230
Avtomatlashtirilgan jarayonlarni boshqarish tizimining TVM quyidagi
funksiyalarni bajarishi kerak: ob’ekt bilan aloqa va axborot yig‘ish, axborot uzatish,
operator bilan aloqa va axborot ko‘rsatish, qabul qilingan algoritmlarga muvofiq
axborotni qayta ishlash, axborotni to‘plash va saqlash.
Yuqoridagi TVMga muvofiq suv ta’minotini nazorat qilish tizimiga quyidagi
asosiy turdagi jihozlar:
•
Datchiklar,
•
Ijro mexanizmlari,
•
Nazorat uskunalari,
•
Aloqa va telemexanika uskunalari,
•
Kompyuterlar, dispetcherlik uskunalari kirishi kerak.
Suv ta’minoti va tarqatish jarayonining asosiy axborot va texnologik
parametrlarini olish uchun asosiy asbob va uskunalarga:
datchiklar, sarf
o‘lchagichlari, manometrlar, sath o‘lchagichlari, quduqlar suv sathini
aniqlaydigan o‘lchagichlari, suv sifati parametrlari,
va boshqalarni tok yoki elektr
iste’mol qilishini o‘lchaydigan kuchlanish o‘lchagichlari.
Ijro mexanizmlari soniga nasos agregatlari uchun avtomatik boshqarish
stansiyalari, klapanlar va aylanma zatvorlar uchun elektr yuritgichlar, nasos
stansiyalarining elektr jihozlarini boshqarish mexanizmlari, kimyoviy reagent
taqsimlagichlari kiradi.
Ba’zi