunga harakatlarning mustaqillik prinsipi deyiladi.
    Shunga ko‘ra istalgan murakkab harakatga, oddiy harakatlarning yig‘indisi deb qarash mumkin. Bu harakatlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar ulardan biri o‘z harakatini o‘zgartirsa yoki butunlay to‘xtatsa, boshqasiga buning ta’siri bo‘lmaydi. Aynan mana shu prinsip asosida biz o‘rganayotgan jarayondagi vektor kattaliklarni alohida tashkil etuvchilarga ajratamiz. Ularni koordinata o‘qlariga proyeksiyalash ham shu prinsipga asoslangan. Tezlik vektorlarini qo‘shib natijaviy tezlikni chiqarish ham shu prinsip asosida bo‘ladi. Shunga asosan bir nechta harakatda qatnashgan jism harakati uchun quyidagilarni yozamiz:

    (l.l)

    $„,,,„,,,. = ^l + S2 + ?3 + - ' + $ „’
    V„„,„„,. ~Vi + V^ + V, + ... . + vn
    a„m.m. = «| + a2 + + - • +n
    Ularga mos ravishda kattaliklarning x va y o‘qlariga bo‘lgan proyek- siyalari quyidagicha bo‘ladi:

    sx = Sox + Vt +

    Masala yechish namunasi


    sv=s+ V,‘ ,



    (1.2)




    Berilgan: s=36 km ntep = 70 km/soat vdaryo = 2 km/soat Topish kerak t - ?

    Formulasivayechilishi:

    Teploxodning tinch suvdagi tezligi 70 km/soat. U oqim bo‘ylab bir-biridan 36 km uzoqlikda joylashgan pristanlar oralig‘ini qancha vaqtda bosib o‘tadi? Daryo oqimining oqish tezligi 2 km/soat.
    s=Vt\ V=Ve + n.;
    s = (vtep+„) •r-
    5 36 km
    Bundan t=-— \ t = -—-—- = 0,5 soat.
    (70+2) km/soat
    Javobi: 0,5 soat.

    1.
    2.
    3.
    Qanday hollarda tezlik vektori tashkil etuvchilarga ajratiladi?
    Harakatlarning mustaqillik prinsipi nimadan iborat?
    Nima sababdan jism bir vaqtda bir necha harakatda qatna- shayotgan bo‘lsa, harakatlar bir-biriga ta'sir ko‘rsatmaydi?

    1. mavzu. JISMLARNING VERTIKAL HARAKATI

    Biror jismni qo‘limizda ushlab turib, so‘ng uni qo‘yib yuborsak, jism tortish kuchi natijasida to‘g‘ri yer sirtiga tomon harakatlanadi. Jismning bunday harakati pastga qarab vertikal harakat deyiladi. Bunday harakatlar bilan siz 7-sinfda tanishgansiz. Bu mavzuda uni biz harakatlarning mustaqillik prinsipi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqamiz.
    Jism vertikal harakatlanganda unga bitta yoki bir nechta kuchlar (og‘irlik kuchi, havoning qarshilik kuchi, Arximed kuchi) ta’sir qiladi. Jismning yuqoriga tik (vertikal) harakatida masalani soddalashtirish maqsadida havoning qarshilik kuchini va Arximed kuchini hisobga olmaymiz.
    Jismni yuqoriga vertikal yo‘nalishda v0 boshlang‘ich tezlik bilan uloqtirib, uning harakatini kuzataylik (1.1-rasm). Agar jism faqat shu v0 tezlik bilan yuqoriga harakatlanganda u t vaqt ichida h = v0-1 balandlikka ko‘tarilgan bo‘lar edi. Ammo yerning tortish kuchi ta’sirida shu t vaqt ichida jismning ko‘tarilish balandligi h2 = gt2/2 ga kamayadi. U holda jismning ko‘tarilishi

    mumkin bo‘lgan balandlik h = h1 -h2 ga teng bo‘ladi, ya’ni jismning harakat


    tenglamasi


    h


    1.1-rasm.


    orqali ifodalanadi.
    Yuqoriga vertikal otilgan jism sekinlanuvchan harakatdan iborat.
    Jismning t vaqtdan keyingi tezligi


    (1.3)
    harakati tekis


    (1.4)


    ifoda yordamida aniqlanadi. Jism eng baland ko‘tarilish nuqtasiga yetganidan so‘ng to‘xtaydi (v=0) va pastga qarab vertikal harakatini boshlaydi.
    (1.4) ifodaning chap tomonini nolga tenglab, jismning ko‘tarilishi uchun ketgan vaqtini hisoblash ifodasiga ega bo‘lamiz:


    (1.5)


    Jismning maksimal ko‘tarilish balandligi ifodasi quyidagicha bo‘ladi:


    (1.6)


    Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik bo‘lgan sharoitda yuqoriga tik otilgan jismning ko‘tarilishi uchun ketgan vaqti uning tushish vaqtiga teng bo‘ladi, ya’ni tk=t. Shuningdek, jism qanday tezlik bilan yuqoriga tik otilsa, u otilgan joyiga xuddi shunday tezlik bilan qaytib tushadi.
    Pastga vertikal otilgan jismning harakati tekis tezlanuvchan harakatdan iborat bo‘ladi. Bunda jismning t vaqtdan keyingi tezligi


    v = v0+gt


    (1.7)


    ifoda yordamida aniqlanadi. Pastga vertikal otilgan jism harakati tenglama-


    sini quyidagicha yozamiz:


    (1.8)




    Jismning vertikal harakat qonuniyatlarini birinchi bo‘lib buyuk italiyan olimi G. Galiley tajribalar asosida o‘rgandi. O‘tkazilgan tajribalar asosida jismlarning vertikal tushishida ikkita qonuniyat borligi aniqlandi. Birinchidan, jismning vertikal tushishi to‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatdan iborat, ikkinchidan, hamma jism erkin tushish vaqtida doimiy tezlanish bilan harakatlanadi.
    Jismning erkin tushishi tekis tezlanuvchan harakat bo‘lganligi inobatga olinsa, bu harakat uchun ham to‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatning barcha tenglamalari o‘rinli bo‘ladi, faqat ularda a tezlanishni g erkin tushish tezlanishi bilan, 5 yo‘lni esa h balandlik bilan almashtirish kerak (1-jadval).

    Vo‘rt

    Erkin tushish tekis tezlanuvchan, (yuqoriga tik otilgan jism tekis sekinlanuvchan) harakatda bo‘lganligi uchun jism harakatining o‘rtacha tezligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
    (1.9)

    Download 1.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jism qatnashayotgan harakatlar mustaqil bo‘lib, ularning harakat tezligi (tezlanishi) bir-biriga bog‘liq emas. Bunga

    Download 1.79 Mb.