Invertorlarning vazifalari
\
156
7. ENERGIYA TA’MINOTIDA GEOTERMAL ENERGIYA
RESURSLARIDAN FOYDALANISH
O‘zbekiston hududi geotermal suv zahirasiga boy hisoblanadi, ya’ni uning
hududlarida yetarli chuqurliklarda (3-6 km gacha) uglevodorod resurslaridan 4-6
marta ko‘proqdir. Yaqin va uzoq kelajakda geotermal resurslarning asosiy
iste’molchilari bo‘lib hech shubhasiz, issiqlik ta’minoti va elektr energiya ishlab
chiqarish bo‘ladi. Geotermal issiqlik tashuvchi sifatida quyidagi sifatlar tushuniladi:
harorat, minerallashtirish darajasi, karroziyali aktivlik, zararli aralashmalar bilan
ifloslanish va boshqalar. Issiqlik tashuvchini qazib olish usuliga ko‘ra quyidagi
geotermal tizimlar klassifikatsiyasi taklif qilinadi (7.1-rasm).
7.1-rasm. Geotermal tizimlar klassifikatsiyasi
Past chuqurliklarda kichik haroratli geotermal energiyadan foydalanish yuza
sathli texnologiyada ularni texnik–iqtisodiy fenomen yoki issiqlik ta’minoti tizimida
real inqilob deb qarash mumkin. Past chuqurlikdagi geotermal tizimlardan har xil
turdagi aholi uylarini isitish yoki sovitish uchun (juda arzon yoki yakka holdagi
qimmat yoki ko‘p kvartirali) yoqilg‘i quyish shahobchalari, supermarketlar, ta’lim
muassasalarida foydalaniladi.
Ushbu qaralayotgan texnologiyaning mazmuni qizdirilayotgan bino ichida
joylashgan issiqlik nasosiga ulangan, past chuqurlikda joylashgan yopiq yoki ochiq
konturga ega yer osti issiqlik almashingichni yaratishdan iborat (7.2-rasm.). Bunda 5-
14
0
S intervaldagi suv haroratidan foydalaniladi.
157
a)
b)
7.2-rasm. Issiqlik almashinuviga ega past chuqurlikdagi geotermal tizim,
a - yer osti quduq (skvajina) larda; b- gorizontal kanallarda.
Toshkent atrofi basseyni yaxshi o‘rganilgan qidiruv ishlari olib borilgan. Bu
basseyn bir necha suv oqimi kompleksiga ega, uning minerallatish va kimyoviy
tarkibi turli darajaga ega. Sezilarsiz mineral oshgan 41 g/l gacha geotermal suvlar
temperaturasi 75-80
0
C bo‘lib, ular 2...2,5 ming m chuqurlikdan olinishi mumkin.
Geotermal suvlar zahirasi 500 l/s dan katta hisoblanadi.
Farg‘ona artezian basseynida bir necha suv oqimi komplekslari terminal
suvlari uchraydi, minerallashuv va kimyoviy tarkibi turlicha, suv tennisi 70-90
0
C ga
yetadi. Bu suvlar katta debitga va basseynga ega. Alohida quduqlari 30 l/s gacha
termal suv olish mumkin.
O‘zbekiston janubida (Sirdaryo) geotermal suvlar 650
0
C temperaturada
uchraydi, ularda debiti ayrim quduqlar 3000 m
3
/sutka gacha etadi. Bu suvlar yod va
brom moddalari bor hisoblanadi. Ulardan kompleks foydalanish mumkin-issiqlik
ta’minoti uchun yoki qimmatbaxo kimyoviy elementlar olish uchun.
Geotermal suv issiqligi elektr energiya olish uchun ishlatilishi, yashash va
ishlab chiqarish binolari, isitish va issiq suv ta’minotida, issiqxonalarni va parniklarni
isitishda va h.k.
158
Geotermal elektr energiyani olish uchun katta temperaturali o‘ta qizigan
issiqlik tashuvchilardan (bug‘ suv aralashmasidan – qizish temperaturasi 2000
0
C va
undan katta) foydalaniladi. Bunday suv qatlami Ispaniyada, Yaponiyada, Kurel
orollarida va h.k. uchraydi.
Isitish va issiq suv ta’minotida O‘zbekistonda uchraydigan unga issiqlik
bo‘lmagan 50-100
0
C temperaturali termal suvlar talab qilinadi.
