§ 15.6. Nasos stansiyasini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ulash




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/177
Sana18.09.2024
Hajmi7,42 Mb.
#271609
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   177
Bog'liq
hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

 
§ 15.6. Nasos stansiyasini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ulash 
sxemasi 
Avtomatlashtirish tizimi nasos stansiyasiga ulangan jarayon xavfsizligining 
yuqori darajasini ta’minlaydi. Barcha nasos uskunalari avtomatik boshqaruv tizimi 
tomonidan nazorat qilinadi.


209 
Bunday yondashuv muvaffaqiyatsizliklarning birinchi nuqsonli ishlash belgilarini 
aniqlash va nasos qurilmasini xavfsiz avarariya holatga o‘tkazish imkonini beradi. 
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi operatsion uskunalarning bloklanishini nazorat 
qiladi va rejadan tashqari to‘xtash xavfini kamaytiradi. 
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ulanishdan tashqari stansiya va barcha 
nasos uskunalari disperslangan bo‘lishi mumkin. Dispetcherlik opsiyasini yoqish 
nazorat va o‘lchash qurilmalarini avtomatik rejimda ishlashini yig‘ish va joriy tahlil 
qilishni sozlash imkonini beradi.h, natijada avtomatlashtirilgan va dispetcherlik 
stansiyalari yanada samarali ishlaydi. 
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi algoritmlari tufayli nasos 
inventarizatsiyasini va uning barcha parametrlarini va ko‘rsatkichlarini nazorat qilish 
mumkin. Avtomatik nazorat tufayli “asosiy nasos dvigatel” va “zaxira" nasoslari 
kerakli ketma-ketligida amaldagi algoritm orqali ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Ma’lumot yig‘ishdan tashqari, olingan ma’lumotlar tahlil qilinadi va arxivlanadi. 
Ular asosida amalga oshirilgan ishlarning to‘g‘ri hisob-kitoblari va tahlilini amalga 
oshirish mumkin bo‘ladi. 
3.19. rasm. Nasos stansiyasini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ulash 
sxemasi 


210 
3.20-rasm. Avtomatlashtirilgan nasos stansiyasining tuzilmaviy sxemasi 
Nasoslarning xizmat muddatini bir necha marta oshirish, shuningdek, muhimi 
energiya tejamkorligini ta’minlash (yuqori texnologiyali va energiyani tejaydigan 
bo‘lish) uchun dvigatelning aylanish tezligini nazorat qilish kerak bo‘ladi.
Quvvatga qarab nasoslar uch fazali 380V tarmog‘i yoki 3-10 kV yuqori 
kuchlanishli (o‘rta kuchlanishli) elektr ta’minoti bilan ishlaydilar. 
380 V elektr motorlar uchun uch fazali chastota o‘zgartkich juda keng sinflari 
mavjud, lekin faqat ikki yo‘l bilan bir chastota o‘zgartkichlar (chastota o‘zgartkichi) 
yordamida yuqori voltli dvigatellarni nazorat qilish mumkin. 
1. Tranzistorli yuqori kuchlanishli chastotali o‘zgartirgichlar, tezlikni nazorat 
qilish diapazoniga (1:50) va yuqori samaradorlikka egadirlar.
2. Quyidagi komponentlarni o‘z ichiga olgan ikki transformatorli sxemaga ko‘ra: 
pog‘onali transformator, uch fazali chastotali o‘zgartirgich, sinusli filtr va pog‘onali 
transformator bilan farqlanadi.


211 
3.21-rasm. a) Chastota o‘zgartkichni ikki transformatorli sxemasida ulanishi; b) 
Chastota o‘zgartkichini nasosga ulanish sxemasi 
Zamonaviy (NS) stansiyalari quyidagi himoya va avtomatlashtirish turlari bilan 
jihozlanishi kerak: 

suv ta’minoti tizimida o‘rnatilgan bosim yoki sarfni saqlash; 

elektr uzilishlardan keyin kuchlanishni ta’minlanish nazoratini va 
ishlashini tiklash; 

haddan tashqari yuklamalardan himoyalash;quruq ishlash rejimidagi 
himoyani ta’minlach; 

bir nasos to‘xtab qolganda boshqasiga avtomatik ravishda o‘tish; 

nasoslarning bir xil
 
ish vaqtini ta’minlash uchun nasosdan nasosga o‘tish; 

maksimal samaradorligini ta’minlash uchun nasoslar o‘rtasida avtomatik 
yuklamani bir xil
 
tarqatish; 

nasos stansiyasini nosozligi va diagnostikasini indiqatsiya qilish. 


212 
Elektr nasos stansiyalarida ishlashni boshqarishning ikki asosiy turi mavjud, ya’ni 
kaskad va chastotalarni boshqarish. 
Kaskadning ishlashini boshqarish paralel o‘rnatilgan nasoslarni (odatda 2 dan 4 
gacha) yoqish va o‘chirish orqali ta’minlanadi. NSda rostlashning bu turidan 
foydalanganda, qanchalarda manevr va iqtisodiy ko‘proq bo‘lsa, shuncha ko‘proq 
nasoslarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘ladi. 
Chastotani boshqarish bilan nasoslarning aylanish chastotasini chastota 
o‘zgartkichi (CHP) yordamida o‘zgartirish orqali NSning ish unumdorligi
o‘zgartirishga erishiladi. Chastotali rostlashdan foydalanilganda. nasoslarning chala 
ishlash rejimida ishlashini optimallashtirish orqali ishlash samaradorligini sezilarli 
darajada oshirish imkonini beradi. 
3.22-rasm. Chastota o‘zgartkichni elektrodvigatelga ulanish sxemasi 
 
3.23-rasm. Chastota o‘zgartkich ulanishining elektr sxemasi 


213 
 
 
3.24-rasm. Nasos stansiyasida chastota o‘zgartkich o‘rnatilishi ko‘rsatilgan 
3.25-rasm. Namunaviy nasos stansiyasining texnologik sxemasi 

Download 7,42 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   177




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 15.6. Nasos stansiyasini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ulash

Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish