• Harakatni tasmali uzatish.
  • Harakatni tishli g‘ildiraklar orqali uzatish.
  • Friksion usulda harakatni uzatish




    Download 1.79 Mb.
    bet6/76
    Sana21.06.2022
    Hajmi1.79 Mb.
    #24107
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    fizika 10 uzb
    15, I.ch.m.t prezentatsiya, BIZNES VA TADBIRKORLIK BO\'YICHA TUSHUNCHA , Elektron tijorat test hemisga (5), Axborot xavfsizligi fanidan test topshiriqlari №1. Fan bobi – 1;, Iqtisodiy tahlil darslik, 8-sinf 4-chorak, 08-PV compressed, 3-ish, zuhra malika, ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-yoshlar-ma-naviyatiga-ta-siri, 4-топширик, 7-mavzu buxgalter, 4-mavzu Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni hisobga olish va tahlil
    Friksion usulda harakatni uzatish. Aylanma harakatni friksion usulda uzatish uchun har xil diametrli ikki g‘ildirak bir-biriga kuch bilan siqib turiladi. Ulardan biri soat strelkasining yo‘nalishi bo‘yicha aylansa, ikkinchisi ishqalanish kuchi ta’sirida harakatga kelib, soat strelkasining aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishida aylanadi (1.6-rasm).
    Friksion uzatish usulidan, uzatiladigan quvvat uncha katta bo‘lmagan hollardagina foydalaniladi. Bu harakatda g‘ildiraklar bir-biriga nisbatan sirpanmaydi, shu sababli gildiraklar gardishlarining chiziqli tezliklarining modullari son jihatdan o‘zaro teng bo‘ladi: v^ = v2 yoki

    Ct?i



    (1.17)
    Harakatni tasmali uzatish. Aylanma harakatni tasmali uzatishda ikkita g‘ildirak bir-biriga tarang tortilgan tasma bilan biriktiriladi (1.7- rasm). Bunda uzatish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi. Harakat uzatuvchi shkiv (g‘ildirak)ni yetaklovchi va harakatni qabul qiluvchi shkiv (g‘ildirak) yetaklanuvchi shkiv deyiladi. Tasmali uzatishda ham aylanayotgan g‘ildiraklarning chiziqli tezliklarining modullari o‘zaro teng: u^ = v
    Burchak tezliklari esa g‘ildiraklarning radiuslari orqali o‘zaro quyidagi munosabatda bo‘ladi:

    CU1
    (1.18)

    (1.19)

    Harakatni tishli g‘ildiraklar orqali uzatish. Har xil diametri ikkita tishli g‘ildirakning tishlarini bir-biriga kiygizish orqali aylanma harakatni uzatish usuli tishli uzatish deb ataladi (1.8-rasm). Birinchi g‘ildirakdagi tishlar soni N bo‘lib, sekundiga v^ marta aylansin, u bilan tishlashgan ikkinchi g‘ildirak esa N2 ta tishga ega bo‘lib, sekundiga v2 marta aylansin. Tishlashish nuqtasida vaqt birligi ichida birinchi g‘ildirakning Nv^ tishi o‘tganda, ikkinchisining N2 • v2 tishi o‘tadi. Ikkala g‘ildirakning vaqt birligi ichida tishlashish nuqtasidan o‘tgan tishlar soni teng bo‘ladi, ya’ni:
    N1 • V1 = N2 • V2.
    Bundan, bir-biriga tishlashgan g‘ildiraklardan har birining aylanish chastotasi uning tishlari soniga teskari proporsional bo‘ladi:
    (1.20)
    1.9-rasmda yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar bir tomonga va qarama- qarshi tomonga aylantiradigan holda tasmalar ulangan holatlari keltirilgan.

    1.9-rasm.




    0 1. Aylanma harakatni friksion uzatishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
    2. Aylanma harakatni tasmali uzatishda ishlatiladigan mexanizmlarga misollar keltiring?
    3. Aylanma harakatni tishli uzatish qanday amalga oshiriladi?

    1. mavzu. GORIZONTAL OTILGAN JISM HARAKATI

    Balandligi h ga teng bo‘lgan stol ustida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanayotgan sharcha (zoldir)ning harakatini kuzataylik. Dastlab sharcha o‘z inersiyasi bilan stolning ustki qismida to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi.

    uni otilish nuqtasiga bog‘laymiz
    Sharcha stolning chetidan yerga yetib kelguncha ikkita harakatda qatnashadi. Ya’ni, dastlabki yo‘nalishda o‘z hara- katini davom ettirayotganligi hamda vertikal yo‘nal ishda harakatlanib, pastga tushayotganligini ko‘ramiz. Sharchaning bu harakati biror balandlikdan gorizontal otilgan jismning harakatiga misoldir. Bu harakatni tavsiflash uchun XOY koordinata sistemasini tanlab olib, (1.10-rasm). Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik bo‘lganda, jism gorizontal yo‘nalishda o‘zgarmas v0 tezlik bilan tekis harakat qiladi. Shuning uchun istalgan t vaqtdan keyingi gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishi yoki uchish uzoqligi quyidagicha hisoblanadi:

    Download 1.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 1.79 Mb.