Agar termal suvlar minerallashuv darajasi 10 g/l gacha undagi zararli
komponentlar suv uzatish trubasi uchun o‘rnatilgan normadan oshmasdan unday
suvlarni issiqlik suv ta’minotida qo‘llash mumkin. Termal suv temperaturasi 50
0
C
dan kam bo‘lmagan hollarda issiqlik suv ta’minotida ulardan foydalanish juda oddiy
sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. (7.3-rasm). Quduqda termal suv to‘plash idishga
tabiiy bo‘yicha quyiladi. Bak-akkumulyatordan bu suv truboprovod orqali nasoslar
yordamida iste’molchilarga uzatiladi. Issiqlik suv ta’minoti qurilmalari geotermal
suvlarni iste’mol qiluvchi samarali ob’yekt hisoblanadi.
7.3 - rasm. Termal suvdan muttasil foydalanish sxemasi,
1- quduq; 2- bak-akkumulyator; 3- issiq suv ta’minot nasosi.
159
Debiti 1500 m
3
/sutka bo‘lgan quduq suv temperaturasi 60-65
0
C holatida
issiqlik suvi bilan yashash mikrorayonini yoki shahar tipidagi poselokning 1400
kishisini ta’minlashi mumkin.
Geotermal suvlar temperaturasi 50
0
C dan past hollarda ham issiqlik suv
ta’minoti tizimida qo‘llanilish mumkin, lekin ularni iste’molchiga berishdan oldin
qozonlarda issiqlik nasoslari yordamida (qizdirish) isitish lozim bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida yerning chuqurlikdan issiqligidan foydalanishning ulkan
istiqbollari ochilmoqda, bularga issiqxonalarni va parniklarni (meva, sabzavot,
gullarni) isitish imkoniyatlari kiradi. Bu maqsadlar uchun termal suv temperaturasi 25
.... 100
0
C ga teng bo‘lishi yetarlidir.
Bu maqsadda ushbu misolni keltirish mumkin. 1 ga issiqxonani yil davomida
istish uchun o‘rtacha 1600-1700 t shartli yoqilg‘i zarur, shu bilan birga bitta quduq
2000-2500 m
3
/sutka debitda va 65-70
0
S termal suv yordamida 2 ga issiqxonani
isitishga yetarlidir va unda 300-350 t toza meva-sabzovotni yiliga yetishtirish
mumkin.
Tabiiy issiqlikdan foydalanish iqtisodiy imkoniyatlari himoyalangan grunt
uchun yaqqol seziladi.
Geotermal suvlarni ishlatishning o‘ziga xos qiyinchiliklari ham mavjud. Bunga
sabab ularning ko‘pmi-ozmi darajada minerallashgani va gazga to‘yinganligidir. Bu
omillar metall jismlar emirilishiga (korroziyasi) intensivlashuviga olib keladi. Eng
agressiv termal suv tarkibida aralashmasi va karbonat angidrit gazi, kislorod
aralashmasi kuzatiladi.
Korroziyani pasaytirish va qirindi hosil bo‘lishiga qarshi agressiv gazlar va
tuzlarni (SaSO
3
, SaSO
4
va b.) yo‘qotishga harakat qilinadi yoki korroziyaga qarshi
ingibitorlar va qirindiga qarshi reagentlar (natriy silikati, natriy fosfat geksometan va
b.) aralashtiriladi.
Ishlatilgan geotermal suvlar atrof-muhitga chiqarib tashlasa sun’iy suv havzasi
hosil qiladi. Suvda erigan moddalarning chegaraviy ruxsat berilgan normativ
talablarni qanoatlantirish uchun qo‘shimcha ravishda ularning tozalash zaruriyati
tug‘ilishi mumkin. Bunday hollarda ularga qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llaniladi
160
(suv qo‘shish, qayta tozalash va h.k.) toza ekologik nuqtai-nazardan samarali
ishlatilgan geotermal suvlarni ekspluatatsiya qilinayotgan quduqdan 1-2 km
masofada yana qayta yer qatlamining suv gorizontigacha yuborish zarur. Bunda yer
osti suv qatlami bosimi va debiti doimiyligi ta’minlanadi.
O‘zbekistondagi geotermal suvlardan foydalanish ishlari dam olish binolarni,
issiqxonalarni va parniklar isitishida boshlab yuborildi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha ko‘pgina mamlaktlarda va regionlarda energo
ta’minot muammosini yer geotermal suvlarning hisobiga qondirib kelmoqda.
Masalan, Ispaniyada gidravlik va geotermal energiyalari hisobiga to‘lig‘icha
elektr va issiqlik energiyalariga bo‘lgan talabni bajarib kelmoqdalar.
|