Mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro filiali




Download 4.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana18.02.2022
Hajmi4.19 Mb.
#17745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
teshayev g\'olib quyimozor nasos stansiyasidagi suv sathini intellektual datchiklar yordamida boshqarish bmi
638344664115502673121, Mavzu Xesh funksiyalar va ulardan axborot xavfsizligini ta’minl-fayllar.org
 
 
 
 


MUNDARIJA 
Kirish
I BOB. Nazariy qism.
1.1.
Nasos stansiyalari haqida umumiy tushunchalar.
1.2. 
Nasos stansiyalarining elektrodvigatellari va elektroenergiya 
ta‘minoti.
II BOB. Asosiy qism. 
2.1. 
―Quyimozor‖ nasos stansiyasi sxemasi va tasnifi. 
2.2.
Nasos stansiyasini avtomatlashtirish. 
2.3. Intelektual asboblarini tanlash va asoslash. 
2.4. Intelektual asboblarning spetsifikatsiyasi. 
2.5. Avtomatik boshqarish tizimining dinamik xarakteristikalarini 
aniqlash. 
III BOB. Iqtisodiy qism. 
IV BOB. Hayot faoliyati xavfsizligi. 
Xulosa. 
Adabiyotlar Ilova. 


Kirish 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning joriy yil 7 fevraldagi 
farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining
rivojlanishining beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida 
mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarini rivojlantirish bo`yicha muhim 
vazifalar belgilab berildi. Ushbu ustuvor yo`nalishlarda fan-texnika va 
texnologiyalarni rivojlantirish, uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish va 
iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi 
bosqichga ko`tarish masalalari o`z echimini topishi lozimligi ta`kidlangan.
Darhaqiqat, hozirgi kunda, iqtisodiyot sohalari uchun zamon talablariga javob 
beradigan malakali mutaxassislar tayyorlash, ta`lim tizimining zimmasiga 
yuklatilgan muhim va ma`suliyatli vazifalardan biri biri hisoblanadi. Bu esa o`z 
navbatida kasb-hunar ta`lim tizimida ilg`or ta`lim texnologiyalarini joriy etishni 
va malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Bu 
borada Respublikamizning
ko‘p jabhalarida kadrlar sifatini oshirish bo‘yicha 
chuqurlashtirilgan ijtimoiy siyosiy ishlar olib borilyapti. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o‗zining ―Erkin va farovon, demokratik 
O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz‖ asarida: ―Barchamizga ayonki, 
O‗zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy 
salohiyatga ega. Biroq bizning eng kata boyligimiz 
– bu xalqimizning ulkan 
intellectual va ma‘naviy salohiyatidir. Bu salohiyat yaratish va yanada 
ko‗paytirishda hurmatli ziyolilarimiz – ilm-fan va texnika namoyondalari, birinchi 
navbatda qadrli va hurmatli akademiklarimiz, madaniyat, adab
iyot va san‘at, sport 
sohalarining vakillari butun vujudini berib, fidokorona mehnat qilayotganlarini biz 
yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Ana shu zahmatkash insonlarning ilmiy va 
ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-
sharoitlar yaratishni biz o‗zimizning birlamchi vazifamiz sifatida ko‗rishimiz 
darkor.‖ deb aytdi.
Respublikamiz qishloq xo‗jaligida, sanoatida, qurilishlarida, energetika, aholi 
suv ta‘minoti va kanalizatsiya tizimlarida va boshqa sohalarida ko‗p sonli nasos 
qurilmalari ishlab turibdi. Jumladan, qishloq xo‗jaligida foydalaniladigan 


yerlarning 55 foizdan ortig‘i 1604 nasos stansiyalari yordamida sug‗oriladi. Nasos 
stansiyalariga o‗rnatilgan asosiy va yordamchi gidromexanik, energetik uskunalar 
va jihozlar ishlash resursi tugaganligiga qaramay 35-40 yildan buyon ishlatib 
kelinayotganligi sababli ularning foydalanish harajatlari yildan-yilga ortib 
bormoqda. 
«Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‗l transportida 
suv ta‘minoti va kanalizastiya tizimlari)» yo‗nalishining o‗quv rejasidagi ―Nasoslar 
va nasos stansiyalari‖ fani mutaxassislik fanlar blokining asosiy fanlaridan biri 
hisoblanadi. U mutaxassisga ushbu sohada mustaqil muhandislik ishlarini amalga 
oshirish imkoniyatini ta‘minlaydigan bilimlarni beradi. Nasos agregatlarini 
ratsional (oqilona) tanlash masalasi suv ta‘minoti va suv chiqarib tashlash 
tizimlarini loyihalashtirishda hamda foydalanishda muhim ahamiyatga ega. 
Mazkur tizimlarning tejamli ishlashi to‗g‗ri tanlangan nasos agregatlari, ularning 
optimal (maqbul) ish rejimining tanlanishiga bog‗liq. 
Eng katta foydali ish ko‗rsatkichi bilan elektr energiyasini maksimal tejab 
ishlaydigan nasoslarni tanlash uchun ularning xossalari bilan tanish bo‗lish va 
ularning tavsifidan 
foydalanib nasos marka (rusum)larini to‗g‗ri tanlash mahorati 
talab etiladi. «Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‗l 
transportida suv ta‘minoti va kanalizastiya tizimlari)» yo‗nalishi bo‗yicha ta‘lim 
olayotgan talabalarga mo‗ljallangan mazkur qo‗llanma ham ana shu maqsadga 
xizmat qiladi. U shuningdek, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan muhandis
–texnik 
xodimlar uchun ham foyda keltirishi mumkin. 
Qo‗llanma markazdan qochma (qochuvchi) nasoslarni tanlash va nasoslar 
ishlaydigan o‗tkazgich quvurlari tizimlari tavsifiga oid masalalarni o‗z ichiga 
olgan. Unda nasos tavsiflari qurilishi uslubiyoti, markazdan qochma 
(центробежный) nasos parametrlari va tavsifi. o‗tkazish quvurlari (трубопровод) 
lar tavsifi, nasos ustanovkasi ish rejimini belgilash, markazdan qochirma 
nasoslarning parallel ishlashi, markazdan qochirma nasoslarning oldinma
–ketin 
ishlashi, markazdan qochirma nasoslar ishini muvofiqlashtirish, nasos bilan 
ta'minlangan quvurlar tizimining gidravlik hisobi kabilarni o‗z ichiga olgan. 

Download 4.19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 4.19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro filiali

Download 4.19 Mb.
Pdf ko'rish